Ilovada oching Beeline Uzbekistan Ochish

Daqiqa va megabaytlarni o‘zaro almashtiring!

Daqiqalardan foydalanib ulgurmayapsizmi va ular kuyib ketyaptimi? Ularni internetga almashtiring!

Variantlar

2 000 so‘m evaziga O‘zbekiston bo‘ylab 200 daqiqani 200 MB ga almashtirish. Almashtirish vaqtida mijozning hisobida kamida 2 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 210 daqiqa bo‘lishi kerak.

5 000 so‘m evaziga O‘zbekiston bo‘ylab 1 000 daqiqani 1 000 MB ga almashtirish. Almashtirish vaqtida mijozning hisobida kamida 5 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 1 010 daqiqa bo‘lishi kerak.

2 000 so‘m evaziga 200 MB ni O‘zbekiston bo‘ylab 200 daqiqaga almashtirish. Almashtirish vaqtida mijozning hisobida kamida 2 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 210 MB bo‘lishi kerak.

5 000 so‘m evaziga 1 000 MB ni O‘zbekiston bo‘ylab 1 000 daqiqaga almashtirish. Almashtirish vaqtida mijozning hisobida kamida 5 250 so‘m va O‘zbekiston bo‘ylab 1 010 MB bo‘lishi kerak.

Faqat tarifingiz bo‘yicha taqdim etiladigan trafikni o‘zaro almashtirish mumkin.

Trafikning amal qilish muddati – 3 kun.
Almashtirilgan MB qoldig‘ini – *101# USSD-kodi bilan, daqiqa qoldig‘ini – *105# kodi bilan tekshirish mumkin.
Almashtirishlar soni cheklanmagan.
Almashtirilgan trafikning uch kunlik muddati tugamasidan avval yana almashtirish orqali qo‘shimcha trafik olinishi mumkin. Bu holda yangi trafik xuddi shu turdagi eski trafik qoldig‘iga qo‘shiladi va ularning amal qilish muddati oxirgi almashtirilgan kunidan boshlab 3 kunni tashkil etadi.