Lider Ultra


Postpaid
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Mahalliy aloqa
Internet, 1 MB narxi | 126,3 so'm |
Mahalliy 1 SMS narxi | 42,1 so'm |
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo'ng'iroqlarning narxi | 84,2 so'm/daq. |
Boshqa yo’nalishga chiquvchi qo'ng'iroqlarning narxi | 126,3 so'm/daq. |
Xalqaro aloqa
Xalqaro aloqa, chiqish qo'ng'iroqlari uchun daqiqa narxi (1): | |
Markaziy Osiyo (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston) | 1220,9 so'm/daq. |
Boshqa MDH davlatlar | 1220,9 so'm/daq. |
Yevropa | 5894,0 so'm/daq. |
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziya | 7662,2 so'm/daq. |
Boshqa Osiyo mamlakatlari | 8967,3 so'm/daq. |
Amerika, Afrika | 6778,1 so'm/daq. |
Avstraliya | 9851,4 сум/мин. |
Bitta xalqaro SMS yuborish | 421 so'm |
Qo'shimcha ma'lumot
**“Lider Plus”, “Lider Pro”, “Lider Max”, “Lider Ultra” tarif rejalari Beeline TV ilovasidagi telekanallar va “Amediateka” obunalaridan cheksiz foydalanish imkoniyatini beradi. ""Beeline TV""ni faollashtirish uchun siz ilova ichidan obunani faollashtirishingiz kerak. Ilovani yuklash kodi: *6#. Bloklangan holatda obuna to'xtatiladi, bloklangan holatdan chiqqaningizda obunani qayta faollashtirishingiz lozim.
Ushbu tarif Postpaid to‘lov tizimidagi korporativ mijozlar uchun mo‘ljallangan.
-Avtomatik ravishda yoqilgan xizmatlar: mahalliy, xalqaro aloqa, avtomatik raqamni aniqlash, qo‘ng‘iroqlarni kutish, qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish, konferens aloqa, SMS, SMS to E-Mail, xalqaro SMS, Internet.
-Tarif rejada xalqaro aloqa xizmatini ulash depoziti narxi - 421000 so‘m;
-Barcha suhbatlar butun daqiqalargacha yaxlitlanadi, yaxlit daqiqadan o‘tganlari keyingilarigacha;
-Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlarga faqat Beeline O‘zbekiston tarmog‘i ichidagi qo‘ng‘iroqlar kiradi.
-qo‘ng‘iroq vaqtida qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi tomonida faksimil qurilma, raqamni aniqlash qurilmasi, avtomatik javob beruvchi qurilma, modem va shu kabi qurilmalarning ishga tushishi qo‘ng‘iroq qabul qilinganligini anglatadi
- Tarif rejalarda “Konstruktor” tarifi uchun mo‘ljallangan paketlarni yoqish mumkin;
-Abonent to‘lovining qiymati shu oyda foydalanilgan kunlarga yarasha hisoblanadi; xuddi shu tarzda daqiqalar, SMS va MBlar miqdori taqdim etiladi; mijoz xohishiga binoan raqam bloklanganda, blok holatida tarif reja bo‘yicha oylik abonent to‘lovi olinmaydi va biriktirilgan daqiqa, SMS va MB sarflanmaydi; kredit limit oshirilishi tufayli yoki muntazam hisob to‘lanmaganligi tufayli blok holatida abonent to‘lovi to’lanadi;
-Abonent oy davomida har bir guruhdan bir necha paketni yoqishi va almashtirishi mumkin; Paketlarni almashtirishda eski paketni o‘chirish, so’ng yangisini yoqtirish lozim;
- Joriy oydagi daqiqa, SMS va MB qoldiqlari muddat tugagandan so‘ng kuyadi va keyingi oyga o‘tmaydi;
- Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini - 40 daqiqa etib belgilaydi.
- Barcha kiruvchi qo‘ng‘iroqlar bepul va daqiqalar paketini sarf qilmaydi;
- Narxlar so‘mda, QQS hisobga olinmagan holda taqdim etilgan.