Korporativ VPN ulanish


Ushbu xizmat yordamida, siz telefoningizni kompyuterga ulagan holda internetdan foydalanishingiz mumkin.
Qisqacha ma’lumot
Har bir daqiqani hisobga oladigan bugungi zamon biznesida har doim va istalgan vaqtda kompaniyaning ishlarini boshqarib, so'nggi tafsilotlardan xabardor bo'lish muhimdir.
«Korporativ VPN ulanish» quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- uyali tarmoq asosida xavfsiz korporativ ma'lumotlar tarmog'ini tashkil qilish, uning afzalliklari:
Tugallangan qurilmalarning mobilligi, ulanish va sozlamalarning osonligi, tarmoqni qurish uchun kapital xarajatlarning yo’qligi va boshqalar;
- kompaniyaning korporativ ma'lumotlar bazasi va fayl manbalariga masofadan kirishni ta'minlab, shu bilan birga, ulanishning xavfsizligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin, ma'lumotingiz xavfsiz tarzda himoyalangan;
- tugallangan qurilmalarning М2М (Machine-to-Machine over GPRS/EDGE/HSDPA) korporativ tarmoqqa ulanishda (POS terminallar, bankomatlar, texnologik uskunalar) xavfsizlikni ta’minlash.
Barcha narxlar QQS hisobga olinmagan holda ko'rsatilgan. Narxlar texnologiya va ulanishning tezligiga bog’liq emas.
Xizmat faqat O’zbekiston abonentlari uchun mo’ljallangan.
Abonent to’lovining qiymati shu oyda foydalanilgan kunlarga yarasha hisoblanadi; mijoz xohishiga binoan raqam bloklanganda, blok holatida oylik abonent to’lovi olinmaydi; kredit limit oshirilishi tufayli yoki muntazam hisob to’lanmaganligi tufayli blok holatida abonent to’lovi to’lanadi.
Ulanish va boshqarish
Ushbu xizmatga ulanish uchun, Siz mijozlarga xizmati ko’rsatish bo'limiga yozma ariza bilan murojaat qilishingiz, yoki, arizani 0628@beeline.uz elektron manziliga yuborishingiz kerak.
Abonentga statik IP manzilli SIM-karta taqdim qilinadi (yoki amaldagilariga o’rnatilib beriladi). So’ngra, ushbu SIM kartalar yagona ma'lumot uzatish tarmog'iga biriktiriladi. Mijoz qurilmasida (telefon, ofis 5 daqiqada yoki mobil ofisda) APN - vpn.beeline.uz o’rnatiladi. Ushbu orqali, mizoj tarmog’ining universal ma’lumotlar uzatuvchi tarmog’i yaratiladi. O’z navbatida, abonent navbatma-navbat standart Internet xizmatidan va «Korporativ VPN ulanish» xizmatidan foydalanishi mumkin.
«Korporativ VPN-ulanish» xizmati quyidagi texnologiyalarga asoslangan:
- 85 kbit/son. tezlikdagi GPRS;
- 236,8 kbit/son. tezlikdagi EDGE;
- 3,6 Mbit/son.gacha tezlikdagi HSPDA (UMTS tarmog’ida);
- 37,5 Mbit/son.gacha tezlikdagi 4G (LTE tarmog'ida).