G‘alaba!

Tarif tafsilotlari
Abonent to’lovi
0 so'm/oy so'm/30 kunga
O‘zbekiston bo‘ylab kiritilgan daqiqalar
300 daq/oy
O‘zbekiston bo‘ylab kiritilgan SMS
300 SMS/oy
Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Rossiyaga xalqaro chiquvchi qo'ng'iroqlar uchun**
30 7 kunga
Barcha kirish qo'ng'iroqlari
0 so'm so'm
Tarmoq ichida chiquvchi qo'ng'iroqlar, daq.
85 so'm
Boshqa yo'nalishdagi chiqish qo'ng'iroqlari, daq.
125 so'm
Internet, 1 MB
420 so'm
Tarif
G‘alaba!
G‘alaba! Har oyda O‘zbekiston bo‘ylab 300 daqiqa va SMS bepul!
Tarif shartlari

Har oyda O‘zbekiston bo‘ylab 300 daqiqa va SMS bepul!

Urush qahramonlarini xotiralash va hurmatlash va yangi «G‘alaba» tarifida qarindoshlari va yaqinlari bilan bepul suhbatlashish imkonini sovg‘a qilish biz uchun sharaf.

*Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

**Bayram kunlari – 21 mart, 9 may, 1 sentyabr va 31 dekabrda abonentlarga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Rossiyaga xalqaro qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun 7 kunga bepul 30 daqiqa ajratiladi.

– tarifning dastlabki boshlang‘ich balansi – 12630 so’m.

– tarifga kiritilgan daqiqalar va sms oyning har birinchi kunida taqdim etiladi va keyingi oyga o‘tmaydi.

Daqiqa*106#
SMS*105#

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2 280 so’m

Boshqa MDH mamlakatlariga 3 280 so’m

Yevropaga 6 820 so’m

Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8 840 so’m

Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 350 so’m

Amerika va Afrikaga 7 830 so’m

Avstraliyaga 11 370 so’m

Bitta xalqaro SMS xabarni jo’natish 505 so’m

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m

2- yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216 ) 37890 so’m

3- yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m

4- yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m

SMS qabul qilish va yuborish batafsil…

Ma’lumotlar qabul qilish va yuborish batafsil…

Raqamni aniqlash batafsil…

Chaqiriqni kutish batafsil…

Chaqiriqni boshqa manzilga yo`llash batafsil…

– Xalqaro aloqa xizmati uchun to’lov – xalqaro qo’ng’iroq daqiqasi narxiga shahar raqamlariga chiqish qo’ng’irog’ining narxi qo’shilgan holda hisoblanadi.

– Sputnik aloqa xarajatlarni hisoblashda, shahar raqamlariga chiquvchi qo’ng’iroqlar narxini o’z ichiga olmaydi.

– Mahalliy aloqa manzilga yuborilgan chaqiriqlar deb uy mintaqasidagi shahar yoki boshqa mobil operatorlar raqamlari (jumladan, uy mintaqasidagi tarmoq ichidagi raqamlar)ga qayta yo‘llangan chaqiriqlar tushuniladi. Boshqa manzilga qayta yo‘llangan chaqiriqni qabul qiluvchi abonent suhbat uchun tarif rejasidan kelib chiqib, dastlabki chaqiriq unga boshqa raqam orqali emas, bevosita chiqqandek haq to‘laydi.

– Abonent kirish qo’ng’iroqlarini boshqa raqamga yo’naltirish xizmatidan foydalanganda, ushbu maxsus xizmat uchun tarif rejasiga binoan haq to’lanadi. Boshqa raqamga yo’naltirilgan mahalliy qo’ng’iroqlarga uy hududining shahar yoki boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlariga (jumladan, uy hududining tarmoq ichidagi raqamlariga) yo’naltirilgan qo’ng’iroqlar kiradi. Uy hududidan tashqarida joylashgan va o’z qo’ng’iroqlarini boshqa raqamlarga yo’naltirgan abonent, yo’naltirilgan qo’ng’iroqning kirish va chiqish qo’ng’irog’ini tarif rejasiga binoan to’laydi. Yo’naltirilgan qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent so’zlashuv uchun tarif rejasiga muvofiq, ushbu qo’ng’iroqni yo’naltiruvchi abonentni chetlab o’tib, holbuki dastlabki qo’ng’iroqning  to’g’ridan-to’g’ri kelgani singari haq to’laydi.

– Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.

– «Elektron» hisobda mablag‘lar to‘liq sarflanib bo‘lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o‘tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo‘ng‘iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega.

– Bloklangan maqomdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko‘rsatkichgacha to‘ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.

– Internet paket xarid qilinganda yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda, joriy internet sessiyani yakunlash, harakatni yakuniga yetkazish, keyin yangi sessiyani boshlash lozim. Shunda internet sessiyalarning noto‘g‘ri tariflanishi oldi olinadi.

– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilangan.

– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto‘g‘ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqlar tariflanishining to‘g‘riligi yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to‘g‘ri bo‘ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Uсell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).

– Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.

Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.

Tarif faqatgina 1941-1945 yillardagi urush faxriylari va mehnat fronti qatnashchilari uchun mo’ljallangan bo’lib, Beeline savdo va xizmat ko’rsatish ofislarida urush yoki mehnat fronti qatnashchisi o’z pasporti va guvohnomani taqdim etish orqali yangi ulanish bilan amalga oshiriladi. Bitta guvohnomaga faqat bitta abonent raqami ulanishi mumkin. Tarif rejaga o’tish imkoni yopilgan.