
«Bee Generation» stajirovkasi – bu oxirgidan oldingi va oxirgi kurs talabalari va bitiruvchi talabalar uchun o‘z bilimlarini amaliyotda sinab ko‘rish va karyerasini eng yirik xalqaro telekommunikatsiya kompaniyasida boshlashning mukammal imkoniyati.
Agar siz profilli OTMda oxirgidan oldingi va oxirgi kurs talabasi bo‘lsangiz; muvaffaqiyatli ta’lim olayotgan bo‘lsangiz; ingliz tiliga ega bo‘lsangiz (upper -intermediate dan past emas); olayotgan ta’lim yo‘nalishingiz bo‘yicha rivojlanishni hamda o‘z iqtidoringizni namoyon qilishni istasangiz, unda biz sizni bizning kompaniyamizda stajirovka o‘tishga taklif qilamiz, u yerda siz bebaho bilimlarga va global telekommunikatsion korporatsiyasida ishlash stajiga ega bo‘lasiz!
Stajirovka iyunda boshlanadi, bir yil davom etadi va 2 bosqichdan iborat:
1 bosqich (Iyun 2022 – Avgust 2022): talabalar stajirovkani to‘liq bandlik bilan kompaniyaning tanlagan bo‘limida o‘taydilar.
2 bosqich (Sentabr 2022 – Iyun 2023): birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan stajyorlar kompaniyada moslashuvchan grafik bo‘yicha ishlashni davom etadilar, bu esa o‘qish bilan ishni birgalikda yuritish imkonini beradi.
Stajirovka chog‘ida siz murakkab va qiziqarli vazifalari bo‘lgan real loyihalarda ishtirok etasiz, OTMda olgan bilimlaringizni amaliyotda sinab ko‘rasiz.
Stajirovka tugashi bilan eng yaxshi stajyorlar kompaniya shtatiga o‘tish taklifini oladilar!
2022 yilda biz quyidagi yo‘nalishlardan birida stajirovka o‘tishga taklif qilamiz:
• Texnik direksiya
• Korporativ savdolarni rivojlantirish bo‘yicha direksiya
• Digital texnologiyalar bo‘yicha direksiya
• Xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direksiya
• Tijorat direksiyasi
• Marketing bo‘yicha direksiya
• Axborot texnologiyalari direksiyasi
«Bee Generation» stajirovkalar dasturi 2022 yilning mart oyidan start oladi.
Konkurs tanlovining davri: 2022 yil aprel oyining oxirigacha.
Karyerani boshlash yo‘lida sizni bir qator sinovlar kutmoqda:
• Testdan o‘tish
• Xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direksiya xodimi bilan intervyu
• Bo‘lajak rahbar bilan intervyu
Stajirovkaga qanday qo’shilish mumkin?
www.beeline.uz saytida anketani to‘ldiring va stajirovkaning sizni qiziqtiradigan yo‘nalishini ko‘rsatib, graduate@beeline.uz elektron manziliga yuboring.
Anketa blankasini yuklab olish
Anketani xatga alohida fayl sifatida biriktirish zarur (ya’ni (!) anketa matnini xatning tanasiga ko‘chirish mumkin emas)
Xatning mavzusida albatta (!) quyidagilarni ko’rsating:
• FISh
• Tanlangan yo‘nalish (Tijorat direksiyasi, Marketing xizmati, Axborot texnologiyalari direksiyasi va h.z.)
• OTM kursi
Agar sizning anketangiz dastur ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablarga mos kelsa, Xodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direksiya xodimi siz bilan bog‘lanadi va testdan o‘tishga taklif qiladi.
Imkoniyatlarni tanlang – “Beeline”da ishlang!