«Beeline Business» dan «Elektron hisobvaraq-fakturalar» xizmati!


Elektron hujjat aylanishining yangi qulay xizmati!
Ushbu xizmatga ulanishni istagan yangi foydalanuvchilar uchun aksiya amal qiladi!**
Umumiy tavsif
Ushbu xizmati yordamida Siz Internet tarmog'i orqali kirganda hisobvaraq-fakturalarni yuborishingiz va qabul qilishingiz, elektron raqamli imzo (ERI) yordamida elektron shaklda imzolashingiz mumkin.
Ushbu xizmat Postpaid to'lov tizimining korporativ mijozlari va Beeline Business elektron hisobvaraq-faktura xizmatidan foydalanishni istagan tashkilotlar va korxonalar uchun amal qiladi.
Qanday foydalanish mumkin
Ushbu xizmat bilan ishlashni boshlashdan oldin https://esf.beeline.uz saytdagi yo'riqnomani yuklab oling.
Ro'yxatdan o'tish uchun Sizga quyidagilar kerak bo'ladi:
- https://e-imzo.uz/main/downloads/ saytdagi elektron raqamli imzoni qo'llab-quvvatlash uchun e-imzo ilovasini yuklash va ishga tushirish;
- elektron raqamli imzo faylini yuklab olish;
- my.soliq.uz saytda asosiy operator sifatida ""Unitel"" MChJni tanlanadi;
- https://esf.beeline.uz elektron manzilga o'ting, ochilgan elektron pochta manzili va parolni kiriting, kompyuteringizda mavjud bo'lgan ERI (Elektron raqamli imzo) kalitini tanlagan holda, shuningdek Ommaviy oferta bilan tanishib chiqish kerak.
Elektron manzil va parolni kiritishda, kompyuterda ERI (Elektron raqamli imzo) fayli mavjud bo'lmagan taqdirda, hujjatlarni ko'rish rejimida tizimga kirish imkonini beradi.
Qo'shimcha ma'lumot
Bitta chiqish hujjatining narxi mijozning turiga qarab avtomatik ravishda o'zgaradi.
* Korporativ mijoz - bu UNITEL MChJ tomonidan taqdim etiladigan uyali aloqa xizmatlarini hisoblash uchun haqi keyin to'lanuvchi (Postpaid) tizimidagi har qanday tarif rejasiga ulangan yuridik shaxs hisoblanadi.
** Aksiya haqida batafsil ma'lumot bu yerda.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun siz +998 90 373 56 29 raqamga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.
Narxlar QQSni hisobga olmagan holda so'mda ko'rsatilgan.