Umumiy qoidalar.
1.1. «Beeline TV ni tomosha qiling va sovrinlarni yutib oling!» aksiyasining qoidalari (keyingi o‘rinlarda «Qoidalar» deb yuritiladi) ushbu aksiyani o‘tkazish tartibini (keyingi o‘rinlarda «Aksiya» deb yuritiladi), ishtirok etish shartlarini, shuningdek sovrin, uni Aksiya g‘olibiga taqdim etish tartibi va shartlarini belgilaydi.
1.2. Aksiya «Unitel» MChJ (Beeline SB) (keyingi o‘rinlarda Kompaniya deb yuritiladi) tomonidan «Beeline TV» xizmatini ommalashtirish maqsadida o‘tkazilmoqda.
1.3. Aksiya o’tkazish muddati:
Aksiyaning boshlanish vaqti: 15.03.2023 (Toshkent vaqti bilan) soat 00:00 dan boshlanadi.
Aksiyaning tugash vaqti: 15.04.2023 yil, (Toshkent vaqti bilan) soat 23:59 gacha.
Aksiya natijalarini e’lon qilish: 17.04.2023 y.
Sovrinlarni ro’yxatdan o’tkazish 20.04.2023 dan 05.05.2023 gacha.
1.4. Aksiya o’tkaziladigan hudud: O’zbekiston Respublikasi
Aksiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
2.1. “Unitel” MChJ abonentlari Aksiyada ishtirok etishlari uchun quyidagi talablarni amal qilinishi kerak:
Abonent – 18 yoshga to’lgan O’zbekiston Respublikasining rezidenti bo’lgan jismoniy shaxs bo’lishi lozim;
Abonent aksiya davrida «Beeline TV» mobil ilovasining foydalanuvchisi bo’lishi lozim;
iii. Aksiya ishtirok etish uchun Abonent Aksiya davomida “Beeline TV” dagi istalgan video-kontentni (istalgan telekanallar, filmlar, seriallar, konsertlar, kliplar, multfilmlar va h.k.) tomosha qilishi kerak; Aksiya vaqtida Abonentga birinchi marta tomosha qilingan kundan boshlab ertasi kuni aksiyada ishtirok etish to’g’risida SMS-xabar keladi;
2.2. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan abonentlar Aksiyada ishtirok etish va sovrinni olish huquqiga ega emaslar.
2.3. Aksiya ishtirokchilari aksiyada ishtirok etish va yutuq olish bilan bog‘liq barcha harakatlarni aksiya shartlarida belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.
2.4. Kompaniya Aksiya uchun tanlov o’tkazishi va Aksiya g’olibiga sovg’alarni taqdim etishi shart.
2.5. Kompaniya Aksiya Ishtirokchisi haqida uchinchi shaxslarga ma’lumot berishga haqli emas, O’zbekiston Respublikasining ushbu qoidalarida va amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
2.6. Kompaniya Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablaridan kelib chiqqan hollar bundan mustasno.
Ishtirok etish shartlari
3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
3.1.1. AppStore yoki Google Play orqali Beeline TV ilovasini yuklab olish yoki veb-talqinining foydalanuvchisi bo’lish
3.1.2. Beeline TV xizmatida ro’yxatdan o’tish.
3.1.3. Aksiyada Beeline TV xizmatining amaldagi va yangi foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.
3.1.4. Beeline TV da istalgan video-kontent (istalgan telekanallar, filmlar, seriallar, konsertlar, kliplar, multfilmlar va h.k.)ni tomosha qilish kerak.
3.1.5. Aksiya ishtirokchilari Bilayn TV xizmatidan mobil internet va Wi-Fi tarmog‘i orqali foydalanishlari mumkin.
3.2. Aksiyada quyidagi holatlarda ishtirok etishmaydi:
3.2.1. Yuqoridagi shartlardan kamida bittasini bajarmaganlar yoki ishtirokchining talablariga javob bermaydigan foydalanuvchilar (2.1-band)
3.2.2. Kompaniya xodimlarining qarindoshlari, shuningdek Kompaniya xodimlari.
3.3. Aksiyada ishtirok etish orqali foydalanuvchilar aksiya qoidalari va uni o’tkazish shartlari bilan tanishganliklarini va rozi ekanliklarini tasdiqlaydilar.
Mukofot fondi
4.1. Sovrin jamg’armasini shakllantirish manbai Kompaniya – «Unitel» MChJ hisoblanadi.
Aksiyaning mukofot jamg‘armasi:
1-o‘rin – «Samsung Galaxy S22 Ultra», narxi – 15 540 525,00 UZS (QQS hisobga olgan holda);
2-o‘rin – «Samsung Galaxy S22», narxi – 11 897 325,00 UZS (QQS hisobga olgan holda);
3-o‘rin – Mi Box TV-pristavkasi, narxi – 876 645,00 UZS (QQS hisobga olgan holda).
Sovrin jamg’armasini o’tkazish tartibi
5.1. Aksiya quyidagi tarzda o’tkaziladi:
5.2. Aksiya boshlanganligi to‘g‘risidagi e’lon Facebook, Instagram, Google Ads ijtimoiy tarmoqlarida, «Beeline Uzbekistan» rasmiy sahifasida (https://beeline.uz), «Beeline TV» ilovasidagi ichki resurslarda hamda “Telegram”dagi «Beeline Uzbekistan» rasmiy kanalida, shuningdek «Beeline Uzbekistan» ilovasida e’lon qilinadi.
5.3. G’oliblar tasodifiy sonlar generatori orqali navbat bilan aniqlanadi https://www.random.org/ . Abonentning birinchi raqami 3-o’rin uchun mukofot oladi, Abonentning ikkinchi raqami 2-o’rin uchun hamda Abonentning uchinchi raqami 1-o’rin uchun mukofot oladi.
5.4. G’oliblarni aniqlash natijalari Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarida (Facebook, Instagram) aksiya tugagandan so’ng (17.04.2023) g’olibning telefon raqamining bir qismini ko’rsatgan holda joylashtiriladi.
5.5. O‘yinda g‘olib bo‘lgan Ishtirokchilar yutuq haqida o‘yin o‘tkazilgan paytdan e’tiboran 5 (besh) ish kuni ichida telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabardor qilinadi.
Yutuqlarni olish tartibi, muddatlari, joyi va shartlari
6.1. Sovrinni berish 20.04.2023г dan 05.05.2023 gacha (shu jumladan) quyidagi manzilda amalga oshiriladi: Toshkent, Buxoro ko’chasi, 1-uy, faqat ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 gacha.
6.2. Yutuqlarni olish uchun Aksiya g‘olibi Ishtirokchisi Kompaniyaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarning haqiqiy asl nusxalarini taqdim etishi lozim:
i. pasport yoki ID-karta;
ii. G’olib deb topilgan raqam Aksiya G’olibining nomida bo’lishi kerak, hamda G’olib bo’lgan Ishtirokchi o’z raqamining sim-kartasini taqdim etgan holda murojaat qilishi kerak.
6.3. Agar biron sababga ko’ra g’olib qimmatbaho sovrinni shaxsan olish imkoniga ega bo’lmasa, u boshqa shaxsga sovrinni olish uchun notarial tasdiqlangan ishonchnoma berishi mumkin.
6.4. Bunda, a bandida ko’rsatilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishda ishonchli shaxs tomonidan mukofot olgan jismoniy shaxs yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarni taqdim etish kerak:
i. pasport yoki ID-kartaning asl nusxasi;
ii. G’olibning pasporti yoki ID-kartasi nusxasi;
iii. qimmatbaho yutuqni olish va yutuqni olish bilan bog‘liq hujjatlarni imzolash uchun notarial tasdiqlangan ishonchnomaning asl nusxasi, yutuq abonentning vakolatli shaxsi tomonidan olingan taqdirda.
6.5. G‘olib aksiya yutganligi haqidagi xabarni olgan kundan boshlab 12 (o’n ikki) ish kuni ichida yutuqni rasmiylashtirish uchun yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlarni1 taqdim etishi shart. Kompaniya belgilangan muddatda zarur hujjatlarni ololmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar Aksiya talablariga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga mos kelmasa, g‘olibga sovrinni berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
6.6. G‘oliblar tomonidan sovrinni olishi munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha to‘lovlar, shu jumladan aksiya uchun soliq oqibatlarini Kompaniya o‘z zimmasiga oladi (jumladan, shaxsiy daromad solig‘i) aksiya tashkilotchisi tomonidan to‘lanishi kerak.
6.7. Agar G’olib Toshkent shahrida yashamasa, Kompaniya g’olibning Toshkent shahriga borishi va qaytishi, uning mehmonxonada yashashi va ovqatlanishi bilan bog’liq har qanday xarajatlarni, shuningdek, sayohat bilan bog’liq boshqa barcha xarajatlarni to’lash majburiyatini o’z zimmasiga olmaydi.
6.8. Aksiya doirasidagi sovrinni pul ekvivalentiga almashtirish nazarda tutilmagan.
Aksiya shartlari haqida ishtirokchilarni xabardor qilish tartibi
7.1. Aksiya qoidalari va sovrin jamg‘armasi tarkibi https://beeline.uz saytida e’lon qilinadi. G‘olib haqidagi ma’lumotlar aksiya tugaganidan bir kun o’tib Kompaniyaning ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi.
7.2. Agar g’olib ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlarga rioya qilmasa, Kompaniya g’olibni sovrin bilan ta’minlashni rad etishga haqli.
7.3. Kompaniya quyidagilar uchun javobgar emas:
i. ishtirokchilarning kompaniya tomonidan Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlarida, «Beeline TV» Telegram kanalida e’lon qilingan g‘oliblar ro‘yxati bilan tanishish imkoni yo‘qligi;
ii. ishtirokchilarning o‘z aybi yoki Ishtirokchi va/yoki Kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra Sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlarning olinmaganligi/kechiktirilganligi;
iii. ishtirokchilar tomonidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaslik (o’z vaqtida bajarmaslik);
iv. Aksiya g’olibi sovringa da’vo qilmasa yoki uni olishni rad qilgan taqdirda sovrinni qo‘lga kirita olmasa.
7.4. Ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq Aksiyada ishtirok etish orqali Abonent Kompaniyaga o’zining shaxsiy ma’lumotlari va Aksiya davomida Kompaniyaga ma’lum bo’lgan boshqa ma’lumotlarni qayta ishlashga, shuningdek ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda huquqni muhofaza qilish funksiyalarini amalga oshirish.
i. Kompaniya Aksiya muddati davomida va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadiga erishilgunga qadar Abonent ma’lumotlarini dasturiy va texnik vositalar yordamida qayta ishlaydi. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash deganda shaxsiy ma’lumotlar bilan bir yoki bir nechta harakatlarni (operatsiyalarni) amalga oshirish, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni to’plash, tizimlashtirish, saqlash, o’zgartirish, qo’shish, foydalanish, taqdim etish, tarqatish, uzatish, shaxsiylashtirish va yo’q qilish tushuniladi;
ii. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishligini va ularga roziligini tasdiqlaydi.
iii. Kompaniya O‘zbekiston Respublikasining vijdonli xo‘jalik yurituvchi subyekti bo‘lib, o‘z faoliyatida qonunlarga qat’iy rioya qilish va tadbirkorlik faoliyatining ochiqligi prinsipiga asoslanadi.
iv. Aksiya bilan bog’liq barcha nizolar muzokaralar yo’li bilan hal qilinishi kerak. Nizo yuzaga kelgan kundan boshlab 60 kalendar kun ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishning iloji bo‘lmasa, nizo Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudida ko‘rib chiqilishi kerak.