Klik

Tarif tafsilotlari
Kunlik abonent to'lovi
400 so'm/kun
Internet, 1 MB (9-00 dan 01-00 gacha) «Klik» tarifida
165 so'm
Internet, 1 MB (1-00 dan 09-00 gacha) «Klik» tarifida
40 so'm
Barcha kiruvchi qo'ng'iroq
0 so'm/daq.
Tarmoq ichida chiquvchi qo'ng'iroqlar
105 so'm/daq.
Boshqa barcha chiquvchi qo'ng'iroqlar
125 so'm/daq.
Bitta SMS xabarni jo’natish
85 so'm
Tarif
Klik
Tarif rejaga o'tish va yangi ulanish yopilgan
Tarif shartlari

Tarif rejaga ulanish va o’tish yopilgan.
Boshqa tariflarga o’tish – so’m.

«Klik» tarif rejasi uchun, xarid qilingan «Oy» seriyasining Internet-paketi hajmidan 100% miqdorida tungi vaqtda ishlatish uchun sovg’a sifatida trafik taqdim etiladi, «Oy 20 000», «Oy 35 000» va «Oy 70 000» paketlari bundan istisno.

Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX uchun MB  *101#

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2 280 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 3 280 so’m/daq.
Yevropaga    6 820 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8 840 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 350 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 7 830 so’m/daq.
Avstraliyaga 11 370 so’m/daq.

Bitta xalqaro SMS xabarni jo’natish 505 so’m

1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m
2- yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya 37890 so’m
3- yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m
4- yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m
SMS qabul qilish va yuborish batafsil…
Ma’lumotlar qabul qilish va yuborish batafsil…
Raqamni aniqlagich batafsil…
Chaqiriqni kutish batafsil…
Chaqiriqni boshqa manzilga yo`llash batafsil…

Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik balansi, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar uchun ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.

Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber uchun kiritilgan 100 MB har kuni taqdim etiladi va faqat Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber  uchun sarflanadi.

MB jamlanmaydi va ushbu kun davomida amal qiladi. Kiritilgan 100 MB trafik sarflanganidan so`ng  internet xizmati ishlatilganda internetning baholanishi tarif rejangiz bo’yicha baholanadi. Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber  orqali internet sarflanganda birinchi navbatda MB sarflanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjer uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’ziga oladi) doirasida sarflanadi. Foydalanuvchi tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerga (bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik shuningdek, ushbu xizmatlarga aloqador bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarini o’z ichiga oladi) kirmagan trafikning sarflanishi asosiy internet paket hisobidan yoki tarif rejangizga muvofiq amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjer uchun megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu qatorda VPN ham) ishlatilganda sarflanmaydi.

Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx UCell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).

«Elektron» hisobda mablag‘lar to‘liq sarflanib bo‘lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o‘tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo‘ng‘iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega.

Bloklangan maqomdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko‘rsatkichgacha to‘ldirish kifoya.

Agar ketma-ket 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.

Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqa etib belgilaydi.

Xalqaro aloqa qiymatini hisoblash xalqaro aloqa qiymati va shahar raqamlariga chiqish qiymatini umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Yo‘ldoshli aloqa qiymatining hisob-kitobi shahar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar qiymatini o‘z ichiga olmaydi.

Xizmat abonentga tarmoq ichidagi raqamlarga chiqish qo‘ng‘iroqlarida o‘z telefon raqamining aniqlanishini taqiqlash imkonini beradi. Raqam ulanish sodir bo‘lganda, detalizatsiyada aks etadi.

Suhbatdoshlarning har biri bilan suhbat tarif rejasiga muvofiq to‘lanadi.

Konferens-aloqaning hamma ishtirokchilari bir-biridan alohida, tanlangan tarif rejalari va tarifikatsiya qoidalariga muvofiq suhbat uchun haq to‘laydilar.

Kiruvchi chaqiriqlarni boshqa manzilga yo‘llashni o‘rnatgan abonent tarif rejasiga muvofiq, boshqa manzilga qayta yo‘llash maxsus xizmatiga haq to‘laydi. Mahalliy boshqa manzilga yuborilgan chaqiriqlar deb uy mintaqasidagi shahar yoki boshqa mobil operatorlar raqamlari (jumladan, uy mintaqasidagi tarmoq ichidagi raqamlar)ga qayta yo‘llangan chaqiriqlar tushuniladi.

Boshqa manzilga qayta yo‘llangan chaqiriqni qabul qiluvchi abonent suhbat uchun tarif rejasidan kelib chiqib, dastlabki chaqiriq unga boshqa raqam orqali emas, bevosita chiqqandek haq to‘laydi.

Internet-paket sotib olganda/yoki tarif rejasini o‘zgartirganda, joriy Internet-sessiyani tugallash, harakatni yakunlash, shundan keyin yangi sessiyani boshlash kerak.shunda Internet-sessiya noto‘g‘ri tarifikatsiyasi oldi olinadi. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.

Barcha narxlar QQS bilan keltirilgan.