Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Status Platinum
«Status» – bu individual yondashuv va xizmat ko’rsatish, imtiyozlar, hamda muloqot uchun kerakli bo’lgan barcha qo’shimcha xizmatlar kiritilgan maxsus tariflardir.
Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:
– Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko’rsatiladi.
– Xalqaro qo’ng’iroqlar uchun maxsus shartlar – butun dunyo bo’ylab qo’ng’iroqlarda kiritilgan paketdan tashqari qo’ng’iroqlar vaqtida bazaviy narxga 50% chegirma.
– Avvaldan yoqilgan «»Xabardor bo’l/Bog’lanish mumkin»» va bepul «»Yashirin raqam»» xizmatlari.
– Maxsus ro’yxatdan «Oltin» raqam tanlash.
– Kompaniya ochiq ofislarida maxsus xizmat ko’rsatish joyi va maxsus menejer.
mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 0 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo’yicha abonent to’lovi yechiladi va tarifga kiritilgan daqiqa, SMS va GB paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, avval taqdim etilgan daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi, GB qoldig’I esa keyingi oyga o’tadi. Shunda keyingi oyga o’tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi tarif bo’yicha taqdim etiladigan 2 oylik trafik hajmidan oshmaydi.
Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi: *5#
Kiruvchi qo’ng’iroqlar 0 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha qo’ng’iroqlar 100 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS 100 so’m/SMS
Internet 100 so’m/MB
Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) – 1140 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga – 1640 so’m/daq.
Yevropaga – 3410 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga – 4420 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga – 5180 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga – 3910 so’m/daq.
Avstraliyaga – 5680 so’m/daq.
Bitta SMS xabar yo`llash – 500 so’m
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD,
Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.
«Status Platinum» tarif rejasiga o’tish – 0 so’m.
* Tarif reja bo‘yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo‘ladi va mablag‘ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
O‘zbekiston bo‘ylab chiqish qo‘ng‘iroqlarining texnologik cheklovi abonent to‘lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo‘ng‘iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O‘zbekiston bo‘ylab qo‘ng‘iroqlar uchun to‘lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo‘ng‘iroqlarini hisobga olmaydi.
** Tarif rejada “Beeline TV”da telekanallar va “Amediateka” uchun oylik cheksiz foydalanish imkoniyati kiritilgan. “Beeline TV” ilovalaridan cheksiz foydalanishni abonent to‘lovi to‘langanidan so‘ng amalga oshirish mumkin. Ilovani yuklab olish uchun: “Beeline TV” – *6#.
*** VEON rouming hududiga quyidagi davlatlar kiradi: Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Gruziya, Ukraina, Italiya, Bangladesh, Jazoir va Pokiston.
• Smartfonlarda standart sozlamalar qo‘llanilganda fon rejimida quyidagilarga asosiy internet trafik sarflanadi: tizim yangilanishlari, ilovalarni yangilash, vidjet va ijtimoiy tarmoq ma’lumotlarini sinxronlash, shuningdek, tahliliy hisoblagichlar uchun. Asosiy internet trafik mavjud bo‘lmaganda, internet xizmati ishlamaydi va ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar hamda YouTube uchun trafikdan foydalanish imkoniyati abonentda asosiy internet trafik yoki hisobida mablag‘ paydo bo‘lgunga qadar to‘xtatiladi.
• Ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun taqdim etilgan GB ushbu xizmatlarning rasmiy ilovalaridan foydalanganda va ma’lum bir IP-manzillar to‘plami doirasida sarflanadi. Xizmatlarning egalari tomonidan IP manzillar o‘zgartirilganda, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va “YouTube”ga aloqador bo‘lmagan trafik uchun trafik sarflanishi tarif rejangiz shartlariga muvofiq asosiy internet-paket yoki asosiy hisobdan amalga oshiriladi (ushbu kategoriyaga smartfonning ilovalardan foydalanayotgan vaqtdagi operatsion tizim uchun trafik sarflanishi ham kiradi).
• Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali ishlaydigan ilovalardan foydalanganda ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va YouTube uchun bo‘lgan GB sarflanmaydi.
• Telegram, WhatsApp, Viber va YouTube uchun kiritilgan GB paketi har oy uchun abonent to‘lovi yechib olinganda taqdim etiladi. Trafik 1 oy muddatga taqdim etiladi. Amal qilish muddati tugagandan so‘ng, foydalanilmagan qoldiq kuyadi. “YANA” va “STATUS” tariflar to‘plami bo‘yicha tarifni o‘zgartirganda, foydalanilmagan qoldiq kuyadi va aksiyaning amal qilish muddatiga muvofiq yangi trafik taqdim etiladi. Tarifni boshqa tariflarga o‘zgartirganda – Telegram, WhatsApp, Viber va YouTube uchun taqdim etilgan paketning foydalanilmagan trafik qoldig‘i kuyib ketadi.
• Mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish uchun Abonent raqami faol holatida bo’lishi kerak.
• Yangi ulanganda yoki tarifga o‘tganda oylik abonent to‘lovining yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo‘lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to‘lovi yechilishi va tarif bo‘yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig‘ida (oyning birinchi sanasiga bog‘liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼiy nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Yangi ulanganda yoki tarifga o‘tganda oylik abonent to‘lovi to‘liq yechiladi va tarif bo‘yicha trafik ham to‘liq taqdim etiladi.
• Oylik abonent to‘lovini yechib olish uchun tizim abonent hisobida mablag‘ yetarliligini tekshiradi.
Agar hisobda yetarli mablag‘ bo‘lsa oylik abonent to‘lov yechiladi va paketlar taqdim etiladi.
Yetarli mablag‘ bo‘lmasa oylik to‘lov yechib olinmaydi, hisob qarz holatiga tushirilmaydi, paketlar ham taqdim etilmaydi. Bunday holatda aloqa xizmatlari uchun haq abonentning asosiy hisobidan tarif shartlarida standart ravishda belgilangan tardibda yechib olinadi. Hisob yetarli miqdordagi mablag‘ga to‘ldirilganidan so‘ng oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi. Hisob yetarli miqdordagi summaga to‘ldirilganidan so‘ng oylik abonent to‘lovi darhol yechilib, tarif bo‘yicha SMS, GB va daqiqalar taqdim etiladi. Abonent to‘lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to‘lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddatga suriladi.
• Tarif bo‘yicha oylik abonent to‘lovi o‘z vaqtida to‘langan taqdirda, barcha yo‘nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig‘i bekor bo‘lmaydi va keyingi oyga o‘tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o‘tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi 400 GBgacha bo‘lishi mumkin. Agar abonent to‘lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa va shu sababli abonent to‘lovi yechilmasa, trafik qoldig‘i kuyib ketadi.
• Tarifga kiritilgan boshqa paketlar bo‘yicha qoldiqlar keyingi oyga o‘tmaydi va taqdim etilgan kundan boshlab 1 oy o‘tgach kuyadi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to‘lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so‘ng, agar abonent hisobida yetarli mablag‘ mavjud bo‘lsa, tarif rejaning oylik abonent to‘lovi yechiladi va tarif bo‘yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo‘lgan daqiqa va SMS trafiki kuyadi, MB esa yangi taqdim etilgan Mblarga qo‘shiladi. Shunda keyingi oyga o‘tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi tarif bo‘yicha taqdim etiladigan 2 oylik trafik hajmidan oshmaydi. Keyingi abonent to‘lovi yechilishi sanasi oxirgi abonent to‘lovi to‘langan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo‘yicha paketlar mavjud bo‘lsa, ammo abonent to‘lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so‘ng hisobdan mablag‘ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o‘zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o‘tgandan so‘ng kuyadi.
• Taqdim etilgan paketlardan faqatgina raqam faol holatda bo‘lganida foydalanish mumkin.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi. Internet xizmatlari sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
• Internet sessiyasi ochilganda, Kompaniya tizimi balansdagi pul mablag‘larini zaxiraga olib qo‘yadi, ya’ni balansdagi pul mablag‘lari boshqa pullik xizmatlardan foydalanish uchun yopilishi mumkin va balans tekshirilganda tizim hisobni to‘ldirish zarurligi haqida xabar beradi.
• Agar abonentda internet-paket mavjud bo‘lsa va sessiya uchun internet-paketda yetarli MB bo‘lmasa (2 MBdan kam), bu holda keyingi hisoblashlar asosiy balansdan amalga oshiriladi (asosiy balansda mablag‘ mavjud bo‘lsa). Zaxiralangan pul mablag‘lari miqdori ishlatiladigan internet trafigi miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Internet sessiyasi tugashi bilan va ushbu sessiya uchun pul to‘langach, abonent hisobidagi qolgan pul mablag‘lari ishlatish uchun ochiladi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo‘yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig‘i va boshqa qo‘shimcha xizmatlar qoldig‘i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Trafik taqdim etilishiga qadar, qo’ng’iroqlar, SMS va internet tarif rejaga muvofiq sarflanadi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
• Tarif rejada “Erkin muloqot”, “Hamma tarmoqda”, “Mega hafta” va “Do it” xizmatlari amal qilmaydi.
• Agar “Status” seriyasidagi tariflarga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqa tarifga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda “oltin” raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. «Status» tariflar to‘plamidagi tariflardan “oltin” raqamni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o‘tish, oylik abonent to‘lovi 12 marta va undan ko‘p yechib olingan taqdirda, shu jumladan “Perezagruzka” xizmatiga ulanganda yoki raqam ma’muriy blok holatidan chiqarilganda ham amalga oshirilishi mumkin.
• “Status Platinum” tarif rejasini tark etib boshqa tarif rejaga o‘tilganda, kiritilgan trafik paketining foydalanilmagan qoldig‘i (daqiqalar, MB, SMS) o‘tkazilmaydi, aksincha kuyib ketadi. Xarid qilingan Internet va SMS-paketlardagi trafik kuymaydi va tarifni o’zgartirganda saqlanadi.
• O’zbekistonning chegara hududlarda Camel-rouming xizmati uchun ortiqcha mablag’ yechilmaslik uchun (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Afg’oniston), telefon apparatingizdan «Beeline Uz» tarmoqni qo’l sozlama yordamida tanlab olish kerak bo’ladi.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo‘ng‘iroq narxini qo‘shgan holda amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Abonent raqamining hisobi qarz yoki to‘liq nol (0) holatida kiruvchi SMS va qo‘ng‘iroqlar qabul qilish imkoniyati hamda 0611 raqami orqali Beeline aloqa markaziga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) “elektron” hisobni ijobiy holatgacha to‘ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag‘ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• Barcha tarif rejalarida ovozli xizmatlarning maksimal davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.