Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
Click+
«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan GB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik GB paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan GB paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
– «Click+» tarif rejasida ovozli aloqa xizmati (daqiqa paketi, AntiAON, Raqamni aniqlash xizmati, Beepul ilovasi orqali BEEP yordamida daqiqaga almashtirish xizmati, Beeclub orqali daqiqaga almashtirish va hokazo) taqdim etilmaydi, shuningdek, «Bonus 50» aksiyasidan foydalanish imkoniyati mavjud emas.
– «Click+» tarif rejasi uchun, xarid qilingan «Oy» turkumining Internet-paketlari hajmidan 100% miqdorida tungi vaqtda ishlatish uchun sovg’a sifatida trafik taqdim etiladi, «Oy 20 000», «Oy 35 000» va «Oy 70 000» paketlari bundan istisno. Tungi bonusni amal qilish muddati xarid qilingan paketi bilan teng bo’lib, tungi bonuslarning amal qilish vaqti – tungi 1:00 dan ertalab 9:00 gacha.
E’tibor bering
– Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik balansi, paketlar uchun ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi. Oylik abonent to’lovi yechilishi va trafikning taqdim etilishi har oyning soat 00:00 dan 06:00 gacha amalga oshiriladi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlashdan oldin, *103# kodini terib trafik Sizga taqdim etilganligini aniqlashingizni so’raymiz. Trafik taqdim etilguniga qadar, Internet xizmati uchun tarif rejaga muvofiq tariflanadi.
– Agar oylik abonent to’lovi yechilishi uchun balansda yetarlicha mablag’ bo’lmasa, bir marta manfiy balans hisobiga abonent to’lovi yechiladi va oylik MB paketi taqdim etiladi.
– Abonent raqami nofaol holatda bo’lsa, oylik abonent to’lovi yechilmaydi va trafik taqdim etilmaydi. Hisob to’ldirilgandan so’ng, blok holatidan chiqib, oylik abonent to’lovining yechilishi tungi soat 00:00 dan ertalab 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi va tarif bo’yicha MB paketi taqdim etiladi.
– Taqdim etilgan MB paketi muddati 1 oy, muddati tugaganda kuyib ketadi va boshqa paket bilan jamlanmaydi.
– Oylik abonent to’lovi yechilishi va MB trafikning taqdim etilishi, oyning qolgan kunlaridan qat’iy nazar, to’liq hajmda taqdim etiladi.
– Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar paketi (ushbu xizmatlarning ilovalarni o’z ichiga oladi) doirasida sarflanadi. Agarda ijtimoiy tarmoq egalari tomonidan IP manzillar o`zgartirilganda, (bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik kiradi) trafik sarflanganda asosiy internet paketidan yoki tarif rejangizga binoan sarflanadi. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar uchun mo’ljallangan megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu jumladan va VPN) ishlatilganda sarflanmaydi.
– Xizmatlar sessiya vaqtida jo’natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmiga muvofiq narxlanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 Kbgacha aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng, hisobdan to’g’ri sarflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
– Internet-paketni xarid qilganda yoki tarif rejani o’zgartirganda, noto’g’ri tarifikatsiyani oldini olish uchun joriy Internet-sessiyani tugatib, keyin esa yangisini boshlash kerak.
– Tarif rejani o’zgartirganda, tarif bo’yicha berilgan Internet trafik kuyadi. Xarid qilingan internet-paket trafik esa, saqlanib qoladi.
– «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda, Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni blok holatiga o’tkazish huquqiga ega.
– Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – SMS yuborish, Internetdan foydalanish) «elektron» hisobni ijobiy ko’rsatkichgacha to’ldirish kifoya.
– Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.