
Beeline Uzbekistan – bu telefon orqali xizmatlarni mustaqil ravishda boshqarishga yordam beradigan mobil ilova.
Endi osonlik bilan hisobni bilish, xizmatni ulash yoki tarifni o’zgartirish mumkin.
Beeline Uzbekistan ilovasini o’rnatish uchun telefondan *1# ni tering yoki quyidagi elektron manzilga o’ting:
Android uchun Beeline Uzbekistan apk ni quyidagi elektron manzil orqali yuklab olish mumkin.
Web: https://beeline.uz/ru/dashboard
Beeline Uzbekistan yordamida Siz istalgan vaqtda:
– hisobni va joriy tarifni bilish;
– qo’ng’iroqlar, SMS va internet detalizatsiya ma’lumotini olish;
– qo’shimcha xizmatlarni ulash va o’chirish;
– Qo’shimcha raqamlarni bog’lash, xizmatlarni ulash/o’chirish va detalizatsiya ma’lumotini olish;
– Har kuni 10 000 qadam bosib o’tilganda, «Qadamlar uchun Giglar» aksiyasi bo’yicha qo’shimcha 100 Mb olish imkoniyati;
– yaqinlaringiz va do’stlaringizga o’z hisobingizdan internet-paketlarni xarid qilish imkoniyati;
– «Beeline Club 2.0» dasturning a’zosiga aylanib, hamkorlardan chegirmalar foydalanish;
– to’plangan «Beep» larni xizmatlarga almashtirish;
– Kompaniyadan maxsus tariflar taklifini olish;
– «BeeGUDOK» xizmati bilan gudok o’rniga turli musiqalarni tinglash va o’rnatish.
«Qanday qilib balans, trafik qoldig’i va joriy tarifni tekshirish mumkin?», «Qanday qilib ilovadan xarajatlar detalizatsiyasini ko’rishim mumkin?», «Tarif va xizmatlarni qidirish», «Qanday qilib Multiakkaunt qo’shish mumkin?» haqida batafsil ma’lumot olish uchun havolaga o’ting.