Bravo Ooo!

Параметры
Abonent to’lovi
550 so'm/kun
Hisobni to'ldirganda bonuslar
Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber uchun kiritilgan MB to`plami
100 MB/kun
Tarmoq ichida chiqish qo'ng'iroqlar
95 so'm/daq.
Boshqa yo'nalishdagi qo'ng'iroqlar
125 so'm/daq.
Barcha kirish qo'ng'iroqlari
0 so'm
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS
85 so'm
Internet, 1 MB
420 so'm
Tarif
Bravo Ooo!
Tarif rejaga o'tish va yangi ulanish yopilgan
Tarif shartlari

Bir vaqtda balans to‘ldirilishi mablag’ miqdori
Bonuslar
12 000 so’mdan 16 000 so’m gacha – Tarmoq ichida 100 daqiqa 7 kunga
+ dam olish kunlariga tarmoq ichida 300 daqiqa
16 000 so’m va undan yuqori – Tarmoq ichida 400 daqiqa 7 kunga

Balansni to‘ldirgan pulingizni barcha aloqa xizmatlariga sarflashingiz mumkin. To‘ldirishda hisobingizga tarif shartlari bo‘yicha talab qilinadigan mablag’ tushganligiga amin bo‘ling!

Daqiqa*106#
Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX uchun MB*101#

Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2 280 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 3 280 so’m/daq.
Yevropaga    6 820 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8 840 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10 350 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 7 830 so’m/daq.
Avstraliyaga 11 370 so’m/daq.

Bitta xalqaro SMS xabarni jo’natish 505 so’m

Sputnik 1 – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodi: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m

Sputnik 2 – Inmarsat В, Thuraya (kodi: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m

Sputnik 3 – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodi: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m

Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodi: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m

SMS qabul qilish va yuborish batafsil…

Ma’lumotlar qabul qilish va yuborish batafsil…

Raqamni aniqlagich batafsil…

Chaqiriqni kutish batafsil…

Chaqiriqni boshqa manzilga yo`llash batafsil…

Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik balansi, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar uchun ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
– Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber  uchun kiritilgan 100 MB har kuni taqdim etiladi va faqat Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber  uchun sarflanadi.
– MB jamlanmaydi va ushbu kun davomida amal qiladi. Kiritilgan 100 MB trafik sarflanganidan so`ng  internet xizmati ishlatilganda internetning baholanishi tarif rejangiz bo’yicha baholanadi. Facebook, Instagram, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber  orqali internet sarflanganda birinchi navbatda MB sarflanadi.
– Agar 7 kun o‘tganidan keyin balans 12 000 so’m dan ziyodga to‘ldirilmagan bo‘lsa yoki taqdim etilgan barcha tarmoq ichidagi daqiqalar 7 kundan oldin ishlatib bo‘lingan bo‘lsa, tarmoq ichidagi chiquvchi daqiqalar 95 so’m/daq. bo‘yicha tariflana boshlaydi.
– Dam olish kunlari tugagach, qo‘shimcha 300 daqiqa kuyadi, agar abonent ushbu davrda hisobni 12 000 so’m dan 16 000 so’mgacha to‘ldirmagan bo‘lsa. Boshqa tarif rejasiga o‘tilganda bepul daqiqalar kuyadi.
– Agar 7 kun tugamay hisobni takroran talab etilgan mablag’ga to‘ldirilsa, daqiqalar umumlashtiriladi. 7 kunlik daqiqalar uchun texnologik cheklov 1000 daqiqani, dam olish kunlari uchun daqiqalar bo‘yicha – 600 daqiqani tashkil qiladi. Daqiqalar miqdorini *106# buyrug‘ini terib tekshirsa bo‘ladi.
– Tarif reja bo’yicha, hisobni to’ldirganda, taqdim etiladigan bonus trafik, daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
– Bu tarifda «Konferens-aloqa» xizmati ishlamaydi.
– Agar hisobingizni «Ishonchli to’lov» orqali to’ldirgan bo’lsangiz, bepul daqiqalar taqdim etilmaydi.
– Ijtimoiy tarmoqlar va messenjer uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’ziga oladi) doirasida sarflanadi. Foydalanuvchi tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerga (bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik shuningdek, ushbu xizmatlarga aloqador bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarini o’z ichiga oladi) kirmagan trafikning sarflanishi asosiy internet paket hisobidan yoki tarif rejangizga muvofiq amalga oshiriladi.
– Ijtimoiy tarmoqlar va messenjer uchun megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu qatorda VPN ham) ishlatilganda sarflanmaydi.

– Mahalliy boshqa manzilga yuborilgan chaqiriqlar deb uy mintaqasidagi shahar yoki boshqa mobil operatorlar raqamlari (jumladan, uy mintaqasidagi tarmoq ichidagi raqamlar)ga qayta yo‘llangan chaqiriqlar tushuniladi. Boshqa manzilga qayta yo‘llangan chaqiriqni qabul qiluvchi abonent suhbat uchun tarif rejasidan kelib chiqib, dastlabki chaqiriq unga boshqa raqam orqali emas, bevosita chiqqandek haq to‘laydi.
– Internet-paket sotib olganda/yoki tarif rejasini o‘zgartirganda, joriy Internet-sessiyani tugallash, harakatni yakunlash, shundan keyin yangi sessiyani boshlash kerak. shunda Internet-sessiya noto‘g‘ri tarifikatsiyasi oldi olinadi. Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi.
– Xalqaro aloqa qiymatini hisoblash xalqaro aloqa qiymati va shahar raqamlariga chiqish qiymatini umumlashtirish orqali amalga oshiriladi.
– Yo‘ldoshli aloqa qiymatining hisob-kitobi shahar raqamlariga chiquvchi qo‘ng‘iroqlar qiymatini o‘z ichiga olmaydi.
– «Elektron» hisobda mablag‘lar to‘liq sarflanib bo‘lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o‘tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo‘ng‘iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyatiga ega.
– Bloklangan maqomdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo‘ng‘iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko‘rsatkichgacha to‘ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’i nol yoki noldan past bo‘lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
– Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan beruxsat foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilaydi.
– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto‘g‘ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo‘ng‘iroqlar tariflanishining to‘g‘riligi yuzasidan javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to‘g‘ri bo‘ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.