Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Yangi О!
Tarif rejaga ulanish va o’tish yopilgan.
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo’ng’iroqlar, daq. | 95 so’m | |
Barcha kiruvchi qo’ng’iroqlar, daq. | 0 so’m | |
Boshqa yo’nalishdagi chiquvchi qo’ng’iroqlar, daq. | 125 so’m | |
Bitta SMS xabar uzatish | 85 so’m | |
Internet, 1 MB | 420 so’m |
Markaziy Osiyo (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston) | 2 280so’m/daq. | |
Boshqa MDH mamlakatlarida | 3 280 so’m/daq. | |
Evropaga | 6 820 so’m/daq. | |
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziya | 8 840 so’m/daq. | |
Boshqa Osiyo mamlakatlari | 10 350 so’m/daq. | |
Amerika va Afrika | 7 830 so’m/daq. | |
Avstraliya | 11 370 so’m/daq. | |
SMS | 505 so’m |
*«Yangi O!» tarifda hisobni bir vaqtning o’zida 8 420 so’m va undan ortiq mablag’ga to’ldirilganda tarmoq ichida muloqot uchun 200 daqiqa bir haftaga to’ldirgan vaqtdan boshlab beriladi. To’ldirilgan mablag’ni barcha xizmatlarga foydalanish mumkin.
Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik balansi, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar uchun ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX,Telegram, WhatsApp, Viber uchun kiritilgan 100 MB har kuni taqdim etiladi va faqat Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX,Telegram, WhatsApp, Viber uchun sarflanadi.
MB lar jamlanmaydi va shu kun ohirigacha amal qiladi. Kiritilgan 100 MB trafik sarflanganidan so`ng, internet xizmati ishlatilganda internetning baholanishi tarif rejangizga muvofiq baholanadi. Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp, Viber orqali internet sarflanganda birinchi navbatda MB sarflanadi.
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjer uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’ziga oladi) doirasida sarflanadi. Foydalanuvchi tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerga (bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik shuningdek, ushbu xizmatlarga aloqador bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarini o’z ichiga oladi) kirmagan trafikning sarflanishi asosiy internet paket hisobidan yoki tarif rejangizga muvofiq amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjer uchun megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu qatorda VPN ham) ishlatilganda sarflanmaydi.
Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx UCell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
«Elektron» hisobdagi pul mablag’i tugaganida Operator uyali aloqa xizmatini taqdim etishni cheklashga, shu jumladan tugallanmagan muloqotni uzishga va raqamni blok holatiga keltirishga haqli. Bu holatda, abonent o’z tarmog’i ichidagi qo’ng’iroqlarni va SMS xabarlarni qabul qilganidek, boshqa tarmoqdan ham qo’ng’iroqlarni va SMS xabarlarni qabul qilishi ,hamda, 0611 raqami bo’yicha Mijozlarni qo’llab-quvvatlash Markaziga qo’ng’iroq qilishi imkoniyatiga ega.
Blok holatidan chiqish uchun (ya’ni, chiqish qo’ngiroqlarini, sms yuborishni, internetdan foydalanishni va h.k. larni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lish uchun), «elektron» hisobni ijobiy holatga kelgunga qadar to’ldirish lozim. Agar abonentning «elektron» hisobi 90 kun ichida 0 yoki 0 dan kamni tashkil qilsa, bu Operator uchun abonentning bir tomonlama uyali aloqa xizmatlaridan foydalanishidan voz kechishini ifodalaydi.
Telekommunikatsion aloqa kanallaridan foydalanishni optimallashtirish maqsadida Kompaniya suhbat davomiyligini 60 daqiqa qilib belgilagan.
Ushbu tarifda «Konferens-aloqa» xizmati ishlamaydi.
Ushbu tarif rejada bir haftadagi imtiyozli chiqish daqiqalar miqdori 200 daqiqani tashkil etadi.
7 kun vaqt tamom bo’lgandan keyin balans 8 420 so’mdan ortiq mablag’ga to’ldirilmagan bo’lsa yoxud taqdim etilgan tarmoq ichidagi imtiyozli chiqish daqiqalar 7 kungacha bo’lgan muddat ichida tugatilsa, tarmoq ichidagi chiqish qo’ng’iroqlari daqiqasiga 95 so’mdan baholanadi.
Har safar hisob 8 420 so’m (yaxlit holda bir martada) va undan ortiq mablag’ga to’ldirilganda, to’ldirilgan kundan e’tiboran 7 kun davomida tarmoq ichidagi barcha chiqish qo’ng’iroqlari imtiyozli bo’ladi. To’lov amalga oshirilganda sizning hisobigizga tarif rejasi shartlariga binoan talab qilingan mablag’ tushganligiga ishonch hosil qiling.
Xalqaro aloqa xizmati uchun to’lov – xalqaro qo’ng’iroq daqiqasi narxiga shahar raqamlariga chiqish qo’ng’irog’ining narxi qo’shilgan holda hisoblanadi.
Abonent kirish qo’ng’iroqlarini boshqa raqamga yo’naltirish xizmatidan foydalanganda, ushbu maxsus xizmat uchun tarif rejasiga binoan haq to’lanadi. Boshqa raqamga yo’naltirilgan mahalliy qo’ng’iroqlarga uy hududining shahar yoki boshqa uyali aloqa operatorlari raqamlariga (jumladan, uy hududining tarmoq ichidagi raqamlariga) yo’naltirilgan qo’ng’iroqlar kiradi. Uy hududidan tashqarida joylashgan va o’z qo’ng’iroqlarini boshqa raqamlarga yo’naltirgan abonent yo’naltirilgan qo’ng’iroqning kirish va chiqish qo’ng’irog’ini tarif rejasiga binoan to’laydi. Yo’naltirilgan qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent so’zlashuv uchun tarif rejasiga muvofiq, ushbu qo’ng’iroqni yo’naltiruvchi abonentni chetlab o’tib, holbuki dastlabki qo’ng’iroqning to’g’ridan-to’g’ri kelgani singari haq to’laydi.
Xizmat sessiya vaqtida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga muvofiq baholanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
Agar hisobingizni «Ishonchli to’lov» orqali to’ldirgan bo’lsangiz, bepul daqiqalar taqdim etilmaydi.
Barcha narxlar QQS bilan keltirilgan.