Bosh sahifa/Xabarlar/Jahon ekspertlari va texnologiya gigantlari: Samarqanddagi M360 Eurasia forumida nimalar muhokama qilinadi

Jahon ekspertlari va texnologiya gigantlari: Samarqanddagi M360 Eurasia forumida nimalar muhokama qilinadi

Xabarlar
18 May
2 min.
Main Event Image

20–21-may kunlari Samarqand Yevroosiyo raqamli kelajagini muhokama qilish uchun sohaning yetakchi mutaxassislarini qabul qiladi. M360 Eurasia 2026 xalqaro forumida 50 dan ortiq spiker — vazirlar, telekommunikatsiya kompaniyalari va texnologiya gigantlari rahbarlari — sun'iy intellekt imkoniyatlari, 5G, kiberxavfsizlik va mintaqaning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

2026 yilgi dastur «Hukumat 4.0: raqamli davlat infratuzilmasi va sun'iy intellektga asoslangan davlat xizmatlari» plenar sessiyasi bilan boshlanadi. O'zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov raqamli sohadagi joriy rivojlanish darajasi haqida so‘z yuritadi. Plenar sessiyada VEON Group bosh direktori, GSMA direktorlar kengashi a'zosi Kaan Terzio'g'lu va Beeline Uzbekistan bosh direktori Evgeniy Nastradin ham ishtirok etadi. Ular O'zbekistonning telekommunikatsiya sohasiga muvaffaqiyatli investitsiyalar kiritish va eng zamonaviy raqamli xizmatlarni joriy etish bo'yicha tajribalarini bilan bo‘lishadilar.

Ikki kun davomida ishtirokchilar sohadagi asosiy mavzularni muhokama qiladilar: hududlarda qamrovni kengaytirish, 5G tarmoqlarini qurish, sun'iy intellektni joriy etish istiqbollari, kiberxavfsizlik va Markaziy Osiyo mamlakatlarida raqamli infratuzilmaning ishonchliligi.

Tasdiqlangan 50 dan ortiq ma’ruzachi orasida davlat hokimiyati organlari vakillari, yetakchi telekommunikatsiya va texnologiya kompaniyalari rahbarlari ham bor:

• O'mer Abdulloh Qarag'o'zo'g'lu, Turkiya AKT boshqarmasi (BTK) raisi
• Jabbor Qayumov, Beeline Kazakhstan bosh direktori
• Ozodxon Davlatshoyev, Tcell bosh direktori
• Aamir Ibrohim, Jazz bosh direktori
• Karolina Bugayan, Moldcell SA bosh direktori
• Gabil G'asimov, MegaSec LLC bosh direktori
• Oleksii Sharavar, QazCode bosh direktori
• Axmet Kayxan, VEON Group to'lovlar va raqamli aktivlar direktori
• Tszyanpen Chjan, ZTE Corporation katta vitse-prezidenti
• Polina Chernikova, Android hamkorlik bo'yicha rahbar, Google
• Olga Chikanayeva, KPMG Kavkaz va Markaziy Osiyo, axborot xavfsizligi bo'yicha bosh direktor (CISO)
• Otabek Nasirov, Markaziy Osiyo fintech assotsiatsiyasi raisi
• Anil Vijayachandran, DataVolt rivojlanish bo'yicha direktor o'rinbosari
• Anna Ambrozevich, Women in Tech Global yoshlar bilan ishlash direktori
shuningdek, Huawei, Opensignal, Alvarez & Marsal va boshqa tashkilotlar vakillari.

To'liq ro'yxat tadbirning rasmiy saytida mavjud.

«M360 Eurasia forumi — raqamli texnologiyalar kelajagi bo'yicha o'z qarashlarimizni yetakchi jahon kompaniyalarining amaliyoti bilan solishtirish, telekommanikatsiyadagi dolzarb loyihalar bilan tanishish va O'zbekistonda qo'llash mumkin bo'lgan yechimlarni o'rganish imkoniyati. Forumni qo‘llab-quvvatlash orqali biz nafaqat aloqa sohasini, balki butun mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo‘shgan bo‘lamiz," - dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Evgeniy Nastradin.

21-may kuni forum doirasida Markaziy Osiyo uchun yashil va raqamli yechimlar bo'yicha xakaton o'tkaziladi. Ishtirokchilar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha ishlaydi: quyosh energetikasi va energiya tejamkorligi, suv monitoring va taqsimot tizimlarini raqamlashtirish, aylanma iqtisodiyot va chiqindilarni boshqarish platformalari, hamda sun'iy yo'ldosh tasvirlari, dronlar va GIS-tahlil asosidagi iqlim monitoringi ilovalari.

Forum telekommunikatsiya sohasi vakillari, texnologiya kompaniyalari, davlat tuzilmalari va investorlarni taklif qiladi. Ro'yxatdan o'tish va batafsil dastur M360 Eurasia 2026 rasmiy saytida mavjud.