Bravo MIX

Tarif tafsilotlari
Oylik abonent to’lovi
19 000 so'm/oy
O'zbekiston bo'ylab cheksiz qo'ng'iroqlar
Internet uchun
1 100 MB/oy
IMO ilovasi orqali ovozli qo'ng'iroqlar
1 000 MB/oy
Hisobni to'ldirganda bonuslar
Тarmoq ichida chiqish qo'ng'iroqlari daqiqasiga
100 so'm
Boshqa tarmoqlarga chiqish qo'ng'iroqlari daqiqasi
125 so'm
O‘zbekiston bo‘yicha chiquvchi SMS
120 so'm
Internet, 1 MB
630 so'm
Tarif
Bravo MIX
Tarif rejaga o'tish va yangi ulanish yopilgan
Tarif shartlari

Tarif rejaga ulanish va o’tish yopilgan.

Hisobga bir martalik to’lovning miqdori Bonuslar 4 000 so’mdan 8 000 so’mgacha – tarmoq ichida 50 daqiqa 7 kun davomida + 50 MB Telegram, WhatsApp va Viber uchun 7 kunga taqdim etiladi.
8 000 so’mdan 12 000 so’mgacha – Tarmoq ichida 100 daqiqa 7 kun davomida + 100 MB Telegram, WhatsApp va Viber uchun 7 kunga taqdim etiladi.
12 000 so’mdan 16 000 so’mgacha – Tarmoq ichida 250 daqiqa 7 kun davomida + Tarmoq ichida 250 daqiqa shanba va yakshanba kunlar uchun + 250 MB Telegram, WhatsApp va Viber uchun 7 kunga taqdim etiladi.
16 000 so’m va undan yuqori – Tarmoq ichida 500 daqiqa 7 kun davomida + 500 MB Instagram, Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX, Telegram, WhatsApp va Viber uchun 7 kunga taqdim etiladi.

To’langan mablag’ni aloqaning barcha xizmatlariga sarflashingiz mumkin. Hisobingizga tarif reja shartlari bo’yicha talab qilingan mablag’ miqdori tushganligi haqida ishonch hosil qiling!

Kuniga bonuslarni 10 martagacha olish mumkin.

«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali siz tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa va MB paketlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.

«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.

Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.

«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa va MB  paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.

«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan MB va daqiqalar  paketlarning qoldig’i kuyadi.

Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.

Xizmatga ulanish kodi : *5#

Daqiqa – *106#
Tafir bo’yicha va boshqa internet-paketlar uchun MB –  *103# 
Hisob to’ldirilganda messenjerlar uchun MB – *101#
Hisob to’ldirilganda messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar uchun MB – *109#
Abonent to’lovining yechilish sanasini aniqlash –  *202#

Ushbu tarifdan «OSON 10» va «Kunlik» tariflariga o’tish – 2 000 so’m, boshqa tariflarga o’tish – 0 so’m.

Markaziy Osiyo (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston) 2280 so’m

Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so’m

Evropaga 6820 so’m

Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziya 8840 so’m

Boshqa Osiyo mamlakatlari 10350 so’m

Amerika va Afrika 7830 so’m

Avstraliya 11370 so’m

SMS 500 so’m

Sputnik 1 – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodi: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m

Sputnik 2 – Inmarsat В, Thuraya (kodi: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m

Sputnik 3 – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodi: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m

Sputnik 4 – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodi: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m

SMS qabul qilish va yuborish batafsil…

Ma’lumot qabul qilish va yuborish batafsil

Raqamni aniqlagich batafsil

Chaqiriqni kutish batafsil

Chaqiriqni boshqa raqamga yo’naltirish batafsil

* O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun to’lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi.

– Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
– Shuni ma’lum qilamizki, internet-trafik balansi, paketlar va tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo’shimcha xizmatlar uchun ma’lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
– Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so’ng Internet paketdagi megabaytlar sarflanadi.

– Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqalar va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.

– Tarifning abonent to’lovi yechilishi va bonuslar taqdim etilishi har oy soat 00:00 dan 06:00 gacha o`tqaziladi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlash uchun, *103#/*106# kodlarni terish orqali xizmat Sizga taqdim etilganligini aniqlashingizni so’raymiz. Trafik taqdim etilguniga qadar, qo’ng’iroqlar va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha tariflanadi.

– Agar oylik abonent to’lovi yechilishi uchun balansda yetarlicha mablag’ bo’lmasa, bir marta salbiy balans hisobiga abonent to’lovi yechiladi va oylik daqiqalar hamda MB taqdim etiladi.

– Abonent raqamining nofaol holatida tarif bo’yicha abonent to’lovi olinmaydi va daqiqalar hamda MB taqdim etilmaydi. Shu asnoda, Abonent tomonidan hisob to’ldirilganda va bloklangan holatdan chiqilganda soat 00:00 dan tungi soat 06:00 gacha abonent to’lovi tarif bo’yicha olinadi va daqiqalar hamda MB taqdim etiladi.

– Taqdim etilgan daqiqa, MB paketlari muddati 1 oy  tugaganda kuyib ketadi va jamlanmaydi.

– Abonent to`lovining yechilishi  va kiritilgan trafik paketlarining belgilanishi  oyda qancha kun qolganidan qat’iy nazar to`liq hajmda amalga oshiriladi.

– Telefon raqamining ma’muriy bloklanishi holatida kuniga 421 so’m yechiladi. Blokda chiqarilgandan so`ng oylik abonent to`lovi yechiladi va oylik trafik taqdim etiladi. Bu holda oldingi paket bo`yicha kiritilgan daqiqalar va MB qoldig`i kuyib ketadi.  Keyingi abonent to`lovi yechilishi sanasi blokdan chiqish kunidan boshlab 1 oyga suriladi.

– Balans to’ldirilishi uchun taqdim etiladigan bonuslar haqida ma’lumot:
– Agar hisobingizga 7 kun davomida talab etilgan miqdordagi mablag’ to’ldirilmasa, tarmoq ichidagi qo’ng’iroqlar, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar Instagram, Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX foydalanishida tarif rejangizga muvofiq baholanadi, agarda MB paketlar mavjud bo’lsa, ulardan sarflanadi.
Dam olish kunlari o’tgandan so’ng, 12 000 so’m dan 16 000 so’mgacha hisobini to’ldirilmasa, taqdim etilgan qo’shimcha 250 daqiqa kuyadi. Abonent boshqa tarif rejaga o’tsa, bepul daqiqalar kuyadi.
– Agar 7 kun ichida hisobingizni qayta talab etilgan miqdordagi mablag’ga to’ldirsangiz, taqdim etilgan daqiqalar qo’shiladi. Daqiqalarni texnologik chegarasi 7 kunlik uchun 1000 daqiqa, dam olish kunlari uchun 600 daqiqa.
Agar hisobingizni «Ishonchli to’lov» orqali to’ldirgan bo’lsangiz, bepul daqiqalar taqdim etilmaydi.
– Ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjer uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’ziga oladi) doirasida sarflanadi. Foydalanuvchi tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjerga (bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik shuningdek, ushbu xizmatlarga aloqador bo’lmagan uchinchi tomon xizmatlarini o’z ichiga oladi) kirmagan trafikning sarflanishi asosiy internet paket hisobidan yoki tarif rejangizga muvofiq amalga oshiriladi.
– Ijtimoiy tarmoqlar, IMO va messenjer uchun megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu qatorda VPN ham) ishlatilganda sarflanmaydi.

– Хalqaro aloqa qiymati hisob-kitobi xalqaro aloqa qiymati va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq qiymatini umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadi.

– Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).

– «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.

– Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko’rsatkichgacha to’ldirish kifoya.

– Agar ketma-ket 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.

– Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.

–  Aloqa telekommunikatsiya kanallarini eng optimal usulda ishlatish, shuningdek, Abonentning manfaatlarini ularning qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishidan himoyalash maqsadida, Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini 60 daqiqa etib belgilaydi.

– Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Mega hafta» va «Do it» xizmatlari, shuningdek «konferens aloqa» xizmati amal qiladi.

– Tarif reja o`zgartirilganida unga kiruvchi trafik (daqiqa/MB) kuyib ketadi. Xarid qilingan internet va SMS paketlari bo`yicha trafik saqlanadi.

– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.