Beeline Pressa xizmati bo'yicha ko'p so'raladigan savollar
Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?
Jurnallar va maqolalarning to'liq kutubxonasiga kirish uchun xizmatni faollashtirish kerak, ya’ni WEB-sayt1 yoki «1» sonini 17100 raqamiga SMS-xabarni yuborish orqali amalga oshiriladi. Xizmatni faollashtirgandan so'ng, mavjud bo'lgan barcha nashrlardan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi: eng yangi sonlar hamda arxiv bo’lgan avvalgi oyning sonlari.
Xizmatni faollashtirmagan holda yangiliklar va jurnallar bilan tanishib chiqish (katalogni ko'rish, nashrning mavjud bo'lgan sonlar ro'yxati, alohida nashrning 2-5 tasodifiy sahifalari), maqolalar ro'yxatini ko'rish imkoniyati mavjud.
1 Xizmatga keyinchalik Google Play, App Store do'konidagi mobil ilovalar yordamida kirish rejalashtirilgan.
Xizmatni qanday ulash mumkin?
«Beeline Pressa» xizmatiga quyidagi usullar bilan ulanish mumkin:
• «1» sonini 17100 raqamiga SMS-xabar yuborish orqali
• Xizmatning https://pressa.beeline.uz/ WEB-saytida1 avtorizasiya/faollashtirish shaklini to'ldirish orqali
Xizmatni bir marta faollashtirish kerak, shundan so'ng u avtomatik ravishda har kuni uzaytiriladi. Xizmatni ulashda Foydalanuvchi 18 yoshga to'lganligini tasdiqlaydi.
1 Xizmatga keyinchalik Google Play, App Store do'konidagi mobil ilovalar yordamida kirish rejalashtirilgan.
Xizmatni avtorizatsiya/faollashtirish shaklini qanday to'ldirish mumkin?
1. Xizmatni avtorizatsiya/faollashtirish shaklida telefon raqamini kiriting.
2. Shundan so'ng, ko'rsatilgan raqamga SMS tarzida faollashtirish kodi keladi.
3. Shaklda kiritilgan raqam bilan faollashtirish kodini kiriting.
4. «Davom etish» tugmasini bosing.
5. «Beeline Pressa» xizmatini muvaffaqiyatli faollashtirganingiz bilan tabriklaymiz!
Xizmatni qanday o'chirish mumkin?
«Beeline Pressa» xizmatini quyidagi usullar bilan o'chirish mumkin:
• «0» sonini 17100 raqamiga SMS-xabar yuborish orqali
• Xizmatning https://pressa.beeline.uz/ WEB-saytida1 shaxsiy kabinetingizdagi tegishli havolani bosish orqali.
Narxi qancha?
Xizmat narxi kuniga 499 so'm (QQSni hisobga olgan holda), xizmatdan foydalanishning dastlabki 3 kuni bepul.
Xizmat ulanish paytidan boshlab to o'chirilishiga qadar obuna asosida taqdim etiladi. To'lov har kuni yechiladi.
Xizmat uchun to'lov miqdori qaysi vaqtda yechiladi?
Kunlik obuna uchun to’lov har kuni soat 01:00 dan 06:00 qadar bo'lgan vaqt oralig'ida yechiladi.
Sinov muddati necha kunni tashkil etadi?
Xizmat 3 kun bepul taqdim etiladi, keyin kuniga 499 so'm. Abonent to'lovining avtomatik tarzda yechilishiga yo'l qo'ymaslik uchun xizmatni o’chirish kerak.
Sinov muddati har bir telefon raqami uchun faqat bir marta taqdim etiladi.
Jurnallarni va maqolalar o'qishni bepul sinab ko'rsam bo'ladimi?
Xizmatni rasmiylashtirmagan holda yangiliklar va jurnallar bilan tanishib chiqish (katalogni ko'rish, nashrning mavjud bo'lgan sonlar ro'yxati, alohida nashrning 2-5 tasodifiy sahifalari), maqolalar ro'yxatini ko'rish imkoniyati mavjud.
Sinov muddatidan foydalanish mumkin: obunaning dastlabki 3 kunida, xizmat bepul taqdim etiladi.
Pullik xizmat uchun to’lov, qaysi mablag'dan sarflanadi?
Mobil hisobdan.
Agarda obunani uzaytirish uchun hisobda mablag' yetarli bo'lmasa?
Hisobni to'ldirilgunga qadar xizmatni taqdim etish to'xtatiladi.
Mobil hisobni to'ldirgandan so'ng obuna uchun to’lov hisobdan yechilishi qanchalik tez avtomatik ravishda sodir bo'ladi?
Obuna uchun to’lov, hisobni to'ldirgandan so'ng 30 daqiqa ichida avtomatik ravishda yechiladi.
Agar raqamim blok holatida bo'lsa, xizmat bilan nima sodir bo'ladi?
«Beeline Pressa» xizmati ma'muriy blok holatida taqdim etilmaydi hamda abonent to'lovi yechilmaydi.
Xizmatga ulangan foydalanuvchilar uchun imkoniyatlar:
Xizmatga obuna bo'lganingizda:
• har qanday jurnallar, maqolalarni o'qish;
• Zakladka va Saqlanganlarga jurnallar, maqolalar va yangiliklarni qo'shish;
• qiziqishlaringizga mos noyob yangiliklar va maqolalar lentasini yaratish;
«Beeline Pressa» xizmati qaysi qurilmalarda ishlaydi?
«Beeline Pressa» xizmati internet-sayt yoki https://pressa.beeline.uz/ wap-saytni ochish mumkin bo'lgan har qanday qurilmalardan foydalanish mumkin.
Qurilma internetga ulangan bo'lishi kerak.
VPN yoqilganda nima uchun «Beeline Pressa» xizmatidan foydalanmaslik kerak?
«Beeline Pressa» bo’yicha cheksiz va tariflanmaydigan trafik aksiyasi, brauzerlardan foydalanilganda, proksi server (shu jumladan VPN) orqali foydalanilganda, boshqa saytlar va internet resurslarida bo’lgan fotosuratlar, videolar, o'yinlar va boshqa media kontentlariga nisbatan qo'llanilmaydi.
Jurnalni qanday o'qish mumkin?
Jurnalni o'qishni boshlash uchun nashr sahifasiga o'tib (asosiy sahifadagi tegishli muqovani yoki «Jurnallar» sahifasini bosish orqali), qiziqtirgan sonini tanlab «O'qish» tugmasini bosish kerak.
Bundan tashqari, saqlanganlar ichidagi muqovaga bosish orqali yoki zakladkalar orqali o'tib jurnalni o'qish mumkin.
Maqolani qanday o'qish mumkin?
Maqolani o'qishni boshlash uchun «Maqolalar» sahifasiga o'tib, qiziqtirgan maqolani tanlagan holda ustiga bosish kerak.
«Beeline Pressa» xizmatidan oflayn rejimida foydalanish mumkinmi?
Yo'q, bunday imkoniyat mavjud emas.
«Beeline Pressa» saytidan jurnal yoki maqolani yuklab olish mumkinmi?
Mumkin emas. Biroq, xizmat faol bo'lganda istalgan vaqtda o'qishni davom etish uchun jurnal, maqola yoki yangiliklarni Saqlanganlar yoki Zakladkalarga qo'shishingiz mumkin.
Xizmatni taqdim etishning xususiyatlari
Xizmat O'zbekiston Respublikasi hududida Beeline abonentlariga taqdim etiladi.
«Beeline Pressa» xizmatidagi obuna har kuni avtomatik tarzda uzaytiriladi, xizmatdan foydalanishning har bir kuni uchun abonent hisobidan 499 so'm yechiladi.
«Beeline Pressa» xizmatining narxi QQS bilan ko'rsatilgan.
Beeline o'z abonentlariga «Beeline Pressa» xizmatidan foydalanishda cheksiz trafikni taqdim etadi! Bu degani, xizmat orqali jurnallar, maqolalar va yangiliklarni o'qiyotganingizda internet-trafik sarflanmaydi!
Agar roumingda «Beeline Pressa» xizmatidan foydalansangiz, uzatilgan ma'lumotlar miqdori «Roumingdagi mobil Internet» xizmati bo'yicha tarifingizga muvofiq qo'shimcha ravishda narxlanadi.