Status Gold NEW 20%


Faqatgina keraklisi! Ko'p internet va imtiyozlar!
Status NEW tarif rejalaridagi imtiyozlar
Biz sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:
- Ushbu tariflardagi abonentlar uchun maxsus ajratilgan – 0777 raqami 24 soat davomida xizmat ko'rsatiladi.
* Status NEW mijozlari uchun operator bilan bog'lanish shartlari respublika bo'yicha karantin rejimi bo'lmagan holatda amal qiladi. Karantin choralari ko'rilganda, xizmat ko'rsatayotgan xodimlar va qo'ng'iroqlarning soniga qarab operator bilan bog'lanish vaqti o'zgarishi mumkin.
- Roumingda maxsus imkoniyatlar - VEON hududida kiruvchi qo'ng'iroqlarga 50% chegirma.
- Xalqaro qo'ng'iroqlarga maxsus imkoniyatlar - barcha davlatlarga chiquvchi qo'ng'iroqlarga 50% chegirma (asosiy narxidan).
- Avvaldan yoqilgan bepul xizmatlar - "AntiAON", "Xabardor bo'l/Bog'lanish mumkin".
- Maxsus ro'yxatdan "Oltin" raqam tanlash.
- Kompaniya ochiq ofislarida maxsus xizmat ko'rsatish joyi va maxsus menejer.
Agarda daqiqa, SMS yoki MB tugasa
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori bo'lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan tarif reja bo'yicha abonent to'lovi yechiladi va tarifga kiritilgan daqiqa, SMS va MB paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so'ng, avval taqdim etilgan daqiqalar, SMS va MB paketlarning qoldig'i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati va abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to'lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi - *5#
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Tarif bo'yicha va boshqa internet-paketlar bo'yicha MB *103#
Roumingda MB *112#
SMS *105#
Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash *202#
Mahalliy aloqa
Tarmoq ichida chiqish qo'ng'iroqlari - 100 so'm/daq.
O’zbekiston bo’ylab boshqa yo'nalishga chiqish qo’ng’iroqlari - 125 so'm/daq.
O’zbekiston bo’yicha SMS - 80 so'm
Internet, 1 MB - 150 so'm
Xalqaro aloqa va sputnik aloqa
Boshqa MDH mamlakatlariga - 1 640 so'm/daq.
Yevropaga - 3 410 so'm/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga - 4 420 so'm/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga - 5 180 so'm/daq.
Amerika va Afrikaga - 3 910 so'm/daq.
Avstraliyaga - 5 680 so'm/daq.
Bitta SMS xabar yo`llash - 500 so'm
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan.
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT
(kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so'm/daq.
2 - yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya
(kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so'm/daq.
3 - yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium
(kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so'm/daq.
4 - yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD,
Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M
(kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so'm/daq.
Standart ravishda amalda bo‘lgan xizmatlar
SMS qabul qilish va yuborish batafsil...
Ma'lumot qabul qilish va yuborish batafsil...
Xabardor bo'l/Bog'lanish mumkin batafsil...
Qo'ng'iroqni kutish batafsil...
Qo'ng'iroqni boshqa raqamga yo'naltirish batafsil...
Raqamni antianiqlash batafsil...
Boshqa tariflardan o'tish
Qo'shimcha ma'lumot
**VEON rouming hududiga quyidagi davlatlar kiradi: Rossiya, Qozog’iston, Qirg'iziston, Armaniston, Gruziya, Ukraina, Italiya, Bangladesh, Jazoir va Pokiston.
Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
• Oylik abonent to'lovining yechilishi va tarif bo’yicha trafik taqdim etilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to'lovi yechilishi va tarif bo'yicha trafik taqdim etilishi 1 oylik vaqt oralig'ida (oyning birinchi sanasiga bog’liq bo’lmagan holda) amalga oshiriladi.
• Hisobda qarz bo’lsa yoki abonent to’lovi yechilishi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa, oylik abonent to'lovi yechilmaydi, trafik taqdim etilmaydi va abonent hisobi qarzga kirmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanganda mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejangizda belgilangan narxlarda yechiladi. Hisob yetarli miqdordagi summaga to'ldirilganidan so'ng oylik abonent to'lovi darhol yechilib, tarif bo’yicha SMS, MB va daqiqalar taqdim etiladi. Abonent to'lovi yechilishining navbatdagi sanasi abonent to'lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
• Tarif bo’yicha oylik abonent to'lovi o'z vaqtida to'langan taqdirda, barcha yo’nalishlarga berilgan internet-trafik qoldig’i bekor bo’lmaydi va keyingi oyga o'tadi. Shu bilan birga, keyingi oyga o'tadigan va taqdim etiladigan trafikning umumiy hajmi «Status Silver NEW» tarifida- 40 000 MBgacha, «Status Gold NEW» tarifida - 60 000 MBgacha, «Status Platinum NEW» tarifida – 200 000 MBgacha bo’lishi mumkin. Agar abonent to'lovining navbatdagi yechilishi paytida hisobda yetarli mablag' bo’lmasa va shu sababli abonent to’lovi yechilmasa, trafik qoldig'i kuyib ketadi.
• Tarif bo’yicha taqdim etiladigan boshqa paketlar 1 oy tugaganda kuyadi va keyingi oyga o'tmaydi.
• Raqam ma'muriy blok holatiga tushirilganda blok holati uchun to'lov yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilganidan so’ng, agar abonent hisobida yetarli mablag’ mavjud bo’lsa, tarif rejaning oylik abonent to'lovi yechiladi va tarif bo’yicha paketlar taqdim etiladi. Blok holatiga tushirilishidan avval mavjud bo’lgan trafik kuyadi. Keyingi abonent to'lovi yechilishi sanasi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy muddatga suriladi. Agar abonent hisobida tarif reja bo’yicha paketlar mavjud bo’lsa, ammo abonent to’lovi yechilishi uchun hisobda yetarli mablag’ mavjud bo’lmasa, raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng hisobdan mablag’ yechilmaydi, qoldiq paketlarning amal qilish muddati o’zgarmaydi va taqdim etilgan kundan 1 oy o’tgandan so’ng kuyadi.
• Taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlaridan faqatgina raqam faol holatda bo’lganida foydalanish mumkin.
• Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so'ng Internet-paketdagi megabaytlar sarflanadi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo'yicha internet-trafik, daqiqalar, SMS qoldig'i va boshqa qo'shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Bepul muloqot paketi tugagandan so’ng yoki taqdim etilmagan holatda uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishingiz tarif rejangizda belgilangan narxlarga asosan amalga oshiriladi. Tarifga kiritilgan paketlardan foydalanishni boshlashdan oldin, *103#/*105#/*106#/*112# terib, bonuslar taqdim etilganligiga ishonch hosil qiling.
• Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Mega hafta», «Do it» va «Hamma tarmoqda» xizmatlari amal qilmaydi.
• Agar Status NEW tarifiga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, u holda boshqasiga o’tish Kompaniyaning ochiq ofislarida ariza taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Bunda «oltin» raqamni narxi to’lanadi yoki oddiy raqamga almashtiriladi. Agarda tarifga ulanish paytida “oltin raqam” berilgan bo’lsa, va shu tarifdan 1 yildan ko’proq foydalanilgan bo’lsa, “oltin raqam”ni saqlab qolgan holda boshqa tariflarga o’tish imkoni mavjud.
• «Status Gold NEW» tarif rejasi boshqa tarif rejalariga o'zgartirilganida «Status Gold NEW» tarifiga kiritilgan daqiqa, MB, SMSlardan foydalanilmagan qoldiq kuyadi («Status Platinum NEW» tarifiga o'zgartirish bundan mustasno. Qo'shimcha xarid qilingan paketlar (daqiqa, MB, SMS) bo'yicha trafik saqlanib qoladi.
• Agar boshqa tarif rejalari, ya'ni «Status Gold + / Gold», «Status Silver NEW / Silver+ / Silver» tarif rejalari, «YANGI XIT», «XIT+», «XIT», «ProINTERNET» tarif turkumlari hamda «Bir Oy», «Erkin muloqot», «Bravo MIX», «Click+» va «Bayramga marhamat» tarif rejalari ushbu «Status Gold NEW» tarif rejasiga o'zgartirilsa unda avvalgi tarif rejalarida foydalanilmay qolgan asosiy internet trafik qoldig'i saqlanib qolinadi va «Status Gold NEW» tarifida taqdim etiladigan asosiy internet trafikka qo'shiladi. Shuningdek amal qilish muddati ham «Status Gold NEW» trafiki muddatiga tenglashtiriladi. Tarif bo'yicha taqdim etilgan boshqa trafik (asosiy bo'lmagan Mblar, daqiqalar va SMSlar) qoldig'i kuyadi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• O'zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Afg’oniston, Qirg’iziston chegaralarida) Camel-rouming uchun mablag' yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida "Beeline Uz" tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo'shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile)
• «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag' nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.