Korporativ+


Agar siz, tashkilotning xodimi bo'lsangiz va do'stlaringiz hamda qarindoshlaringiz bilan imtiyozli narxlar bo'yicha muloqot qilmoqchi bo'lsangiz, «Korporativ +» xizmati aynan siz uchun.
Umumiy ma'lumot
Xizmat sizning do'stlaringiz va qarindoshlaringizni oldindan to'lov tizimi uchun mo’ljallangan «Mening davram» hamda "Business Pro" tariflariga ulab imtiyozli narxlarda ular bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Shu bilan birga, «Korporativ +» xizmati doirasida, oldindan to'lov tizimining «Business Pro» tarif rejasiga ulangan abonentlarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- Nominal qiymati 210 500 so'm* bo'lgan «Oltin raqam» ni bir oyda 4 210 so'mlik ijaraga berish;
- Yopiq guruh ichida sarflashga mo’ljallangan 3000 daqiqa.
«Mening davram» tarif rejasiga ulangan abonentlar, balansni bir to’lashda 8 420 so'm va undan ortiq mablag’ga to’ldirsa, «Beeline» tarmog'ida sarflash uchun 200 daqiqa bir haftaga taqdim etiladi. Hisobni to’ldirilgan pul miqdori barcha aloqa xizmatlariga sarflanadi.
«Mening davram» tarif rejasida, abonentlar, yopiq guruh ichida 3000 daqiqani QQS bilan 6,315 so'mga ulashlari mumkin.
«Korporativ +» xizmati, tashkilot xodimlari, oila a’zolari va do'stlarining mobil va shahar raqamlarini yagona korporativ tarmoqqa birlashtirish imkoniyatini beradi.
Korporativ abonentlar uchun, qarindoshlari va do'stlari bilan imtiyozli narxlarda suhbat qurish imkoni Postpaid to’lov tizimi uchun mo’ljallangan «Konstruktor» hamda Business tarif rejalariga yopiq guruh uchun mo'ljallangan daqiqalar paketini yoqish yo'li orqali taqdim etiladi.
Yopiq guruh ichida daqiqalar to'plami bo'lmasa, yopiq guruh ichidagi qo'ng'iroqlar tarif rejasi shartlariga muvofiq narxlanadi.
Qo'shimcha ma'lumot
Tashkilot xodimlarini «Korporativ +» xizmatiga ulanishi uchun, tashkilot MChJ «Unitel» bilan amaldagi, bir yoki bir nechta abonent raqamlari mavjud bo’lgan korporativ kelishuvga ega bo'lishi yoki telefoniya bo'yicha MChJ «Buzton» QK bilan amaldagi korporativ kelishuvga ega bo'lishi kerak.
* Agar ushbu nominaldagi raqamlar sotuvda mavjud bo'lsa.