Muloqot ulashing!

Tafsilotlari
Yaqinlaringizda megabaytlar tugab qoldimi? Ular doim onlayn bo‘lishlari uchun o‘z megabaytlaringizni ular bilan ulashing.
Agar sizda megabayt yoki daqiqalar tugagan bo‘lsa, maxsus so‘rov yuborish orqali yaqinlaringizdan siz bilan ulashishlarini so‘rashingiz mumkin.
Xizmatdan foydalanish uchun Beeline Uzbekistan ilovasini yangilash kerak
Muloqot ulashing!
Yaqinlaringiz va do'stlaringiz uchun trafik yetarli emasmi?! Daqiqalar yoki megabaytlarni ulashing! O'zbekistonda ilk bor – faqat Beeline abonentlari uchun noyob xizmat!
Shartlari
O‘tkazma turi Trafik hajmi Narxi, so‘m Ulash usuli Ulash uchun minimal miqdor,
DAQ/MB 
Ulash uchun minimal miqdor, so‘m
O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar 200 1 000 Beeline Uzbekistan ilovasi orqali 210 1 250
1000 3 000 1010 3 250
Barcha yo‘nalishlarga MB 200 1 000 210 1 250
1000 3 000 1010 3 250

Ushbu xizmat A abonentning tarif rejasida kiritilgan trafikni belgilangan miqdorda B abonentga o‘tkazish imkonini beradi. Xizmatning narxi trafik o‘tkazuvchi tomonidan to‘lanadi.
Taqdim etilgan trafikning amal qilish muddati – 7 kun.
O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar va megabaytlarni faqat Beeline Uzbekistan ilovasi orqali ulashish mumkin.

Trafikni o‘tkazishi va/yoki qabul qilishi mumkin bo‘lgan tarif rejalarning ro‘yxati: «Status», «Status NEW», «Status 2021», «Status+», «XIT/ XIT+», «YANGI XIT», «Hammasi ZO’R», «Konstruktor», «ZO’R», «ProInternet» turkumidagi tariflar, shuningdek, «Zarqaynar», «Yaqin», «Status Silver OLD», «Bir Oy», «Erkin muloqot», «Erkin muloqot MAXI», «Bravo MIX», «Click+», «Beeline Sport», «Oson 1», «Oson 10» tariflari.

Trafikni faqat qabul qilishi mumkin bo‘lgan tarif rejalar ro‘yxati: «Kunlik», «Bravo Online!», «Bravo Vodiy!», «Bravo Ooo!», «Klik», «Yangi О!», «Qo‘shnilar+».

Daqiqa/MB paketi o‘tkazilgandan so‘ng, abonentning tarifiga kiruvchi DAQ/MB miqdori o‘tkazilgan paketning tegishli hajmiga qarab kamayadi.

Avvalgi 7 kun tugaguniga qadar o‘tkazmani takroran amalga oshirilganda, oxirgi o‘tkazma bo‘yicha taqdim etilgan trafik xuddi shu turdagi eski trafik qoldig‘iga qo‘shiladi va amal qilish muddati paketning oxirgi ulangan kunidan boshlab 7 kunga belgilanadi.

Paketdagi trafikni tekshirish kodi: MB – *103#, daqiqa – *108#.

Kunlik o‘tkazmalarning maksimal soni – har bir paket uchun 1 000 dona.

Tarif rejani o‘zgartirganda paket bo‘yicha ovozli trafik bekor qilinadi, ammo, o‘tkazilgan internet-trafik saqlanib qoladi.

Ovozli trafik o‘tkazmasi mavjud bo‘lganda ovozli trafikni o‘z ichiga olgan boshqa xizmatlarni ulash imkoniyati mavjud, bunda daqiqalar qo‘shilmaydi va oldingi paketning amal qilish muddati o‘zgarmaydi.

Kunlik, haftalik, oylik yoki bir nechta internet-paketlar bir vaqtning o‘zida ulanganida, paketlar qoldig‘i qo‘shiladi. Trafikning amal qilish muddati etib ulangan paketlarning ichida eng maksimal muddat belgilanadi.

Trafikni uzatish xizmatidan xalqaro roumingda foydalanish mumkin. Ammo paket bo‘yicha ovozli va internet-trafikdan faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Barcha narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan.

Agar sizda daqiqalar yoki megabaytlar qolmagan bo‘lsa, endi ularni yaqinlaringiz va do‘stlaringizdan quyidagi kodlardan birini terish orqali so‘rashingiz mumkin:

So‘rov turi  So‘rov hajmi  So‘rov yuborish ketma-ketligi Qabul qilingan DAQ/MB ning tekshirish kodi
O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar uchun so‘rov 200 *204*1*99890(91) yuboruvchi abonentning raqami# *108#
1000 *204*2*99890(91) yuboruvchi abonentning raqami# *108#
Barcha yo‘nalishlar uchun MB so‘rovi 200 *205*1*99890(91) yuboruvchi abonentning raqami# *103#
1000 *205*2*99890(91) yuboruvchi abonentning raqami# *103#

«Muloqot ulashing» xizmati doirasida daqiqalar va MB uchun so‘rov A abonentiga B abonentidan O‘zbekiston bo‘ylab daqiqalar yoki barcha yo‘nalishlar uchun megabaytlar so‘rash imkonini beradi. B abonenti o‘tkazish so‘rovini qabul qiladi va rozi bo‘lgan taqdirda, A abonentga so‘ralgan daqiqalar yoki MB miqdorini o‘tkazadi. O‘tkazma narxi «Muloqot ulashing» xizmati shartlariga muvofiq trafik yuboruvchi tomonidan to‘lanadi.

Abonent bir kunda 5 ta so‘rov yuborishi mumkin. 5-so‘rov yuborilishi bilan kun oxirigacha so‘rov yuborish imkoni bo‘lmaydi.

Har bir so‘rov narxi – 0 so‘m.