Mashhur mamlakatlar
Dunyoning ko'plab joylarida, boshqa mamlakatda yoki boshqa shaharda Rouming xizmati yordamida mobil telefoningizdan har doim foydalanishingiz mumkin!
Jo‘nab ketishdan avval do‘stlaringiz va yaqinlaringizga boshqa mamlakatlar va shaharlarda sizning mobil raqamingiz avvalgidek qolishini va o‘z shahringizda bo‘lgani kabi qo‘ng‘iroq qilish kerakligini tushuntiring.
Postpaid tizimidagi korporativ mijozlar xalqaro rouming xizmatini yoqishi uchun Sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga yoki 0611@beeline.uz pochtasiga ariza xati bilan murojaat qilib, 842 000 so’m miqdordagi kafolat to’lovini amalga oshirishi lozim (421 000 so’m xalqaro rouming xizmatini yoqish uchun va 421 000 so’m xalqaro aloqa xizmati uchun). Xalqaro rouming xizmatini yoqtirganingizdan so’ng chet elda boshqa davlatlarga qo’ng'iroq qilishingiz mumkin bo’ladi
«VEON» hududi o’z ichiga VEON guruhining operatorlari tarmoqlarida ro’yxatdan o’tgan quyidagi hududlarda: Rossiya (Beeline), Qozog'iston (Beeline), Qirg'iziston (Beeline), Armaniston (VEON), Gruziya (VEON), Ukraina (Kyivstar), Italiya (WindTre), Jazoir (Djezzy), Bangladesh (Banglalink), Pokiston (Jazz) amal qiladi.
«Mashhur davlatlar» hududi Avstriya, Bolgariya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Tailand, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Gonkong, Indoneziya, Isroil, Kambodja, Vyetnam, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Belgiya, Ispaniya, Kipr, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlyandiya, Filippin, Vengriya, Latviya, Norvegiya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Slovakiya, Shveytsariya, Shri-Lanka, Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada va Misrni o’z ichiga oladi.
Barcha narxlar QQS bilan ko’rsatilgan. Qo’ng’iroqning narxi, SMS va Internet xizmatlarining to’liq qiymati QQS bo’yicha yechiladi. Kiruvchi SMS xabarlari, roumingda sarflanmaydi.
Barcha qo‘ng‘iroqlar davomiyligi katta tomonga to‘liq daqiqagacha yaxlitlanadi. Internet sessiyaning hajmi katta tomonga 10 kilobaytgacha yaxlitlanadi. Roumingda xizmatlarning narxlanishi 30 kungacha kechiktirilishi kuzatilishi mumkin, chunki ma'lumot rouming hamkorlardan (Tap fayllari) olinadi.
Abonent roumingda bo‘lganda, «Unitel» MChJ mijozlariga xizmat ko’rsatish markaziga qo’ng’iroq (+998901850055) pullik bo’lib, qo’ng’iroqlarning narxi «O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘irog‘i»** sifatida narxlanadi. 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish – bepul.
Roumingda qo’ng’iroqni boshqa raqamga yo’naltirilgan hollarda, yo'naltirilgan qo'ng'iroqning qiymati kirish qo’ng’iroqning narxi va tegishli turdagi chiqish qo’ng’irog’i narxi bilan qo’shilib hisoblanadi.
Yo'ldoshli tarmoqlar abonentlariga va pullik xizmatlar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar qo‘shimcha tarif bo‘yicha (zonadan tashqari tariflash) tariflanadi.
Ushbu tariflar asosiy hisoblanadi. Alohida tarif rejalari uchun chegirmalar bo’lishi mumkin. Roumingda «Xabardor bo‘l» xizmatidan foydalanish imkoniyati mavjud. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiquvchi barcha mijozlarni xalqaro rouming xizmatlaridan foydalanishdan avval, ortiqcha mablag’ sarflanmaslikni oldini olish maqsadida, «Xabardor bo’l» xizmatini o’chirib qo’yishni iltimos qilamiz.
Kontent provayderlarning ovozli xizmatlari (misol uchun: 0800, 8888 va hokazo), hamda axborot IVR qisqa raqamlari xizmatlari (misol uchun: 0644, 0674, 0697, 0696, 0698 va hokazo) Beeline (O’zbekiston) mijozlariga Xalqaro roumingda:Camel, Offline rouming davomida cheklangan bo’ladi, ya’ni ushbu raqamlarga chiqish qo’ng’iroqlari, rouming tarifiga asoslangan holda mahalliy chiqish qo’ng’iroqlari sifatida narxlanadi.
Janubiy Koreya, Avstraliya, Singapur, Tayvan, AQSh, Yaponiya davlatlarning uyali aloqa operatorlarida GSM 900/1800 (2G) tarmoqlari qo'llanilmaydi. Yuqoridagi davlatlarga borishdan oldin telefoningiz 3G ni qo'llanilishida ishonch hosil qiling. Faqat GSM 900/1800 (2G) tarmog'ini qo'llaydigan qurilmalar yuqorida ko'rsatilgan davlatlarda rouming-hamkorlar tarmog'idan ro'yxatdan o'tish imkoniyati bo’lmaydi.
* Xizmat «Unitel» MChJ ning rasmiy saytida ko'rsatilgan aviakompaniyalarda Aeromobile va OnAir tarmog'ida mavjud.
** Rouming hamkorlar-tarmog'ida xizmatning mavjud bo’lishiga qarab.
Beeline rouming xizmati endi samolyot bortida!
Siz hatto samolyot bortida muloqot qilishingiz mumkin.
Postpaid tizimidagi korporativ mijozlar xalqaro rouming xizmatini yoqishi uchun Sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga yoki 0611@beeline.uz pochtasiga ariza xati bilan murojaat qilib, 842 000 so’m miqdordagi kafolat to’lovini amalga oshirishi lozim (421 000 so’m xalqaro rouming xizmatini yoqish uchun va 421 000 so’m xalqaro aloqa xizmati uchun).
Manzilga yetib borganingizdan so’ng telefoningiz mahalliy uyali aloqa operatori tarmog’ida ro’yxatdan o’tganiga ishonch hosil qiling. Agar aloqa bo'lmasa, telefoningizni o’chirib yoqing – u avtomatik tarzda «Beeline» abonentlariga rouming xizmatini ko‘rsatuvchi tarmoqlardan birida qayd etiladi. Ekranda mahalliy uyali aloqa operatorining kodi yoki nomi paydo bo’ladi.
Agar unday bo’lmasa, telefoningiz menyusidan “vruchnuyu” rejimida tarmoqni tanlang (apparatdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmaga qarang).
Android uchun
Sozlamalar bo’limi: Меню -> Настройки -> Другие сети -> Мобильные сети -> Операторы сети -> Поиск сетей
iOS uchun
Sozlamalar bo’limi: Меню -> Настройки -> Сотовая связь -> Выбрать сеть -> выключить Автоматически -> Выбрать оператора
Buning bir qancha yo’llari mavjud:
• Bizga Telegram orqali yozing: https://t.me/B2B_BeelineUz_Bot
• http:\\0611.beeline.uz havolasi bo'yicha o'tib, onlayn chat orqali biz bilan bog'laning
• 0628@beeline.uz elektron pochtasiga xat yuboring, qisqa vaqt ichida biz siz bilan bog’lanamiz.
• (+998 90) 185 00 55 raqamiga qo’ng’iroq qilib bizning qo’llab-quvvatlash markazi bilan bog’laning. MChJ «Unitel» mijozlarni qo’llab-quvvatlash markaziga qo’ng’iroqlar «O’zbekistonga chiquvchi qo’ng’iroq» narxi bo’yicha baholanadi
Safarda telefon raqamlarini xalqaro formatda terish kerak: + [mamlakat kodi] [shahar kodi] [telefon raqami]
Masalan, O‘zbekistonga qo‘ng‘iroq qilish uchun raqamni quyidagicha terish kerak: +998 [shahar kodi] [telefon raqami]
Mobil telefonga qo’ng’iroq qilish yoki SMS yuborish uchun quyidagicha terish kerak: +998 [operator kodi] [telefon raqami]
Mashhur mamlakatlar