Samolyot bortida rouming

Tafsilotlari
Kiruvchi va chiquvchi qo'ng'iroqlar
50 250 so'm
SMS
10 104 so'm
Oldindan to'lov tizimi abonentlari uchun samolyot bortida cheksiz internet-paket
89 000 so'm
Samolyot bortida rouming
Beeline dan samolyot bortida rouming muloqot! Siz hatto samolyot bortida muloqot qilishingiz mumkin.
Shartlari

Uchish va balandlik oshgandan so’ng:

– Telefoningizni yoqing va uchish rejimi yoqilganligiga ishonch hosil qiling;
– Internetdan foydalanmoqchi bo’lsangiz, ma’lumot uzatish xizmatini yoqtiring;
– Internet faqat Aeromobile tarmog’ida mavjud;
– Telefoningiz avtomatik ravishda Aeromobile va OnAir tarmog’iga ulanadi. Agar ulanmagan bo’lsa, unda qo’l sozlama orqali tarmoqni tanlash kerak. Tarmoqning nomi telefon ekraniga qarab farq qilishi mumkin:

Tarmoqning nomi: Aeromobile | Telefon ekranidagi ko’rinishi: AeroMob, AeroMobile, 901 14.
Tarmoqning nomi: OnAir | Telefon ekranidagi ko’rinishi: OnAir, 901 15.

– ulangandan so’ng, operator tomonidan SMS xabarini qabul qilasiz;

– endi siz o’z telefoningizdan qo’ng’iroqlar, SMS va Internetdan foydalanishingiz mumkin. Ba’zi ilovalar Internet yoqilgan paytda o’zlarini yangilatishi mumkin, shu sababli ortiqcha pul ketmasligi uchun ular o’chganligi borasida ishonch hosil qiling.

Samolyot qo’ngandan so’ng:

– Aeromobile va OnAir tarmog’ini o’chiring, ortiqcha mablag’ ketmasligi uchun;
– Sizning telefoningiz avtomatik ravishda hudud bo’yicha tarmoq operatorini tanlaydi. Agar avtomatik ravishda chiqmasa, unda qo’l sozlama orqali tarmoqni tanlash kerak.

Aeromobile tarmog’iga ulangandan so’ng, bevosita parvoz vaqtida cheksiz Internet – paketni samolyot bortida ulash tavsiya etiladi.

Samolyot uchganda va yetarli balandlikka yetganda:
– telefoningizni yoqing va parvoz rejimi o’chirilganligiga ishonch hosil qiling;
– Samolyot bortida mobil aloqa mavjudligiga qarab, Aeromobile tarmog’iga ulanish avtomatik rejim tarzida amalga oshiriladi. Agar bunday bo’lmasa, unda qo’l sozlama orqali tarmoqni tanlash kerak bo’ladi. Tarmoq nomi telefon qurilmasiga qarab farq qilishi mumkin:

Telefon ekranidagi ko’rinishi: AeroMob, AeroMobile, 901 14.

– Cheksiz Internet – paketga ulanish uchun *110*4*100# kodini tering. Paket muvaffaqiyatli ulangan bo’lsa, tegishli SMS-xabar keladi.
– Mobil internetni yoqing.

Oldindan to’lov tizimi abonentlari uchun “Samolyot bortida cheksiz internet-paket”
Birinchi 100 MB maksimal yuqori tezlikda, keyin  shu kun oxirigacha Toshkent vaqti bo’yicha 00:00 gacha 128 Kbit/s tezlik bilan ishlaydi. Ushbu tezlik  messenjerlardan qulay foydalanish uchun yetarli.
 
Ulanish kodi Paket narxi, QQS bilan Paketning amal qilish muddati
*110*4*100# 89 000 so’m Toshkent vaqti bilan joriy kunning oxirigacha

– Internet – paketni ulash uchun hisobda kamida 91 000 so’m bo’lishi kerak
– agar muvaffaqiyatli ulansa, ulangan paket haqida SMS-xabar keladi
– ulangan paketning amal qilish muddati joriy kunning Toshkent vaqti bilan, tungi soat 12:00da tugaydi;
– maksimal tezlikda ishlaydigan trafik qoldig’ini tekshirish uchun USSD kod: *112#, ma’lumot kilobaytlarda ko’rsatiladi;
– balansda 20 MB qolganda, trafik qoldig’i haqida xabar keladi;
– paketdagi trafik har qanday ijobiy balansda, ya’ni nol qiymatidan yuqori bo’lgan balansda foydalanish mumkin;
– ulangan paketning amal qilish muddati tugagandan so’ng, internet xizmati amal qilmaydi. Paketning amal qilish muddati tugagandan so’ng internet xizmatidan foydalanish uchun paketni qayta ulash kerak bo’ladi.
– Paket faqat oldindan to’lov tizimining abonentlari uchun amal qiladi.
– Postpaid to’lov tizimining abonentlari Internetni 1 Mb standart narxda foydalanishlari mumkin.

  • Uzbekistan Airways Boeing- 787 Dreamliner
  • TURKISH AIRLINES A330-200, A330-300, A340-500, B777-300ER
  • Air France   B777-300
  • ASIANA AIRLINES A350-900
  • LUFTHANSA A330-300, A340-300, A340-600, A350-900, A380-800, B747-400, B747-8
  • KLM  B777-300
  • SAS   A330-30, A340-300, B737-800
  • EMIRATES A319-100, B777-200LR, B777-300ER
  • ETIHAD AIRWAYS A330-200, A330-300, A350-900, A380-800, B777-300ER, B787-9
  • EVA AIRWAYS B777-300ER
  • Aer Lingus A330-200, A330-300
  • Qatar Airways A330-200
  • SINGAPORE AIRLINES A350-900, B777-300ER, B787-10
  • Virgin Atlantic Airbus Airbus -A330-300, Boeing – B747-400
  • Air Serbia A319-100, A320-200, A330-200
  • ALITALIA A330-200, A340-500, B777-200ER
  • CATHAY PACIFIC A350-900
  • EUROWINGS A330-200
  • Kuwait Airways B777-300ER
  • Malindo Air B737-900
  • SWISS A330-300, B777-300ER
  • AIR ITALY A330-200, A330-300
  • BIMAN BANGLADESH AIRLINES B787-8
  • MALAYSIA AIRLINES A350-900
  • TAP AIR PORTUGAL A330-900Neo
  • Aeroflot A330/B777
  • Egyptair A330
  • Emirates A380
  • Etihad Airways A330/A320
  • Iberia A330/A340
  • Oman Air A330/B787
  • Philippine Airlines A330/B777
  • Qatar Airways A350/A320, B787/A320
  • Saudia A330/B777, A787
  • Singapore Airlines A380/B777
  • TAAG B777
  • Sri Lankan A330

– Korporativ tizimidagi abonentlar xalqaro rouming xizmatini yoqtirishlari kerak.
– Samolyot bortida Beeline rouming tarmog’i bo’yicha barcha kiruvchi SMS bepul.
– Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.

*Ushbu sahifada foydalanilgan barcha kompaniya nomlari, mahsulotlari va xizmatlari faqat ro’yxatga keltirish maqsadida qo’llanilgan. Barcha savdo belgilari yoki ro’yxatdan o’tgan savdo belgilari, o’z egalariga tegishlidir.