Business Online internet-paketlari


Postpaid
Beeline Business Plus va Business M2M uchun internet paketlar qulay narxlarda!
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin
MB | *110*06# |
Umumiy ma'lumot
Beeline Business Sizning e'tiboringizga Business Plus (Silver, Medium, Gold, Pro, Platinum) va Business M2M (Business Terminal, Business Electronics, Business Tuner, Business Tracker, Business Bank) tarif rejalar turkumida mavjud bo'lgan internet paketlarni qulay narxlarda taqdim etadi.
«Beeline Business» ning qulay taklifi bilan siz doimo aloqada bo'lib yoki o'z kompaniyangizning filiallari va savdo shaxobchalarini ishonchli ma'lumotlarni uzatish kanali bilan bog'lab, o'z biznesingiz salohiyatini eng yaxshi tarzda amalga oshirishingiz mumkin.
Internet paketlar 2G, 3G va 4G hududlarida sarflanadi
Internet-paketlarni ulashda «Beeline Business» ofislarida yozma ariza yozish orqali yoki elektron pochta: 0611@beeline.uz manziliga yuborish orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Bitta paketning foydalanish muddati ulangan vaqtdan boshlab oyning oxirigacha amal qiladi.
Foydalanilmagan MBlar keyingi kalendar oyiga o'tmaydi.
Abonent bitta kalendar oy davomida bir nechta internet-paketlarni xarid qilishi mumkin.
Tarif reja yoki raqamni o'zgartirganda paketlar saqlanadi.
Paketdagi kiritilgan trafik tugagandan so'ng yoki paketning amal qilish muddati yakunlansa, MB narxi belgilangan tarifga muvofiq narxlanadi.
Foydalanilmagan trafik qoldig'ini tekshirishda ma'lumotlar megabaytlarda ko'rsatiladi.
Paketlar faqat O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi.
Narxlar QQSsiz ko'rsatilgan.