Manfaatli shartnoma


«Manfaatli shartnoma» – bu sizning xodimlaringiz o’rtasida mobil aloqa xarajatlarini 10% dan 20% gacha kamaytirish uchun qulay imkoniyatlardan biridir.
Umumiy ma'lumot
Siz o’z kompaniyangiz foydasiga «Manfaatli shartnoma» orqali qulay usullardan birini tanlab, foydalanishingiz mumkin:
- «Manfaatli shartnoma» 1 yillikni tanlaganingizda, har oylik hisobingiz bo’yicha 20% chegirma taqdim etiladi.
Uyali aloqa xizmatlarning narxi tanlangan tarif reja bo’yicha nisbatan past bo'lib, faqatgina bir necha oddiy shartlarga rioya qilish kerak:
- Belgilangan muddatdan avval shartnomani va/yoki qo’shimcha kelishuvni bekor qilmaslik lozim
- Shartnomani boshqa tashkilotga qayta rasmiylashtirmaslik.
- Prepaid tizimiga o'zgartirmaslik.
- Aloqa xizmatlari bo’yicha hisobni o’z vaqtida to'lash.
«Manfaatli shartnoma» xizmatini Postpaid tizimi bo’yicha har qanday korporativ tarif rejasiga ulash mumkin («М2М» va «Business» tarif rejalaridan tashqari). Agar korporativ mijoz bo'lsangiz, «Manfaatli shartnoma» xizmati faqat bizning ofislarimizdan birida qo'shimcha shartnoma tuzib foydalanishingiz mumkin.
«Manfaatli shartnoma» dasturi, qurilmalarga (telefonlar, USB-modemlar, USB-doc, Wi-Fi routerlar va boshqalar), qurilmani bo’lib to'lash, «Oltin raqamlar», «Oltin raqamni bo’lib to’lash» uchun qo'llanilmaydi.
Agarda Siz endi biz bilan shartnoma bitimini imzolash maqsadingiz bo’lsa, u holda Konstruktor tarifiga ulanib «Manfaatli shartnoma» qulay xizmatidan foydalanishingiz mumkin.