Beeline TV o’zi nima?
Beeline TV – bu Beeline Uzbekistandan yangi avlod mahsuloti bo'lib, eng yaxshi telekanallarni, mashhur konsertlarni, filmlarni, multfilmlarni va teledasturlarni yagona qulay ilova orqali, onlayn tomosha qilish imkonini beradi. Beeline TV videoni tomosha qilishning bir necha usullarini, ya'ni efir vaqtida, yozib olingan holda yoki katalog orqali taqdim etadi.
Xizmat shartlari qayerda mavjud?
Xizmat shartlari bilan ushbu manzilda tanishib chiqishingiz mumkin.
Qanday obunalar mavjud?
- 1. TV (kunlik 599 so’m/ 30 kunlik 9 999 so’m)
Barcha telekanallarni mobil qurilmalarda va katta ekranlarda tomosha qilish mumkin. Kanallar to'plami “O’KT” MChJ tomonidan taqdim etilgan. Obuna bo'lmagan holda va faqat ro'yxatdan o'tilgandan so'ng O'zbekiston Respublikasining ommaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan telekanallar ro'yxati mavjud bo’ladi.
2. Xorijiy (kunlik 699 so’m/ 30 kunlik 9 999 so’m): Istalgan didga mos bo’lgan ommabop xorijiy filmlar va seriallar, butun oila uchun barcha yoshdagi bolalar uchun multfilmlar to'plami “IVI” dagi obuna orqali taqdim etiladi. Obuna faqat Beeline abonentlari uchun amal qiladi. “IVI” MChJ kontenti tomonidan taqdim etilgan.
3. Milliy (kunlik 699 so’m/ 30 kunlik 11 999 so’m): Mahalliy ijodkorlarning eng yaxshi milliy filmlar, seriallar, teatr namoyishlarining televizion versiyasi va mahalliy artistlarning kontsert dasturlarini tomosha qilish imkonini beradi. Kontent MChJ "Maestro", MChJ «Inter Media Records», MChJ «STAR-MUVAD GROUP», MChJ «BESTED LAB», MChJ «Music Media Group», MChJ «Global Media Distribution Group» tomonidan taqdim etilgan. - 4. MEGOGO (kunlik 799 so'm / 30 kunlik 10 999 so'm) Ushbu kino butun oila uchun mo'ljallangan. Ko'ngilochar video kontent bo'lib kinolar, multfilmlar va seriallarning yirik katalogini o'z ichiga oladi. Gollivudning yetakchi studiyalari va turli kino festivallar g'oliblari tomonidan ishlangan jahondagi yangi kinotaqdimotlar namoyishi.
- 5. Start - (kunlik 799 so’m / 30 kunlik 14 999 so'm). Kontent MChJ «Старт.Ру» tomonidan taqdim etiladi.
6. GOLD/ Barchasi va shu zahoti (kunlik 1 499 so'm/ 30 kunlik 24 999 so'm): telekanallar, xorijiy va milliy kontent bitta obunada. - 7. VIP (ТВ, IVI, Start, Milliy) 1 999 som/kun, 34 999 so'm/30 kun. O'zbekistondagi eng ommabop TV kanallar, IVIdan kino va seriallar va keng turdagi milliy mahsulot.
Xizmatga qanday ulanish mumkin?
«Beeline TV» ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab oling. Shuningdek, ilovani saytimiz manzili orqali bu yerda yuklab olishingiz mumkin. Yoki www.beelinetv.uz web-versiya orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Beeline TV obunasini Beepul orqali to'lash qanday amalga oshiriladi?
1. "To'lov" bo'limiga kirish kerak
2. "TV va Aloqa" bo'limiga o'tish lozim
3. "Beeline TV" belgisini topib, uning ustiga bosiladi
4. Kerakli obuna tanlanadi. Obunaning muddati 30 kun. Muddat avtomatik tarzda uzaytirilmaydi.
5. "Davom etish" tugmasi, keyin esa "To'lash" tugmasi bosiladi
6. "Beepul" da ro'yxatdan o'tgan raqamga promo-kodli SMS-xabar keladi. "Beeline TV" da ro'yxatdan o'tish kerak (agarda ro'yxatdan o'tilmagan bo'lsa) va promo-kod bilan kelgan elektron manzilga o'tib, uni faollashtirish kerak.
7. Obuna muvaffaqiyatli faollashtirildi.
Obunani uzaytirish uchun yuqoridagi amallarni takrorlash kerak.
Mahsulotning mobil versiyasida ro'yxatdan o'tish.
-
Ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldiring va "Keyin" tugmasini bosing. Foydalanish bitimi bilan tanishib chiqing va "Qabul qilish" tugmasini bosing.
Sizning telefon raqamingizga SMS-xabari orqali tasdiqlash kodi keladi. Kodni kerakli qatorga kiriting va "Bajarildi" tugmasini bosing. Ro'yxatdan o'tish tugallandi.
Ilovaga kirib, avtorizatsiyani amalga oshiring, o’z login, telefon raqamingizni ko’rsating va ro’yxatdan o’tishni yakunlash uchun SMS-xabardagi parolni kuting.Ro’yxatdan o’tgandan so’ng, “Akkaunt” bo’limida Siz xizmatdagi mavjud bo'lgan barcha obunalardan foydalanishingiz mumkin.
Shartlar bilan tanishib chiqing va ulanish tugmasini bosing. Muvaffaqiyatli ulangandan so’ng, quyidagi SMS keladi: «Tabriklaymiz! Obuna rasmiylashtirildi. Hisobdan mablag' yechilishi har 30 kunda avtomatik ravishda amalga oshiriladi.» agar oylik obunaga ulanilgan bo’lsa.
Xizmatni qanday o’chirish mumkin?
Beeline TV ni qanday tomosha qilish mumkin?
Andorid ilova orqali
IOS ilova orqali
APK versiya orqali
Kompyuterda www.beelinetv.uz sayti orqali tomosha qilish mumkin
Smart TV: LG и Samsung
Android TV
Artel televizoriga «Beeline TV» ni qanday o'rnatish mumkin?
2. Faylni USB fleshkaga ko'chiramiz.
3. USB fleshkani televizordagi USB portiga joylashtiring.
4. Televizordagi App bo'limiga kiring (televizor pultidagi App tugmasi).
5. Televizor pultida 4ta chiziqli tugmaga bosing
6. Ekranning yuqori qismida menyu ochiladi, uchta nuqtali belgini tanlang
7. Televizor pultidan boshqaring: yuqoriga-pastga-chapga-o'ngga
8. Dasturni o'rnatish oynasi ochiladi, «Beeline TV» ni tanlab, Tayyor tugmasiga bosing!
Android TV tizimidagi yangi avlod Artel televizorlarida ilovani Google Play orqali o'rnatish mumkin.
Beeline TV Uzbekistan ilovasi qaysi Smart TV qurilmalarda mavjud?
Beeline TV Uzbekistan xizmatini Smart TV orqali qanday tomosha qilish mumkin?
Ilovalar do'koniga o'ting (sozlamalarda O'zbekiston davlati tanlanganligiga ishonch hosil qiling);
"Beeline TV" qidiruv bo’limiga kiriting;
Ilovani o'rnating.
Tayyor!
“Ota-ona nazorati” xizmati qanday ishlaydi?
Pullik xizmat uchun to’lov, qaysi mablag'dan sarflanadi?
Hisobdan mablag’ yechilishi, Beeline shaxsiy hisobingizdan amalga oshiriladi. Hisobdan mablag’ yechilishi, kunlik yoki oylik asosida amalga oshiriladi. Abonent 60 kundan ortiq blok holatida bo'lsa, xizmat avtomatik ravishda o'chiriladi.
Hisobimda mablag' yetarli bo'lmasa, obuna uchun to’lov avtomatik ravishda yechiladimi?
Yo’q, ushbu holatda to’lov yechilmaydi.
Hisobimda mablag’ bo'lmasa nima qilishim kerak?
Hisobingizni, bank kartasi orqali “Beepul” xizmati yordamida to'ldirishingiz mumkin.
Mobil hisobni to'ldirgandan keyin qanchalik tez obuna uchun to`lov avtomatik ravishda mablag' yechiladi?
Mablag’ning yechilishi qaysi vaqtda amalga oshiriladi?
Kunlik obuna uchun mablag' har kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha bo'lgan vaqtda yechiladi. 30 kunlik obuna uchun mablag' yechilishi abonent hisobidan mablag' yechilgan vaqtdan boshlab 30 kundan keyin amalga oshiriladi.
Bank karta orqali obunani rasmiylashtirish mumkinmi?
Ha, “Beepul” xizmati yordamida to'lovni amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Qo'shimcha qurilmani qanday bog'lash mumkin?
Buning uchun yangi qurilmada avvalgi raqam bilan tizimga kirishingiz lozim.
Beeline TV da biror-bir to'lovsiz kontent mavjudmi?
Faqat ommaviy bo'lgan milliy kanallar. Beeline TV ning barcha pullik xizmatlarini telefon raqamingizda ulagandan so’ng, kanallar va filmlardan foydalanish imkoni bo'ladi.
Beeline ТV ni tomosha qilganda trafikdan sarflanadimi?
Nima uchun, «Beeline TV» xizmatidan VPN orqali foydalana ololmayapman?
«Beeline TV» bo’yicha cheksiz trafik aksiyasi, brauzerlardan foydalanilganda, proksi server (shu jumladan VPN) orqali ishlaganda, boshqa saytlar va internet manbalarida bo’lgan rasmlar, videolar, o'yinlar va boshqa media kontentlariga nisbatan qo'llanilmaydi.
Bir nechta qurilma orqali bitta obunadan foydalanishim mumkinmi?
Siz Akkauntingizga 2 ta qurilmani ulashingiz mumkin, biroq bir vaqtning o'zida faqat 1 ta qurilmada tomosha qilish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Qaysi qurilmalarda xizmatdan foydalanish mumkin?
IOS versiyasida
Android versiyasida
APK versiyasida
Smart TV: LG va Samsung
APK versiyasi qanchalik tez yangilanadi?
Beeline TVning APK versiyasi har oyda bir marta yangilanadi va Beeline rasmiy saytida mavjud.
Bitta obunadan bir nechta user-lar (foydalanuvchilar) foydalanishi mumkinmi?
Bitta akkaunt orqali bir nechta qurilmalar yordamida xizmatdan foydalanishingiz mumkin. Biroq cheksiz Internet-trafik faqatgina «Beeline TV» xizmatiga kirish uchun mablag’ yechiladigan mobil raqamida mavjud.
Beeline TV ning foydalanish hudud qamrovi qanday?
Beeline TV xizmatidan faqat O'zbekiston hududida foydalanish mumkin.
Beeline TV ni boshqa operatorning sim-kartasidan foydalana olamanmi?
Beeline TV xizmati, Beeline ning mobil internet tarmog'i orqali, shuningdek, boshqa operator tarmog’ida yoki internet-provayder tarmoqlarida, shuningdek, Wi-Fi tarmog'ida ham foydalanish uchun mavjud. Boshqa operator yoki internet-provayderning internet-trafik uchun to'lovi, uning shartlariga muvofiq hisobga olinadi. Obuna uchun to’lovni faqat Beelinening mobil balansi orqali amalga oshirish mumkin.
Nima uchun bunday film mavjud emas?
Biz doimiy ravishda Beeline TV ni takomillashtirmoqdamiz va kontentni qo'shib bormoqdamiz. Beeline TV da mavjud bo'lgan barcha video kontentlar litsenziyalangan va yangilarni qo'shish uchun egalaridan mualliflik huquqi va litsenziya shartnomalarni tuzishni talab etadi. Shu sababli, kanal qo'shishda faqat bizning qarorimiz yetarli emas.