Ushbu qoidalar majburiy bo’lib va Operatorning Abonentlariga ««Яндекс.Музыка» Xizmatiga Kirish»da, xizmatni taqdim etiladigan ushbu qoidalarda bayon qilinadi (so’ngra - Abonent).
1. «Яндекс.Музыка» Xizmatiga Kirish»da, (so’ngra «Kontent-xizmati») quyidagi ko’rsatilgan shartlariga muvofiq, har qanday 18 yoshga to’lgan jismoniy shaxs va Uyali aloqa operatorining Abonenti bo’lganlar, xizmatdan foydalanishi mumkin (so’ngra «Operator»).
2. Kontent-xizmatiga ulanish uchun, Abonent kerakli qurilma (so’ngra mobil telefon) bilan ta’minlangan bo'lishi hamda, Operatorning aloqa tarmog'iga ulangan bo'lib, bu orqali Abonent Operatorning aloqa xizmatlaridan foydalanadi.
3. Abonentga Kontent-xizmatlari doirasida «Яндекс.Музыка» Xizmatiga Kirish» foydalanishni (so’ngra «Xizmat») ta’minlab, EHM dasturi ko'rinishida, mobil telefon xotirasida o'rnatish uchun mo'ljallangan (so’ngra «Яндекс.Музыка» mobil ilovasi) bo’lib, hamda axborot manbai sifatida Internet saytida https://music.yandex.ru (so’ngra - sayt) joylashgan. Xizmatning funktsional imkoniyatlari Abonentga fonogrammalarni qidirish va tinglash, musiqiy asarlar matnlarini qidirish va ko'rish, musiqiy albom muqovalari va boshqa materiallarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Operator tomonidan, Abonentga Operatorning aloqa tarmog'i orqali Xizmatga kirishni ta'minlaydi va aloqa tarmoqlarining ish faoliyati bo’yicha mas'ul bo’lib, Xizmatga kirish uchun aloqa tarmog'i orqali yuqori sifatli aloqadan ta'minlanishi lozim.
4. Mobil qurilmalarga mo’ljallangan «Яндекс.Музыка» dasturidan foydalanish uchun, provayder tomonidan Dastur va Xizmatni taqdim etish uchun litsenziya shartnomasini tuzish kerak bo'ladi, quyidagi manzilda: https://yandex.ru/legal/music_mobile_agreement/ joylashtirilgan va tegishli ravishda, Яндекс.Музыка xizmatidan foydalanish shartlari quyidagi mazilda: https://yandex.ru/legal/music_termsofuse/ joylashtirilgan. Provayder yuqorida ko'rsatilgan hujjatlar va amaldagi davlat qonunlarga muvofiq, Xizmatning ishlashi va ishlash faoliyati bo’yicha uchun mas'uldir. Operator Provayder tomonidan Abonentga yetkazilgan zararni shuningdek, Provayderning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatlari yuzaga kelgan vaziyat, hamda Provayder yoki uning hamkorlari tomonidan axborot manbalarida Xizmat bo’yicha e'lon qilinadigan har qanday ma'lumot bo’yicha javobgar bo'lmaydi.
5. Provayder: «Яндекс.Медиасервисы» Mas'uliyati cheklangan jamiyat bo’lib, yuridik manzil: 115035, Rossiya, Moskva sh., Sadovnicheskaya ko'chasi, 82-uy, 2-bino, 10A05-xona.
6. Abonent tomonidan «Яндекс.Музыка» mobil ilovasi orqali Kontent-xizmatiga ulanish so’rovini quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish mumkin:
• Abonent mobil telefon xotirasiga «Яндекс.Музыка» mobil ilovasini yuklab o'rnatadi,
• Abonent «Яндекс.Музыка» mobil ilovasida avtorizatsiya amaliyotini amalga oshiradi, shu jumladan mobil telefonni Operatorning telekommunikatsiya tarmog'ida identifikatsiya qilingan abonent raqamining dolzarbligini tasdiqlab, «Яндекс.Музыка» mobil ilovasining maxsus bo’limida Yuboruvchi nomidan Abonentning raqamiga tekshiruvchi kod sms-xabari yuboriladi: «Yandex».
• Abonent «Ulanish» tugmasini bosadi. «Ulanish» tugmasi bosilgan vaqtda, Abonent tomonidan aloqa operatorining telekommunikatsiya tarmog'ida identifikatsiya qilingan abonent raqami orqali Abonent tomonidan avtorizatsiya amaliyoti bajarilishida, Ulanish so'rovini bajarilgan vaqt hisoblanadi. Agar abonent raqami avtorizatsiya amaliyoti jarayonida boshqa biror-bir telekommunikatsiya tarmog'i orqali ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, u holda ulanish so'rovi bajarilmaydi, «Яндекс.Музыка» mobil ilovaning manbalarida shu haqida ma’lumot mavjud.
7. Kontent-xizmatlarini ulash haqida so'rovni navbat bo’yicha bajarilishida, Qoidalarning amaldagi ko'rsatilgan 6-bandida muvofiq, Abonent:
• Amaldagi Qoidalar bilan tanishib chiqganligi va qabul qilganligi to’g’risida tasdiqlaydi;
• Ko’rsatilgan tartibdagi Qoidalarning shartlariga muvofiq, Kontent-xizmatlarini qabul qilishiga roziligini tasdiqlaydi;
• Amaldagi Qoidalar asosida Abonentga qo'yiladigan barcha talablarni bajarish faktini tasdiqlaydi va shuningdek, Kontent-xizmatdan foydalanish vaqtida ushbu talablarga rioya qilish majburiyatini ham oladi;
• Kontent xizmatiga ulanish so'rovi yuborilganda Abonent tomonidan ko'rsatilgan ma'lumotlarni qayta ishlash uchun roziligini tasdiqlaydi, shuningdek, Operator bilan tuzilgan aloqa xizmatlarini xizmat ko’rsatish shartnomasidagi ma’lumotlar hamda Provayder tomonidan texnik manbalar orqali avtomatik ravishda olingan ma'lumotlar ham hisobga olinadi. Ma'lumotni qayta ishlov berishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq va xizmatlaridan foydalanishda Maxfiylik siyosati qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Kontent-xizmatiga ulanish va Sizning ma'lumotlaringizni taqdim etish bo'yicha so'rovni bajarishdan oldin, bizning Siyosati tanishib chiqing (quyidagi manzilda mavjud https://beeline.uz/binaries/content/assets/other-documents/privacypolicy_uz.pdf). Ma'lumotlar qayta ko’rilishida, Kontent-xizmatlar tomonidan Abonentga quyidagi usullar bilan ko'rib chiqiladi: yig'ish, yozib olish, tizimlashtirish, to'plash, saqlash, qayta chiqarish, foydalanish, taqdim etish, bloklash, o’chirish, yo'q qilish.
• Abonentga kontent xizmati narxi, kontent xizmatidan voz kechish tartibi va aloqa xizmatlari uchun to'lovni amalga oshirish va/yoki Operatorning boshqa xizmatlari haqida to'lashni eslatib turadigan qisqa matnli «Yandex» xizmati raqamidan bepul SMS xabarlarini jo'natish uchun rozilik bildiriladi.
8. Abonent tomonidan mazkur Qoidalarning 7-bandida ko'rsatilgan ma’lumoti bo’yicha Abonent tomonidan Kontent-xizmatini va xizmatini qabul qilishda roziligi, shuningdek Abonentni (jumladan, Abonentning abonent telefon raqami) identifikatsiya qilinadigan ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga, shu jumladan Xizmatni Provayderga taqdim etishga rozilik bildiradi.
9. Abonent amaldagi Qoidalarning 6-bandida ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshirganidan so'ng, va Kontent-xizmatining narxini to'lash uchun yetarli miqdorda mablag' bo’lganda, Kontent-xizmati pullik asosida Abonent uchun taqdim etiladi. Kontent-xizmatlarining narxi kuniga 499 so'm bo'lib, har kuni avtomatik ravishda yechiladi. Kontent xizmatini taqdim etishda Abonentga «Yandex» xizmatining qisqa raqamidan SMS-xabarni jo'natish bilan tasdiqlanadi, unda Abonentga ulanish haqidagi ma’lumot va Kontent-xizmatini taqdim etish uchun narxlari va obunani bekor qilish usuli haqida ma’lumot xabari keladi. Agarda, Kontent-xizmatlarini to'lash uchun yetarli mablag' bo'lmagan taqdirda, Kontent-xizmat taqdim etilmaydi. Abonentga Kontent-xizmatini taqdim etish notifikasiyaning sabablari bo’yicha ma’lumoti «Яндекс.Музыка» mobil ilovasining manbalarida aks etadi.
10. Kontent-xizmatni to'lanishida avvalgi avans sifatida to’langan mablag'dan amalga oshiriladi va Abonentning shaxsiy hisob raqamida aks etadi.
11. Kontent-xizmat doirasida abonentlarga fonogrammalarni tinglash uchun cheklanmagan (internet-trafik orqali) va trafik cheklovisiz foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.
12. Abonentga Kontent-xizmatini ulangan kundan boshlab, (bundan keyin - promo-davr) dastlabki kun mobaynida Kontent-xizmatidan foydalanish uchun abonent to'lovi o’rnatilmaydi va Abonentdan abonent to’lov yechilmaydi. Ushbu holat Abonent Kontent-xizmatiga ilk bor ulanish so'rovini bajargan taqdirda amal qiladi. Abonent avval Kontent-xizmatidan foydalangan bo’lib va amaldagi Qoidalarning 12-bandida ko'rsatilgan tartibda, xizmatdan foydalanishda bosh tortgan bo'lsa, kontent xizmatini qayta ulangandan so'ng, Promo davri amal qilmaydi. Promo davr muddatning oxirida, Kontent-xizmatidan foydalanish uchun abonent Operator tomonidan amaldagi Qoidalarning 9-bandida ko'rsatilgan miqdorda Abonentning shaxsiy hisobidan yechib olinadi.
• Kontent xizmatini o'chirish uchun Abonentga tegishli bo’lgan funksiyasidan foydalanishi mumkin, Operatorning qo’llab-quvvatlash markaziga yoki USSD *301# kodini yuborish orqali amalga oshiriladi. Bunga javoban, Abonentga Operatordan bepul SMS-xabar keladi, ya’ni kontent xizmatning o'chirilganligi haqida tasdiqlanadi.
Abonentning shaxsiy hisobidan Kontent-xizmatidan foydalanish uchun hisobda yetarli pul mablag'i bo'lmasa (Abonentning hisobida yetarli mablag' bo’lmaganligi sababli), agar ketma-ket 30 (o'ttiz) kun ichida yetarli miqdorda mablag’ to’ldirilmasa, Kontent-xizmati uchun bu abonentning xizmatdan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
13. Kontent-xizmatlaridan voz kechgan taqdirda ham, Abonent tomonidan avvalgi to'langan kontent xizmatidan foydalanish muddati tugagunga qadar Abonentga Xizmatga kirish taqdim etiladi.
14. Abonentga Kontent-xizmatini taqdim etishni to'xtatgan taqdirda, Kontent-xizmatni tiklash faqatgina Abonent amaldagi Qoidalarning 6-bandida ko'rsatilgan harakatlarni amalga oshirganidan keyin foydalanish imkoniyati mavjud.
15. Kontent-xizmatlarning taqdim etilishida, Operator va/yoki Provayder buyurtma berishda, shu jumladan, cheklamagan holda: bannerlar, tizerlar, redirektlar yordamida Abonentlarni jalb qilishning turli usullaridan Kontent-xizmatlar foydalanishga haqlidir.
16. Kontent-xizmati noto'g'ri taqdim etilishi yoki ulanishi bo’yicha muammolar hamda taqdim etilishiga oid shikoyatlar mavjud bo'lganda, Abonent quyidagi manzil orqali: Toshkent sh., Mirobod tumani, Buxoro ko’chasi, 1 uy, Operatorni xabardor qilishi shart. Dastur yoki xizmat faoliyati bilan bog'liq shikoyatlar mavjud bo'lsa, Abonent music@support.yandex.ru pochta orqali Provayderni xabardor qilishi shart.
17. Mazkur Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, ushbu Qoidalarda belgilangan shartlar bo'yicha Kontent-xizmatlarini taqdim etish bo'yicha qo'shimcha to'g'risida shartnoma tuzish bo'yicha taklif (qoidalar) hisoblanadi.
18. Mazkur Qoidalar bir tomonlama yo'li bilan o'zgartirilishi mumkin, Qoidalarning yangi tahririni https://beeline.uz/uz/oferta-yandex-music manzil orqali joylashtirib boriladi.