Beelinedan statsionar internet


«UNITEL» MChJ kompaniyasi mijozning joylashgan joyidan kompaniyaning tarmoq tuguniga qadar ajratilgan yo'nalish bo'yicha Internet tarmog'iga ulanish xizmatini taqdim etadi.
Batafsil ma'lumot
Telekommunikatsion internetga ulanish 5 Mbit/s. dan 100 Mbit/s. gacha va undan yuqori tezlikda mijozning ehtiyojlari va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda cheksiz ravishda taqdim etiladi. Ajratilgan yo'nalish sifatida mis juftligi, optik tolali yoki raqamli aloqa kanali tashkil qilingan simsiz aloqa liniyasi ishlatilishi mumkin.
Kompaniya cheksiz Internetga ulanish xizmatlarini shartnoma asosida taqdim etadi.