Terminal


Avtosignalizatsiya, bank terminallari, Smart-soatlar va boshqa qurilmalar uchun maxsus tarif
Umumiy ma'lumot
Internet-paketlarni ulash
Internet-paket 5 GB 25 000 so’m *3*5#
Internet-paket 10 GB 40 000 so’m *3*10#
Internet-paket 15 GB 50 000 so’m *3*15#
Internet-paket 20 GB 60 000 so’m *3*20#
Internet-paket 30 GB 75 000 so’m *3*30#
Internet-paket 50 GB 90 000 so’m *3*50#
Internet-paket 75 GB 110 000 so’m *3*75#
Internet-paket 100 GB 140 000 so’m *3*100#
Har bir paketning foydalanish muddati ulangan vaqtdan boshlab 30 kunni tashkil etadi. 30 kundan so'ng, paket qayta ulanmasa foydalanilmagan MBlar bekor qilinadi.
Agar abonent birinchi paket muddati tugagunga qadar boshqa paketni ulasa, unda barcha bepul Mblarning amal qilish muddati oxirgi paketining ulangan kunidan boshlab 30 kunni tashkil etadi.
To'lov paketni xarid qilgan vaqtidan boshlab yechiladi.
Taqdim etilgan bepul trafik yoki paketning amal qilish muddati tugagandan so'ng, Mb narxi belgilangan tariflarga muvofiq narxlanadi.
Yangi paketni xarid qilganda avval ulangan paketning amal qilish muddati uzaytiriladi, MBlar jamlanadi.
Foydalanilmagan trafik qoldig'ini tekshirishda ma'lumot kilobaytda ko'rsatiladi.
Paketlarning ulanish miqdori cheklanmagan.
Agar raqam nofaol yoki blok holatida bo'lsa, oxirgi xarid qilingan paketning amal qilish muddati o'zgarmaydi.
Paketlar O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
SMS-paketlarni ulash va o'chirish
Paket 100 SMS 4 210 so'm *110*13*01#
Paket 500 SMS 12 630 so'm *110*13*02#
Paket 1000 SMS 21 050 so'm *110*13*03#
Mahalliy SMS paketini o’chirish *110*13*4#
Xalqaro SMS Paketi
Paket 25 SMS 5 052 so'm *110*12*01#
Paket 50 SMS 8 420 so'm *110*12*02#
Paket 100 SMS 12 630 so'm *110*12*03#
Xalqaro SMS paketini o’chirish *110*12*4#
Bir vaqtning o'zida, abonent har bir toifadan bitta paketni ulashi mumkin, paketni almashtirish holatlari bundan mustasno. Bu holda, eski paketni o'chirib, so'ngra yangi paketni ulash kerak bo'ladi.
Tanlangan paketni keyingi oyda qayta ulash shart emas, ulangan paket avtomatik ravishda oydan oyga taqdim etiladi.
Paket ulanganda aloqa xizmatlaridan foydalanish uchun abonent to'lovi qolgan kunlarga mutanosib ravishda olinadi; SMS ham xuddi shu tarzda taqdim etiladi. Keyingi oydan boshlab SMS to'liq hajmda taqdim etiladi.
Agar joriy kalendar oyi davomida ulangan SMS-lar to'liq ishlatilmagan bo'lsa, sarflanmagan SMS lar keyingi oyga o'tmaydi.
CSD-paketlarini ulash
100 CSD-daqiqa paketi | 4 020 so'm | *110*53# |
250 CSD-daqiqa paketi | 7 555 so'm | *110*54# |
CSD-paketlardan biriga ulanganda, avvalgi trafik qoldig'i xarid qilingan paket bilan jamlanadi va muddat ulanish kunidan boshlab yana 30 kunga uzaytiriladi. Paketdagi CSD-daqiqalar tarif reja bo'yicha daqiqalardan keyin sarflanadi. CSD paketlarining amal qilish muddati - 30 kun. CSD1, CSD2 paketlari M2M tarif rejalari uchun mavjud.
Qo'shimcha ma'lumot
* Ushbu tariflarga savdo va xizmat ko'rsatish ofislarida ulanish, boshqa tarif rejalaridan o'tish yopilgan.
* Ushbu turkum doirasida o'tish mumkin: Terminal tarifiga o'tish kodi - *110*50# (o'tish uchun hisobda - 6 250 so'm bo'lish kerak).
*Kiritilgan CSD-daqiqalar paketi faqat chiquvchi qo'ng'iroqlarga sarflanadi.
**Internet xizmati sessiya davomida uzatilgan/qabul qilingan megabaytlar bo'yicha narxlanadi;
***CSD xizmatiga ulanganda, 9,2 Kbit/s maksimal ma'lumotlar uzatish tezligi, faqat chiquvchi qo'ng'iroq narxlanadi;
* Terminal tarifida xalqaro qo'ng'iroqlardan foydalanish imkoniyati yopilgan.
* Tarifda Internet-paketlar va SMS-paketlarni ulash imkoniyati mavjud.
* Qoldiqni tekshirish: foydalanilmagan daqiqalar - *106#; foydalanilmagan SMS- * 105#; foydalanilmagan Mb - *103#.
* Avtomatik ravishda ulangan xizmatlar: mahalliy, shaharlararo aloqa, AON, qo'ng'iroqni kutish, boshqa raqamga yo'naltirish, konferens-aloqa, SMS, xalqaro SMS.
* Qo’ng’iroqni qabul qiluvchi abonent tomonidan apparatida faksimil xizmati, raqamni aniqlash xizmati, ovozli pochta xizmati, modem va hokazo qurilmalardan qabul qilingan qo’ng’iroqlarning qabul qilinishi fakti hisoblanadi.
• Barcha kiruvchi CSD qo'ng'iroqlari bepul va kiritilgan CSD daqiqalar paketidan sarflanmaydi.
* Agar kiritilgan CSD-daqiqalar, SMS va MBlar kalendar oyi davomida to'liq ishlatilmasa, foydalanilmagan daqiqalar, SMS, MBlar qoldig'i bekor qilinadi va keyingi oyga o'tmaydi.
* Abonent raqami nofaol holatda tarif bo'yicha oylik abonent to'lovi yechilmaydi. Shu bilan birga, abonent hisobini to'ldirganda va blok holatidan chiqqan vaqtida soat 00:00 dan 06:00 gacha abonent hisobidan tarif bo'yicha abonent to'lovi yechiladi va daqiqalar, SMS va MBlar taqdim etiladi. Paket taqdim etilgunga qadar qo'ng'iroqlar, SMS va internet tarif rejaning standart qiymati bo'yicha narxlanadi.
• Ushbu tarifga yangi ulanishda yoki boshqa tarifdan o'tishda abonent to'lovi yechilishi va daqiqa, SMS va Mb paketlarining taqdim etilishi joriy oyning qolgan kunlariga mos holda amalga oshiriladi.