eSIM


Umumiy ma’lumot
eSIM - bu qurilmaning o'ziga o'rnatilgan raqamli SIM-karta. eSIM oddiy SIM-kartaga o'xshash, lekin u jismoniy mavjud bo'lmaydi, shuning uchun uni sindirish yoki yo'qotish imkoni yo'q. eSIM oddiy SIM-kartaga analogik holda internet, SMS va qo'ng'iroqlar funksiyalarini amalga oshiradi.
eSIM afzalliklari – bu bir vaqtning o'zida ikkita raqamdan foydalanish imkoniyatini beradi, ya'ni: oddiy SIM-kartada va eSIMda. Mobil qurilma yo'qotilgan yoki o'g'irlangan holatda telefoningizning blokirovka qilish funksiyasi, firibgarlarning bank SMS-xabarlariga kirishiga yo'l qo'ymaydi.
eSIM qo'llaydigan qurilmalar.
eSIM qo'llaydigan eng ommabop qurilmalar:
eSIM qo'llaydigan iOS va Android smartfonlari.
Telefonlar:
• iPhone XS, XS Max, XR, 11, 11 Pro, 11 Pro Max, SE 2020, 12, 12 mini, 12 Pro, 12 Pro Max, 13, 13 mini, 13 Pro, 13 Pro Max на iOS 12.1 yoki oxirgi versiyadagilar;
• Samsung Galaxy S20, S20+, Note 20, Note 20 Ultra, S20 Ultra, S21 5G, S21+ 5G, S21 Ultra 5G, Fold, Z Flip, Z Fold2;
• Pixel 3, 3 XL, 3a, 3a XL, 4, 4 XL, 4a, 4a XL, 4a с 5G, 5 на Android 10 yoki bundan keyingi versiyalarida;
• Huawei P40, P40 Pro, P40 Pro+;
• Motorola Razr 2019, Razr 5G.
Qo'llamaydi: 2 SIM-kartalik Xitoy Hong Kong Makao qurilmasi iPhone 12, XS, XS Max и XR, Yaponiya qurilmasi Google Pixelda.
eSIM-ni qanday ulash mumkin.
Yangi eSIM ulanishi uchun mijoz kompaniya ofislaridan biriga murojaat qilishi kerak. O'zingiz bilan to'liq hujjatlar to'plami va eSIM texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan qurilmangiz bo'lishi zarur.
eSIM-ga yangi ulanish bepul!
eSIM-ni faollashtirishdan oldin mijoz mobil qurilmaning IMEI-kodi ro'yxatdan o'tganligini tekshirishi kerak, agar ro'yxatdan o'tmagan bo'lsa, raqam 30 kundan keyin o'chirilishi mumkin. Beeline ro'yxatdan o'tmagan qurilmada eSIM-ning to'g'ri ishlashi uchun javobgar emas.
eSIM-ni faollashtirish.
eSIMni ulashda mijozga QR-kodli blank taqdim etiladi, uning yordamida abonent mobil qurilmada tarif rejasini faollashtiradi. eSIM-ni joriy raqamga ham yangisiga ham faollashtirish mumkin.
Ulash tartibi:
• Apple qurilmalarida
Настройки → «Сотовая связь» → «Добавить сотовый тариф» va QR ni skan qiling.
• Samsung qurilmalarida
Настройки → «Подключения» → «Диспетчер SIM-карт» → «Добавить мобильный тариф» va QR ni skan qiling.
• Huawei qurilmalarida
Настройки → «Мобильная связь» → «Управление SIM-картами» → Kerakli bo’lgan SIM-karta slotini tanlang → «eSIM-карта» va QR ni skan qiling.
MUXIM!
Berilgan QR-kod profilni 10 martagacha qayta faollashtirish imkonini beradi.
QR-kod biriktirilgan blankni yo'qotilgan yoki shikastlangan xollarda, eSIM almashtirish tartibini o'tish kerak bo'ladi. Sim-karta almashtirish xizmat narxi amaldagi prays listga ko'ra hisoblanadi.
Siz kompaniya ofislaridan biriga tashrif buyurib, yangi eSIM profilini qayta faollashtirishingiz mumkin. Buning uchun oldingi qurilmada eSIM profili o'chirilganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
Mobil qurilmadan eSIM profilini o'chirish tartibi:
Apple qurilmalarida
«Настройки» → «Сотовая связь» → «Сотовые тарифы» → «Удалить» ni bosing
Samsung qurilmalarida
Настройки → «Подключения» → «Диспетчер SIM-карт→ «Удалить» ni bosing
Huawei qurilmalarida
Настройки → «Мобильная связь» → «Управление SIM-картами→ «Удалить» ni bosing
Ko'p so'raladigan savollar
Yangi eSIM ulanishi uchun mijoz eSIM texnologiyasini qo'llaydigan qurilma va to'liq hujjatlar to'plami bilan kompaniya ofislariga murojaat qilishi kerak.
2. eSIM-ga nechta raqamni ulashim mumkin?
Bitta qurilmaga 1 raqamni (profil) eSIM-ni ulash mumkin.
3. eSIM-ni boshqa telefonga o'rnatish mumkinmi?
Agar siz eSIM-ni qurilmadan olib tashlagan bo'lsangiz, boshqa qurilmaga yuklab olishingiz mumkin. Buning uchun sizga berilgan bir-xil QR-koddan foydalaning. Siz uni 10 martagacha ishlatishingiz mumkin.
4. QR-kod yo'qolsa nima qilish kerak? Men QR dan 10 marta foydalanganman.
Agar siz QR-kodini 10 marta faollashtirgan bo'lsangiz yoki profilning QR-kodi shikastlangan bo'lsa, siz eSIM-ni almashtirish tartibidan o'tishingiz kerak, almashtirish narxi joriy SIM-karta tiklash narxiga muvofiq to'lanadi. Buning uchun oldingi qurilmada eSIM profili o'chirilganligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
5. eSIM-ni ulashda IMEI-kodini ro'yxatdan o'tkazishim kerakmi?
Ulanishdan oldin siz mobil qurilmaning IMEI-kodining holatini tekshirishingiz kerak.
eSIM uchun IMEI-kodini qanday ro'yxatdan o'tkazish mumkin?
5.1 Tizim operatorining web-saytida (www.uzimei.uz);
5.2 SMS va USSD so'rov orqali (*1170#);
5.3 O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (EPIGU: www.my.gov.uz)
5.4 UZIMEI tizimining operatorida;
5.5 Pochta aloqasi punktlarida.
6. SIM-kartada barcha mavjud mobil xizmatlar eSIM uchun ham amaldami?
eSIM SIM-kartani to'liq almashtiradi va barcha mobil aloqa xizmatlarini qo’llaydi.
7. eSIM-ni o'chirib qo'yishim mumkinmi?
Smartfon sozlamalarida eSIM profilini o'chirib qo'yishingiz mumkin.
Apple iPhone
«Настройки» → «Сотовая связь» → «Сотовые тарифы» ga o'ting.
Samsung
«Настройки» → «Подключения» → «Диспетчер SIM-карт» ga o'ting.
Huawei
Зайдите в настройки → «Мобильная связь» → «Управление SIM-картами» ga o'ting.
8. Qaysi qurilmalar eSIM-ni qo'llaydi?
eSIM qo'llab-quvvatlaydigan ommabop qurilmalar ro'yxati:
Apple
iPhone XS, XS Max, XR, 11, 11 Pro, 11 Pro Max, SE 2020, 12, 12 mini, 12 Pro, 12 Pro Max, SE 2021, 13, 13 mini, 13 Pro, 13 Pro Max iOS 12.1 yoki keyingi versiyalar;
iOS 12.1 yoki undan keyingi versiyalarida ishlaydigan iPad Air 3, iPad Pro 3, iPad Mini 5;
Istisnolar: iPhone XS, XS Max va XR, Xitoy, Makao va Gonkongdan ikkita slotli SIM-karta bilan
Apple Watchda eSIM ulanishining vaqtincha imkoni mavjud yo’q.
Samsung
Samsung Galaxy S20, S20+, Note 20, Note 20 Ultra, S20 Ultra, S21 5G, S21+ 5G, S21 Ultra 5G, Fold, Z Flip, Z Fold2; Z Fold3; Z Flip3.
Huawei
Huawei P40, P40 Pro;
Motorola
Razr 5G.
Pixel 6
Pixel 6 Pro
Pixel 5
Pixel 4
Pixel 4 XL
Pixel 4a
Pixel 4a 5G UW
9. eSIM-ga qanday Beeline tariflarini ulash mumkin?
Barcha mavjud tarif rejalariga ulanish mumkin.
10. eSIM roumingda ishlaydimi?
Mobil qurilmaga eSIM profilini o'rnatgandan so'ng, ushbu SIM-kartaning ishlashi oddiy SIM-kartadan farq qilmaydi. Roumingda eSIM ishlaydi.
11. SIM-kartani eSIM-ga almashtirgandan keyin tarifim va xizmatlarim saqlanib qoladimi?
Raqamingizdagi barcha xizmatlar va tariflar saqlanadi.
12. eSIM ishlashi uchun Internet kerakmi?
Internet faqat eSIM-ni faollashtirish yoki o'chirishda kerak bo’ladi.
13. eSIM-ni SIM kartaga almashtirish mumkinmi?
eSIM-ni SIM-kartaga almashtirish uchun mijoz to'liq hujjat to'plamlari bilan kompaniya ofisiga murojaat qilishi va SIM-kartani qayta tiklash tartibidan o'tishi kerak.