Sizning Doimiy PIN-kod


Sizning Doimiy PIN-kod xizmati xalqaro Biznes-muloqot uchun foydali taklifdir.
Qisqacha ma’lumot
«Beeline Business» ning Doimiy PIN-kodi bu:
|
Narxi
O'zbekiston | 126,3 so'm |
Markaziy Osiyo (Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston) | 589,4 so'm |
MDH (Rossiya, Ukraina, Moldova, Belarus) | 589,4 so'm |
Kavkaz davlatlari (Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon) | 589,4 so'm |
Yevropa | 1599,8 so'm |
Osiyo (Bahrayn, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya) | 1684 so'm |
Osiyo (boshqa davlatlar, yuqorida ko'rsatilganlar bundan mustasno) | 1768,2 so'm |
Afrika, Amerika | 1641,9 so'm |
Avstraliya | 2189,2 so'm |
Yo’riqnoma
Telefon kartalari orqali shaharlararo qo'ng'iroqlar
Mobil telefoningizdan qo'ng'iroqlarni avtomatlashtirish bo'yicha ko'rsatmalar
«Doimiy PIN-kod» kartasidan qo'ng'iroq qilish uchun, (7 sonli) raqamni terish kerak bo’ladi, telefon qilib tushgandan so’ng, til bo’limiga o’tish uchun (1 sonni) raqamni bosing, keyin PIN kod (11 ta son). Shundan so'ng, abonent raqami va «#» (panjara) teriladi.
Intensiv foydalanishda bu katta muammo tug'diradi: 19 ta belgining doimiy kiritilishi; agar yangi raqamga qo'ng'iroq qilish niyat bo’lsa yoki qaytib qo'ng'iroq qilish niyat bo'lsa, unda yana qaytadan teriladi.
Mobil telefondan qo'ng'iroqlarni amalga oshirishda aloqaga ulanish vaqtini tejash juda muhim, shuning uchun qo'shimcha xizmat ko'rsatish raqamlari to'plami juda muhimdir. Shu sababli, zamonaviy qurilmalar butun jarayonni shu tarzda sozlash imkonini beradi, shunda siz faqat bitta tugmani bosishingiz kerak bo’ladi.
Avtomatik qo'ng'iroqlarni sozlash
Maxsus belgi
To'xtatish (Pause). Telefonda abonent bilan bog'langandan so’ng keyin qaysi raqamlarni terish kerakligini aytib o’tadi. R harfining ma’nosi. Uni telefon menyusi orqali raqamni terilganda yoki * tugmani uzoq bosilganda (turli xil modellarda turlicha) chiqariladi.
Karta platformasiga qo'ng'iroq qilish raqami uyali telefonning "kontaktlari" ga quyidagicha qo'shiladi (Toshkent kartalar platformasi uchun misol): 1400888p1pXXXXXXXX, bu yerda p terilganda * tugmasini bosib turib (agar bir necha marta bosilsa * tugmasini p harfi chiqadi (pauza)), 1 raqami bu - rus tiliga o'tish, keyin yana p va keyin PIN kod XXXXXXXX (11 ta raqam). Shundan so’ng, bu to'plamni siz o’zingiz uchun mos nom bilan «kontaktlar»ga saqlaymiz, masalan «Pin».
Keyin «Pin» kontaktiga «tez terish»ni o'rnatish mumkin. Shu natijasida, «tez terish»da faqat bitta raqamni bosilganda, telefon karta bo’yicha o'zi qo’ng’iroq qilib, kartaning raqamini va parolini kiritadi. Terilgandan so'ng, siz faqat mamlakat kodini, shahar kodini, hamda abonent raqamini kiritib # tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi.
Agar Siz bitta xalqaro raqamga tez-tez qo'ng'iroq qilib tursangiz, unda 1400888p1pXXXXXXXX raqam terganingizdan keyin davlat kodini kiriting - shahar kodi - terilayotgan abonent raqami - # tugmasi va ushbu to'plamni mobil telefoningizning «kontaktlar»ga saqlab qoling.
Ushbu usul bilan Siz bitta harakat orqali shaharlararo qo’ng’iroq qilishingiz imkonini beradi, uning noqulaylik tomoni shuki, abonent raqami universal bo'lmagan shaklda kiritiladi. Ya’ni, xalqaro mobil telefon raqamiga SMS (qisqa matn xabari) yuborilsa, masalan, qo'shimcha raqamlar qo'lda terilishi kerak bo’ladi. Yoki telefon kitobini kompyuterning telefon kitoblari bilan sinxronlash paytida, ushbu raqamlarni qo'shish yoki o'chirish kerak bo’ladi.
Qo'shimcha ma'lumot
- «Yuridik shaxslar uchun Doimiy PIN-kod» xizmatiga ulanish uchun shartnoma imzolash kerak bo’ladi, shartnoma tuzilgandan so'ng kamida 84 200 so'm miqdorida dastlabki to'lovni amalga oshirish kerak bo’ladi.
- To'lovni tasdiqlaganidan so'ng, mijozga xalqaro muloqotlar uchun doimiy PIN-kodli karta taqdim etiladi.
- Ulangan vaqtdan boshlab soniyali sarflanadi.
- «Shaharlar aro» chiqishsiz istalgan telefon raqamga qo'ng'iroq qilish imkoniyati.
- O'zbekistonning barcha hududlarida mavjudligi.
- Bir vaqtning o'zida bitta PIN-kod yordamida faqat bitta ulanish imkoniyati mavjud; yangi ulanish avvalgi ulanish yakuniga yetmagan bo’lsa PIN-kodga ulanish imkoniyati mavjud bo’lmaydi.
- +99878 140-08-88 va +99878 120-09-99 (xizmat ko'rsatish markazi) raqamlariga karta platforma orqali chiqish qo’ng’iroqlari mobil raqamlardan va «Beeline Biznes» shahar raqamlardan amalga oshirilganda sarf qilinmaydi.
- Mobil telefonlardan, taksafonlardan va boshqa uyali aloqa telefonlardan daqiqali qo'ng'iroqlarni amalga oshirilganda mahalliy aloqa uchun ulanishiga alohida to'lov sarflanishi mumkin.
-
Barcha tariflar so'mda (20%) QQSsiz ko’rsatilgan.