Ilovada oching Beeline Uzbekistan Ochish

Muloqot ulashing

Ushbu xizmat A abonentning tarif rejasida kiritilgan trafikni belgilangan miqdorda B abonentga o‘tkazish imkonini beradi. Xizmatning narxi trafik o‘tkazuvchi tomonidan to‘lanadi.

Variantlar

1 000 so‘m evaziga O‘zbekiston bo‘ylab 200 daqiqani o‘tkazish. O‘tkazish vaqtida mijozning hisobida kamida 1 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 210 daqiqa bo‘lishi kerak.

3 000 so‘m evaziga O‘zbekiston bo‘ylab 1 000 daqiqani o‘tkazish. O‘tkazish vaqtida mijozning hisobida kamida 3 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 1 010 daqiqa bo‘lishi kerak.

1 000 so‘m evaziga 200 MB o‘tkazish. O‘tkazish vaqtida mijozning hisobida kamida 1 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 210 MB bo‘lishi kerak.

3 000 so‘m evaziga 1 000 MB o‘tkazish. O‘tkazish vaqtida mijozning hisobida kamida 3 250 so‘m va 1 010 MB bo‘lishi kerak.

Faqat tarifga kiritilgan trafik o‘tkazib berilishi mumkin.

Trafikning amal qilish muddati – 7 kun.
Trafik qoldig‘ini tekshirish kodi: MB – *103#, daqiqa -*108#.
Kunlik o‘tkazmalarning maksimal soni – har bir paket uchun 1 000 dona.

Avvalgi 7 kun tugaguniga qadar o‘tkazmani takroran amalga oshirilganda, oxirgi o‘tkazma bo‘yicha taqdim etilgan trafik xuddi shu turdagi eski trafik qoldig‘iga qo‘shiladi va amal qilish muddati paketning oxirgi ulangan kunidan boshlab 7 kunga belgilanadi.