««Beepul» dan Aksiya 13» - Aksiyasining o'tkazish qoidalari
Ushbu Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo'llaniladi:
• Foydalanuvchi – muayyan funksiyani bajarish uchun Beepul ilovasidan foydalanadigan jismoniy shaxs;
• Abonent raqami – Abonent uskunasini boshqa qurilmalar bilan aloqasi paytida telekommunikasiya tarmoqlarida identifikasiya qilib, xizmat ko`rsatish uchun Abonentga shartnoma asosida ajratiladigan raqam.
• Bank kartasi - bu onlayn va oflayn do'konlarda xaridlar uchun to'lovlarni amalga oshirish, naqd pul olish, bank hisobini to'ldirish, pul mablag'larini o'tkazish va boshqa turdagi naqd pul operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi to'lov vositasi.
• Kompaniya/Operator – “Beeline” savdo belgisi ostida uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Unitel” MChJ;
• G‘olib – tasdiqlangan sovrinlardan birini qo‘lga kiritgan aksiya ishtirokchisi;
• Ishtirokchi – ushbu Aksiya qoidalariga muvofiq Aksiyada qatnashish huquqiga ega bo‘lgan “Beepul” ilovasining foydalanuvchisi.
• “Beepul” ilovasi – ishtirokchilari o‘rtasida hisob-kitob, axborot va texnologik o‘zaro aloqalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maxsus kompyuter dasturiy mahsulotlar majmuasidan iborat axborot tizimi.
• Kompaniyaning rasmiy sayti - Kompaniyaning rasmiy veb-sayti: www.beeline.uz.
Aksiyaning o’tkazish muddati:
Aksiya boshlanishi: 01.06.2022 yil.
Aksiyaning yakuni: 30.08.2022 yil (shu jumladan).
Aksiyaning amal qilish hududi: O'zbekiston Respublikasi
G'oliblarni aniqlash joyi: Beeline Uzbekistan/Bepul.uz rasmiy Facebook va Instagram sahifasida jonli efirida.
G'oliblarni taqdirlash joyi: Toshkent shahri
1.1. Aksiyada quyidagi talablarga javob beradigan barcha Beepul ilovasining foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin:
- Foydalanuvchi – bu O‘zbekiston Respublikasi bankida ochilgan Bank kartasining egasi bo‘lgan jismoniy shaxs hisoblanadi.
1.2. Quyidagilar Aksiyada ishtirok etish va/yoki sovrinni olish huquqiga ega bo'lmaganlar:
- Ushbu Qoidalarning 1.1-bandini talablariga javob bermaydigan foydalanuvchilar;
- Aksiya o'tkazilishi davrida Operator bilan mehnat munosabatlarida bo'lgan shaxslar, shuningdek ularning yaqin qarindoshlari, Kompaniyaning ishonchli vakilining xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari, ishonchli vakilning o'zi va uning yaqin qarindoshlari Aksiyada ishtirok etishiga yo'l qo'yilmaydi.
2.1 Aksiyaning sovrin jamg‘armasi:
• 13 dona miqdorda Apple iPhone 13 128 GB smartfoni.
2022-yil 1-iyundan 2022-yil 30-avgustigacha bo'lgan davrda har hafta bitta sovrinli o‘yin o‘tkaziladi.
2.2. G‘olib kompaniyaning Toshkent shahridagi bosh ofisida mukofotni qo'lga kiritadi.
2.3. Sovrinni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq G‘olib nomiga rasmiylashtiriladi, bunda Kompaniya soliqlarni qoplaydi, qolgan harajatlarni G'olibning o'zi tomonidan qoplanadi.
III. Aksiyada ishtirok etish va o'tkazish shartlari
3.1. Aksiya ishtirokchisi bo'lish uchun:
- Bepul ilovasining amaldagi va yangi foydalanuvchilari aksiya o'tkazilishi davrida Beepul’ga ulangan bank kartasidan har qanday xizmat uchun 20.000 so'm miqdorida Beepul ilovasi orqali to'lovni amalga oshirganlar.
3.1.1. Ishtirokchilar ro'yxati to'lov sanasiga muvofiq har hafta alohida yangilanadi.
Misol: Agar Foydalanuvchi Aksiya shartlari bo'yicha 2022-yil 5-iyun kuni 20.000 so'm miqdorida to'lovni amalga oshirgan bo'lsa, u holda 2022-yil 1-iyundan 7-iyungacha bo'lgan davrdagi ishtirokchilar ro'yxatiga kiritiladi.
3.1.2. Hafta davomida 20.000 so'm bilan boshlanadigan miqdordagi har bir qo'shimcha to'lovga, yutib olish imkoniyati ortadi. Masalan, Aksiya Ishtirokchisi 100 000 so'mlik to'lovni amalga oshirganida 5 ta imkoniyatga ega bo'ladi.
3.1.3. Foydalanuvchiga har 20.000 so‘m bilan boshlanadigan to‘lovdan keyin, Aksiyada ishtirok etishi haqida SMS-xabarnoma yuboriladi.
3.2. Aksiya quyidagi tarzda o'tkaziladi:
3.2.1. Bepul ilovasining ma'lumotlar bazasida barcha potentsial ishtirokchilar ro'yxatga olinadi. Ro'yxatdan o'tish to'lovi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
3.2.2. Ishtirokchilarni tanlash algoritmiga muvofiq, G'olibni yanada aniqlash uchun Aksiya Ishtirokchilarining elektron ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.
3.2.3. 3.1-bandi bo’yicha shartlar bajarilganda ikki yoki undan ortiq marta Ishtirokchining abonent raqami ushbu Ishtirokchining imkoniyatlarini oshirish maqsadida sovrinli Ishtirokchilari ro'yxatida takrorlanadi. Sovrinli Ishtirokchisining raqamini takrorlash soni 3.1-bandining shartlarini bajarishning ko'pligiga mutanosib bo'ladi.
3.2.4. Mukofot g'oliblari sayt orqali tasodifiy raqamlar algoritmi orqali ommaviy ravishda aniqlanadi random.org Beeline Uzbekistan/Beepul.uz rasmiy sahifasida Facebook yoki Instagramdagi jonli efirda. G'olibni aniqlagandan so'ng, Kompaniya G'olib bilan Abonent raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali bog'lanadi.
3.2.5. G'oliblarni aniqlash quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
Hafta | Davr | G’oliblarni aniqlash sanasi | |
1 | 01.06.22-07.06.22 | 08.06.22 | |
2 | 08.06.22-14.06.22 | 15.06.22 | |
3 | 15.06.22-21.06.22 | 22.06.22 | |
4 | 22.06.22-28.06.22 | 29.06.22 | |
5 | 29.06.22-05.07.22 | 06.07.22 | |
6 | 06.07.22-12.07.22 | 13.07.22 | |
7 | 13.07.22-19.07.22 | 20.07.22 | |
8 | 20.07.22-26.07.22 | 27.07.22 | |
9 | 27.07.22-02.08.22 | 03.08.22 | |
10 | 03.08.22-09.07.22 | 10.08.22 | |
11 | 10.08.22-16.07.22 | 17.08.22 | |
12 | 17.08.22-23.08.22 | 24.08.22 | |
13 | 24.08.22-30.08.22 | 31.08.22 |
3.2.6. G‘oliblarni aniqlash natijalari G‘olibning raqamini ko‘rsatgan holda (abonent raqamining dastlabki uchta raqamisiz) Kompaniyaning rasmiy saytida joylashtiriladi;
3.2.7. random.org sayti, mukofot jamg'armasining g'olibini aniqlash uchun ishlatiladigan haqiqiy tasodifiy sonlarni ishlab chiqarish, aksiya boshlanishidan oldin g'oliblarni oldindan belgilashga imkon beradigan tartib va algoritmlarni o'z ichiga olmaydi.
3.2.8. Kompaniyaning kompyuter dasturi (ishtirokchilarning elektron ma'lumotlar bazasi) sovrinni olgan ishtirokchini oldindan aniqlash yoki aniqlash imkonini beradigan protseduralar va algoritmlarni o'z ichiga olmaydi.
3.2.9. Kompaniya Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarni o'tkazmaslik huquqini o'zida saqlab qoladi, agarda ushbu shartlarda yoki O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablari asosida ko'rsatilmagan bo'lsa.
3.2.10. Kompaniya Aksiya qoidalariga tegishli ma’lumotlarni Kompaniyaning Rasmiy saytida majburiy joylashtirish sharti bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.3. Aksiya haqida ma'lumot Kompaniyaning rasmiy saytida mavjud. Kompaniya o'z xohishiga ko'ra Facebook yoki Instagram ijtimoiy tarmoqlarida tegishli ma'lumotlarni joylashtirish huquqini o'zida saqlab qoladi.
4.1. Sovrinni olish uchun Aksiya doirasidagi haftalik o‘yin G‘olibi deb topilgan Ishtirokchi Aksiya Tashkilotchisi – “Unitel” MChJga quyidagi hujjatlarning asl nusxasini va ma’lumotlarni taqdim etadi:
• G‘olibning pasporti yoki ID kartasi;
• Soliq qo'mitasi ma'lumotlar bazasida JShShIR raqami bo'lmagan holatlar uchun tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limidan (pasport bo'limi) JShShIR ni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma.
• Beepul ilovasidan to'lovni amalga oshirilgan bank kartasi G'olibning nomida rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak.
4.1.1. Agar G‘olib biron-bir sababga ko‘ra sovrinni topshirish va sovg‘ani topshirish jarayonida shaxsan ishtirok eta olmasa, sovrinni olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida ishtirok etish uchun boshqa shaxsga (ishonchli vakilga) tegishli ishonchnomani berishi mumkin.
Bu holda, ishonchli vakil quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
• G‘olibning pasporti yoki ID karta nusxasi;
• sovrinni olish va sovrinni G’olib nomiga rasmiylashtirish bilan bog'liq hujjatlarni imzolash huquqini beruvchi notarial tasdiqlangan ishonchnoma;
• Ishonchli vakilning pasporti yoki ID kartasi;
• Soliq qo'mitasi ma'lumotlar bazasida JShShIR raqami bo'lmagan holatlar uchun tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limidan (pasport bo'limi) JShShIR ni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma.
4.2. Agar G'olib jonli efirda e'lon qilinganida Kompaniya G'olib bilan Abonent raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali bog'lana olmasa, G'olib jonli efirda G'olib e'lon qilingan paytdan boshlab 7 (etti) kalendar kun ichida bog'lanishi kerak.
4.3. G'olibga (yoki uning ishonchli vakili) yutug'i to'g'risida Abonent raqamiga qo'ng'iroq qilib xabardor qilinidan va G'olibni 5.1-bandda ko'rsatilgan qoidalar bilan tanishtirgan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kunidan kechiktirmay barcha zarur hujjatlarni taqdim etishi shart.
4.4. Kompaniya g'olib e'lon qilingan kundan boshlab 30 (o'ttiz) kalendar kun ichida sovg'alar berish huquqini o'zida saqlab qoladi.
4.5. Kompaniya, sovrinlarni G'oliblarga topshirishda soliqlarni (shu jumladan jismoniy shaxslarning daromad solig'i mukofot qiymatidan) va yig'imlarni O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda mustaqil ravishda to'laydi.
4.6. Sovrinni rasmiylashtirishda va olib ketish jarayonida G’olib barcha kerakli xujjatlarni shu jumladan G’olibning shaxsiy ma’lumoti, sovrinning QQS bilan ko’rsatigan narxi va boshqa to’liq ma’lumot ko’rsatilgan barcha kerakli hujjatlarga imzo quyishi kerak.
4.7. Sovrin G'olibga barcha kerakli hujjatlar imzolagandan so'ng beriladi.
4.8. Agar G'olib Toshkent shahrida yashamasa, Kompaniya Aksiya G'olibining Toshkent shahriga kelishi va qaytishi, uni mehmonxonada yashashi va ovqatlanishi bilan bog'liq har qanday xarajatlarni, shuningdek, safar bilan bog'liq barcha boshqa har qanday xarajatlarni to'lash majburiyatini olmaydi.
4.9. Kompaniya quyidagi holatlarda G'olibga sovrin berishdan rad javobini berish huquqiga ega:
• G'olib e’lon qilingan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida Kompaniya bilan bog'lanmaganda;
• G'olib e'lon qilingan paytdan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida 5.1-bandda ko'rsatilgan kerakli hujjatlarni taqdim etmagan va/yoki taqdim etilgan hujjatlar Aksiya va O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga javob bermaganda;
• G'olib o'z imzosini qo'yishdan va/yoki boshqa qonuniy ahamiyatga ega bo'lgan harakatlardan, shu jumladan, zarur hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortganda;
• G'olibni sovrin yutganligi to'g'risida xabar qilishning iloji bo’maganida - g'olibning raqami bloklangan, tarmoqdan tashqarida, Kompaniyaga bog'liq bo'lmagan boshqa sabablarga ko’ra g'olib telefonni ko’tarmagan va/yoki aloqaga chiqmagan holatlarda;
• G'olib tomonidan Aksiyada ishtirok etish shartlari buzilishi aniqlanganda.
5.1. Agar G'oliblar biron-bir sababga ko'ra sovrinlarga da'vo qilmasa yoki olishdan bosh tortsa, talab qilinmagan sovrin Kompaniyaning mulki bo'lib qoladi. Shu bilan birga, G'olib avvalgi davr Ishtirokchilari o'rtasidagi navbatdagi o'yinda qayta aniqlanadi.
Masalan, G‘olib 2022-yil 1 iyundan 7 iyungacha bo'lgan davrda sovrinni talab qilmagan. Takroriy oʻyin 2022 yil 15 iyun kunida bo’lib o’tadigan o’yinda 2022 yil 1 iyundan 7 iyungacha bo'lgan davrdagi Aksiya ishtirokchilari oʻrtasida o'tkaziladi.
5.2. G'olib ushbu qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlar bajarilmagan taqdirda Kompaniya G'olibga sovrinni taqdim etishni rad etish huquqiga ega.
5.3. Kompaniya quyidagi holatlar uchun javobgar emas:
• Ishtirokchilar Kompaniya saytida joylashtirilgan g’olib raqamlar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati bo’lmaganida;
• Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar/hujjatlar ishtirokchilarning aybi bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra topshirilmagani/o‘z vaqtida topshirilmaganida;
• Aksiya shartlarida ko'zda tutilgan talablarni ishtirokchilar tomonidan bajarilmaganida (o'z vaqtida bajarilmaganida);
• G’oliblar sovrinlarga da'vo qilmagan yoki rad etganligi uchun olmaganlarida;
• Uchinchi shaxslarning aybi va/yoki fors-major holatlari tufayli G’oliblarga sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmagan holatlarida.
5.4. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi:
• Aksiya shartlari bilan to'liq tanishligini tasdiqlaydi va rozi bo'ladi
• Agar u g'olib deb topilsa va sovrinni qo'lga kiritgan bo'lsa, jonli efir mobaynida uning to'liq FISh (ism, familiya va otasining ismi) va abonent raqamini ommaviy e'lon qilishga roziligini tasdiqlaydi
• G'olib deb topilgan va sovrin olgan taqdirda, foto-video tasvirga olishda qatnashishga va ijtimoiy tarmoqlarda suratini e’lon qilib tarqatishga roziligini tasdiqlaydi
• Kompaniya tomonidan shaxsiy ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash va saqlashga roziligini tasdiqlaydi.
5.5. Aksiyani o'tkazish bilan bog'liq barcha tortishuvlar muzokaralar yo'li bilan hal qilinishi kerak. Agar tortishuv kelib chiqqan kundan boshlab 60 (oltmish) kalendar kuni ichida tinch yo'l bilan kelishuvga erishishning iloji bo'lmasa, tortishuv O'zbekiston Respublikasi Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo'yicha Mirobod tumanlararo sudida ko'rib chiqilishi kerak.
5.6. Sovrinda nuqsonlar yoki boshqa zavod nosozliklari aniqlangan taqdirda, G'olib mukofot topshirilgan va G'olib o'tkazmani qabul qilish dalolatnomasini imzolagan paytdan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida Kompaniyaning bosh ofisiga murojaat qilishi zarur. G'olibning yutuq uchun belgilangan foydalanish yoki saqlash qoidalarini buzishi yoki uchinchi shaxslarning harakatlari yoki fors-major holatlari tufayli yutuq G'olibga topshirilgandan keyin yuzaga kelgan kamchiliklar uchun Kompaniya javobgar bo'lmaydi.