Qidiruv so'zini kiriting
Ommabop so'rovlar
Foydali havolalar
ALLO
«Perezagruzka» xizmatini yoqtirish orqali, tarif rejangiz bo’yicha taqdim etiladigan daqiqa va SMS to’plamlarini muddatidan avval olishingiz mumkin.
«Perezagruzka» xizmatining narxi har bir so’rov uchun – 2000 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda minimal mablag’ miqdori – 21 250 so’m.
Xizmatni ulash uchun hisobda tarifga ulanish summasining minimal miqdori va «Perezagruzka» xizmatning narxi – 2000 so’m bo’lishi kerak.
«Perezagruzka» xizmati ulanganda hisobdan xizmat narxi – 2000 so’m va tarif reja bo’yicha oylik abonent to’lovi yechiladi. So’ng tarifga kiritilgan oylik daqiqa va SMS paketlarining miqdori to’liq hajmda beriladi.
«Perezagruzka» xizmati yoqilganidan so’ng, tarif bo’yicha avval taqdim etilgan daqiqalar va SMS paketlarning qoldig’i kuyadi.
Yangi taqdim etilgan oylik trafikning amal qilish muddati va oylik abonent to’lovi yechilishining navbatdagi sanasi oylik abonent to’lovining oxirgi yechilishi sanasidan boshlab 1 oy muddat qilib belgilanadi.
Xizmatga ulanish kodi : *5#
Ushbu tarifdan «OSON 10» va «Kunlik» tariflariga o’tish – 2 000 so’m, boshqa tariflarga o’tish – 0 so’m.
O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlari 100 so’m/daq.
O’zbekiston bo’yicha 1 SMS 100 so’m.
Internet, 1 MB 100 so’m.
Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) 2280 so’m/daq.
Boshqa MDH mamlakatlariga 3280 so’m/daq.
Yevropaga 6820 so’m/daq.
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga 8840 so’m/daq.
Boshqa Osiyo mamlakatlariga 10350 so’m/daq.
Amerika va Afrikaga 7830 so’m/daq.
Avstraliyaga 11370 so’m/daq.
Bitta xalqaro SMS xabar yo`llash 500 so’m
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) 25260 so’m/daq.
2 – yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) 37890 so’m/daq.
3 – yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) 92620 so’m/daq.
4 – yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) 126300 so’m/daq.
* O’zbekiston bo’ylab chiqish qo’ng’iroqlarining texnologik cheklovi abonent to’lovi yechilgan kundan boshlab oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Qo’ng’iroqlar bir oy davomida ushbu limitdan oshsa, O’zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlar uchun to’lov tarif rejaga asosan yechiladi. Cheksiz qo’ng’iroqlar hisob-kitobi 1ta abonentga belgilanadi, konferens-aloqa vaqtidagi guruh qo’ng’iroqlarini hisobga olmaydi.
• Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish pullik bo’ladi va mablag’ asosiy balansingizdan tarif rejada belgilangan narxda yechiladi.
• Tarif bo’yicha bir oylik daqiqa va SMSlar paketi faqatgina oylik abonent to’lovi to’langanda taqdim etiladi. Tarif bo’yicha bir kunlik daqiqa va SMSlar paketi faqatgina kunlik abonent to’lovi to’langanda taqdim etiladi. Abonent balansida yetarli mablag’ bo’lmagan hollarda abonent to’lovi olinmaydi va balans qarz holatiga o’tkazilmaydi.
• Keyingi oylik abonent to’lovi yechilishi va oylik trafik taqdim etilishi vaqti oxirgi yechilgan abonent to’lovi sanasidan 1 oylik oraliq bilan (oyning birinchi kuniga bog’lanmagan holda) amalga oshiriladi. Navbatdagi oylik abonent to’lovining yechilishi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo’lgan vaqtda amalga oshiriladi. Agar oylik abonent toʻlovi oyning oxirgi kalendar kunida yechib olingan boʻlsa va bu sana keyingi kalendar oyida yo‘q bo‘lsa, kunlar sonidan qatʼi nazar, keyingi abonent toʻlovini yechib olish sanasi kalendar oyining oxirgi kuniga belgilanadi. Keyingi oylik abonent to‘lovi yechilishining barcha kunlari kalendar oyining xuddi shu sanasida amalga oshiriladi.
• Navbatdagi oylik abonent to’lovi to’lanishi kerak bo’lgan sanada abonent balansida yetarli mablag’ bo’lsa oylik abonent to’lovi yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Agarda abonent balansida bir oylik abonent to’lovi uchun yetarli mablag’ bo’lmasa unda bir kunlik abonent to’lovi yechiladi va bir kunlik trafik paketi taqdim etiladi. Bir kunlik abonent to’lovi kunda bir marotaba to’lanadi.
• Bir kunlik abonent to’lovi to’lanishi va bir kunlik trafik paketi taqdim etilishi har kuni davom ettiriladi toki abonent hisobida bir oylik abonent to’lovi uchun yetarli mablag’ bo’lmagunicha. Bir oylik abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ abonent hisobida jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir oylik trafik paketi taqdim etiladi. Shundan so’ng bir kunlik abonent to’lovi to’lanishi keyingi oylik abonent to’lovi sanasigacha to’xtatiladi.
• Bir oylik trafik paketi taqdim etilgan vaqtda abonentda bir kunlik trafik paketi bor bo’lgan bo’lsa – kunlik va oylik paketlarning trafiki bir biriga qo’shilib ketmaydi. Kunlik paket kun tugashiga qadar amal qiladi va birinchi navbatda sarflanadi.
• Taqdim etilgan paketlarda trafik tugaganidan so’ng aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi.
• Abonent hisobida bir kunlik abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ bo’lmasa bir kunlik abonent to’lovi yechilmaydi va bir kunlik trafik paketi ham taqdim etilmaydi. Bunday hollarda aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Bir kunlik abonent to’lovini to’lash uchun yetarli mablag’ abonent hisobida jamlanishi bilan u darhol yechiladi va bir kunlik trafik paketi taqdim etiladi.
• Raqam ma’muriy blok holatiga tushirilganda, xizmat uchun kunlik abonent to’lovining narxi – 421 so’mni tashkil etadi, tarif bo’yicha abonent to’lovi yechilmaydi. Raqam blok holatidan chiqarilgandan so’ng bir oylik abonent to’lovi abonent hisobida yetarli mablag’ bo’lganda yechiladi. Ungacha aloqa xizmatlaridan foydalanish tarifda belgilangan standart narxlarga asosan amalga oshiriladi. Bir kunlik abonent to’lovi to’lanishi blok holatidan chiqarilgan kundan boshlab 1 oy o’tganidan so’ng ishga tushadi.
• Tarifda belgilangan bir kunlik yoki bir oylik trafik paketidan foydalanishni boshlashdan oldin, trafik sizga taqdim etilganiga ishonch hosil qiling. Trafik qoldig’ini ko’rish kodlari: daqiqalar uchun – *106# / SMSlar uchun -*105#.
• Tarifda belgilangan bir kunlik yoki bir oylik paketlaridagi trafik qoldig’i amal qilish muddati tugashi bilan kuyadi, keyingi taqdim etiladigan paketlarning trafikiga qo’shilmaydi.
• Shuni ma’lum qilamizki, tarif bo’yicha daqiqalar va SMS qoldig’i hamda boshqa qo’shimcha xizmatlar qoldig’i haqida xabarlar 06:00 dan 00:00 gacha yuboriladi.
• Tarifda belgilangan bir kunlik yoki bir oylik trafik paketini faqatgina raqam faol holatda bo’lganida sarflash mumkin.
• «Allo» tarif rejasi boshqa tarif rejalariga o’zgartirilganida tarif bo’yicha taqdim etilgan trafik paketining sarflanmagan qoldig’i kuyadi. Qo’shimcha xarid qilingan paketlar (daqiqa, MB, SMS) bo’yicha trafik saqlanib qolinadi.
• O’zbekistonning chegara hududlarida (Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Afg’oniston bilan chegaralarda) Camel-rouming uchun mablag’ yechilishini oldini olish uchun telefoningizning sozlamalar bo’limida «Beeline Uz» tarmog’ini tanlab qo’yib, telefon ekranida ko’rsatilayotgan operator nomiga ahamiyat berishingizni so’raymiz.
• Хalqaro aloqa uchun hisob-kitob xalqaro aloqa narxi va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq narxini qo’shgan holda amalga oshiriladi. Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, apparatida faksimil xizmati yoki modem ishga tushishi ulanish hisoblanadi.
• Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx Ucell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
• «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, shu jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham Beeline abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0611 raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
• Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish uchun) «elektron» hisobni ijobiy holatgacha to’ldirish kifoya. Agar ketma-ket 90 kun davomida Abonent «elektron» hisobidagi mablag’ nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
• Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
• Barcha tariflarda ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligi 60 daqiqani tashkil etadi.
• «ALLO» tarif rejasida mobil qurilmaning IMEI-kodini ro’yxatdan o’tkazish imkoni, abonent raqami faollashtirilgan kundan boshlab 20 kun o’tgach amalga oshiriladi, shuningdek abonent raqami faol holatida bo’lishi lozim.