
Maksim Kalinichenko
Mijozlar tajribasi bo’yicha direktor
Maksim 2021-yilning avgust oyida “UNITEL” MChJ mijozlar tajribasi bo‘yicha direktori etib tayinlangan.
Maksim o’z faoliyatini 2004 yilda “VEON” (o’sha vaqtda “VimpelCom”) kompaniyalar guruhiga qo’shilib boshlagan.
2008-yildan 2018-yilgacha Qozog‘iston va Qirg‘izistonda “Beeline” da yuqori lavozimlarda ishlagan, yuqori natijalar va innovatsion g‘oyalar uchun bir qator ichki korporativ mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
2018-2021 yillarda “Sberbank”da, sug’urta va logistika sohasidagi kompaniyalarda ishlagan.
Maksim “Beeline Uzbekistan”ga 2021 yilda qo‘shildi.
Yaroslav Mudriy nomidagi Novgorod davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.