«Beepul» dan iPhone 13» – Aksiyasining o‘tkazilish qoidalari

Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
•    Foydalanuvchi – muayyan funksiyani bajarish uchun Beepul ilovasidan foydalanadigan jismoniy shaxs;
•    Abonent raqami – Abonent uskunasini boshqa qurilmalar bilan aloqasi paytida telekommunikasiya tarmoqlarida identifikasiya qilib, xizmat ko‘rsatish uchun Abonentga shartnoma asosida ajratiladigan raqam.
•    Bank kartasi – bu onlayn va oflayn do‘konlarda xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, naqd pul olish, bank hisobini to‘ldirish, pul mablag‘larini o‘tkazish va boshqa turdagi naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi to‘lov vositasi.
•    Kompaniya/Operator – “Beeline” savdo belgisi ostida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Unitel” MChJ;
•     G‘olib – tasdiqlangan sovrinlardan birini qo‘lga kiritgan aksiya ishtirokchisi;
•    Ishtirokchi – ushbu Aksiya qoidalariga muvofiq Aksiyada qatnashish huquqiga ega bo‘lgan “Beepul” ilovasining foydalanuvchisi.
•    “Beepul” ilovasi – ishtirokchilari o‘rtasida hisob-kitob, axborot va texnologik o‘zaro aloqalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maxsus kompyuter dasturiy mahsulotlar majmuasidan iborat axborot tizimi.
•    Kompaniyaning rasmiy sayti – Kompaniyaning rasmiy veb-sayti: www.beeline.uz.

Aksiyaning o‘tkazilish muddati:
Aksiya boshlanishi: 2022-yil 6-dekabr.
Aksiyaning yakuni: 2023-yil 5-yanvar (shu jumladan).

Aksiyaning amal qilish hududi: O‘zbekiston Respublikasi
G‘oliblarni aniqlash joyi: Beeline Uzbekistan/Bepul.uz rasmiy Facebook va Instagram sahifasida jonli efirida.
G‘oliblarni taqdirlash joyi: Toshkent shahri

I. Aksiya ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar

1.1. Aksiyada quyidagi talablarga javob beradigan Beepul ilovasining barcha foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin:

– Foydalanuvchi – bu O‘zbekiston Respublikasi bankida ochilgan Bank kartasining egasi bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi.

1.2. Quyidagilar Aksiyada ishtirok etish va/yoki sovrinni olish huquqiga ega bo‘lmaganlar:

– Ushbu Qoidalarning 1.1-bandini talablariga javob bermaydigan foydalanuvchilar;
– Aksiya o‘tkazilishi davrida Operator bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari, Kompaniyaning ishonchli vakilining xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari, ishonchli vakilning o‘zi va uning yaqin qarindoshlari Aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

II. Sovrin jamg‘armasi 

2.1 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi:
• 1 dona Apple iPhone 13 128 GB smartfoni.
Sovrin uchun o‘yin 2023-yil 6-yanvar kuni jonli efirda o‘tkaziladi.
2.2. Sovrin G‘olibga Kompaniyaning Toshkent shahridagi bosh ofisida taqdim etiladi.
2.3. Sovrinni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq G‘olib nomiga rasmiylashtiriladi, bunda Kompaniya soliqlarni qoplaydi, qolgan harajatlarni G‘olibning o‘zi tomonidan qoplanadi.

III.    Aksiyada ishtirok etish va o‘tkazish shartlari 

3.1. Aksiya ishtirokchisi bo‘lish uchun:

– Bepul ilovasining amaldagi va yangi foydalanuvchilari aksiya o‘tkazilishi davrida Beeline hisobini to‘ldirish uchun 30.000 so‘m va undan yuqori miqdorda Beepul ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirganlar.

3.1.1. Ishtirokchilar ro‘yxati beeline.uz rasmiy saytida e’lon qilinadi.

3.1.2. Beeline xizmatlari uchun amalga oshirilgan har bir 30.000 so‘mdan boshlab qo‘shimcha to‘lov bilan yutish imkoniyatlari ortib boradi. Masalan, Aksiya Ishtirokchisi 90 000 so‘mlik to‘lovni amalga oshirganida 3 ta imkoniyatga ega bo‘ladi.

3.1.3. Foydalanuvchiga har 30.000 so‘m bilan boshlanadigan to‘lovdan keyin, Aksiyada ishtirok etishi haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.

3.2.  Aksiya quyidagi tarzda o‘tkaziladi:
3.2.1. Bepul ilovasining ma’lumotlar bazasida barcha potentsial ishtirokchilar ro‘yxatga olinadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lov to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
3.2.2. Ishtirokchilarni tanlash algoritmiga muvofiq, G‘olibni aniqlash uchun Aksiya Ishtirokchilarining elektron ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
3.2.3. 3.1-bandi bo‘yicha shartlar bajarilganda ikki yoki undan ortiq marta Ishtirokchining Abonent raqami ushbu Ishtirokchining imkoniyatlarini oshirish maqsadida o‘yin Ishtirokchilari ro‘yxatida takrorlanadi. O‘yin Ishtirokchisining raqami takrorlanishlari soni 3.1-bandining shartlarini bajarishning soniga mutanosib bo‘ladi.

3.2.4. Mukofot g‘oliblari sayt orqali tasodifiy raqamlar algoritmi orqali ommaviy ravishda aniqlanadi random.org Beeline Uzbekistan/Beepul.uz rasmiy sahifasida Facebook yoki Instagramdagi jonli efirda. G‘olibni aniqlagandan so‘ng, Kompaniya G‘olib bilan Abonent raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali bog‘lanadi.
3.2.5. G‘olibni aniqlash quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

O‘tkazilish davri: 06.12.22-05.01.23
G‘oliblarni aniqlash sanasi:  06.01.23

3.2.6. G‘oliblarni aniqlash natijalari G‘olibning raqami ko‘rsatgan holda (Abonent raqamining dastlabki uchta raqamisiz) Kompaniyaning rasmiy saytiga joylashtiriladi;
3.2.7. random.org sayti, mukofot jamg‘armasining g‘olibini aniqlash uchun ishlatiladigan haqiqiy tasodifiy sonlarni ishlab chiqarish, aksiya boshlanishidan oldin g‘oliblarni oldindan belgilashga imkon beradigan tartib va algoritmlarni o‘z ichiga olmaydi.
3.2.8. Kompaniyaning kompyuter dasturi (ishtirokchilarning elektron ma‘lumotlar bazasi) sovrinni olgan ishtirokchini oldindan aniqlash yoki aniqlash imkonini beradigan protseduralar va algoritmlarni o‘z ichiga olmaydi.
3.2.9. Kompaniya Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarni o‘tkazmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, agarda ushbu shartlarda yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablari asosida ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
3.2.10. Kompaniya Aksiya qoidalariga tegishli ma’lumotlarni Kompaniyaning Rasmiy saytida majburiy joylashtirish sharti bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.3. Aksiya haqida ma’lumot Kompaniyaning rasmiy saytida mavjud. Kompaniya o‘z xohishiga ko‘ra Facebook yoki Instagram ijtimoiy tarmoqlarida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

IV.    Sovrinlarni olish shartlari
4.1. Sovrinni olish uchun Aksiya doirasidagi o‘yin G‘olibi deb topilgan Ishtirokchi Aksiya Tashkilotchisi – “Unitel” MChJga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini va ma’lumotlarni taqdim etadi:
• G‘olibning pasporti yoki ID kartasi;
• Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida JShShIR raqami bo‘lmagan holatlar uchun tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan (pasport bo‘limi) JShShIR ni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma.
• Beepul ilovasidan to‘lovni amalga oshirilgan bank kartasi G‘olibning nomida rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak.

4.1.1. Agar G‘olib biron-bir sababga ko‘ra sovrinni topshirish va sovg‘ani topshirish jarayonida shaxsan ishtirok eta olmasa, sovrinni olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etish uchun boshqa shaxsga (ishonchli vakilga) tegishli ishonchnomani berishi mumkin.

Bu holda, ishonchli vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
• G‘olibning pasporti yoki ID karta nusxasi;
• sovrinni olish va sovrinni G‘olib nomiga rasmiylashtirish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolash huquqini beruvchi notarial tasdiqlangan ishonchnoma;
• Ishonchli vakilning pasporti yoki ID kartasi;
• Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida JShShIR raqami bo‘lmagan holatlar uchun tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan (pasport bo‘limi) JShShIR ni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma.

4.2. Agar G‘olib jonli efirda e’lon qilinganida Kompaniya G’olib bilan Abonent raqamiga qo’ng’iroq qilish orqali bog’lana olmasa, G‘olib jonli efirda G‘olib e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida bog‘lanishi kerak.

4.3. G‘olibga (yoki uning ishonchli vakili) yutug‘i to‘g‘risida Abonent raqamiga qo‘ng‘iroq qilib xabardor qilinidan va G‘olibni 5.1-bandda ko‘rsatilgan qoidalar bilan tanishtirgan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kunidan kechiktirmay barcha zarur hujjatlarni taqdim etishi shart.

4.4. Kompaniya g‘olib e’lon qilingan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida sovg‘alar berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

4.5. Kompaniya, sovrinlarni G‘oliblarga topshirishda soliqlarni (shu jumladan jismoniy shaxslarning mukofot qiymatidan daromad solig‘i) va yig‘imlarni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda mustaqil ravishda to‘laydi.

4.6. Sovrinni rasmiylashtirishda va olib ketish jarayonida G‘olib barcha kerakli xujjatlarni shu jumladan G‘olibning shaxsiy ma’lumoti, sovrinning QQS bilan ko‘rsatigan narxi va boshqa to‘liq ma’lumot ko‘rsatilgan barcha kerakli hujjatlarga imzo quyishi kerak.

4.7. Sovrin G‘olibga barcha kerakli hujjatlar imzolagandan so‘ng beriladi.

4.8. Agar G‘olib Toshkent shahrida yashamasa, Kompaniya Aksiya G‘olibining Toshkent shahriga kelishi va qaytishi, uni mehmonxonada yashashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq har qanday xarajatlarni, shuningdek, safar bilan bog‘liq barcha boshqa har qanday xarajatlarni to‘lash majburiyatini olmaydi.
4.9. Kompaniya quyidagi holatlarda G‘olibga sovrin berishdan bosh tortish huquqiga ega:
• G‘olib e’lon qilingan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida Kompaniya bilan bog‘lanmaganda;
• G‘olib e’lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida 5.1-bandda ko‘rsatilgan kerakli hujjatlarni taqdim etmagan va/yoki taqdim etilgan hujjatlar Aksiya va O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga javob bermaganda;
• G‘olib o‘z imzosini qo‘yishdan va/yoki boshqa qonuniy ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlardan, shu jumladan, zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganda;
• G‘olibni sovrin yutganligi to‘g‘risida xabar qilishning imkoniyati bo‘maganida – g‘olibning raqami bloklangan, tarmoqdan tashqarida, Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra g‘olib telefonni ko‘tarmagan va/yoki aloqaga chiqmagan holatlarda;
• G‘olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilishi aniqlanganda.

V.    Izoh

5.1. Agar G‘oliblar biron-bir sababga ko‘ra sovrinlarga da’vo qilmasa yoki olishdan bosh tortsa, talab qilinmagan sovrin Kompaniyaning mulki bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, yangi o‘yin o‘tkazilish sanasi Kompaniyaning saytida va Facebook/Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida e’lon qilinadi.

5.2. G‘olib ushbu qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlar bajarilmagan taqdirda Kompaniya G‘olibga sovrinni taqdim etishni rad etish huquqiga ega.

5.3. Kompaniya quyidagi holatlar uchun javobgar emas:
• Ishtirokchilar Kompaniya saytida joylashtirilgan g‘olib raqamlar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati bo‘lmaganida;
• Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmaganida;
• Aksiya shartlarida ko‘zda tutilgan talablarni ishtirokchilar tomonidan bajarilmaganida (o‘z vaqtida bajarilmaganida);
• G‘oliblar sovrinlarga da’vo qilmagan yoki rad etganligi uchun olmaganlarida;
• Uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G‘oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmagan holatlarida.

5.4. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi:
• Aksiya shartlari bilan to‘liq tanishligini tasdiqlaydi va rozi bo‘ladi
• Agar u g‘olib deb topilsa va sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, jonli efir mobaynida uning to‘liq F.I.Sh. (ism, familiya va otasining ismi) va abonent raqamini ommaviy e’lon qilishga roziligini tasdiqlaydi
• G‘olib deb topilgan va sovrin olgan taqdirda, foto-video tasvirga olishda qatnashishga va ijtimoiy tarmoqlarda suratini e’lon qilib tarqatishga roziligini tasdiqlaydi
• Kompaniya tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlashga roziligini tasdiqlaydi.

5.5. Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tortishuvlar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinishi kerak. Agar tortishuv kelib chiqqan kundan boshlab 60 (oltmish) kalendar kuni ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishning imkoniyati bo‘lmasa, tortishuv O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqilishi kerak.

5.6. Sovrinda nuqsonlar yoki boshqa zavod nosozliklari aniqlangan taqdirda, G‘olib mukofot topshirilgan va G‘olib o‘tkazmani qabul qilish dalolatnomasini imzolagan paytdan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida Kompaniyaning bosh ofisiga murojaat qilishi zarur. G‘olibning yutuq uchun belgilangan foydalanish yoki saqlash qoidalarini buzishi yoki uchinchi shaxslarning harakatlari yoki fors-major holatlari tufayli yutuq G‘olibga topshirilgandan keyin yuzaga kelgan kamchiliklar uchun Kompaniya javobgar bo‘lmaydi.