Beeline TV


Cheksiz internet
«Beeline TV» onlayn-kinoteatrida cheksiz internet 547.3 so'mdan!
Umumiy ma'lumot
Faqat Beeline abonentlari uchun! Beeline TV xizmatidan foydalanish uchun cheksiz trafik taqdim etiladi! Paketdagi internet-trafikni sarflamagan holda, televideniye, minglab filmlar, seriallar, multfilmlar va sevimli konsertlarni tomosha qiling! Va yana - Beeline TV uchun o'z hisobidan to'lash imkoniyati!
Beeline TV imkoniyatlari:
- Telekanallar, filmlar, konsertlar va seriallarning prevyusi
- Telekanallarni kechiktirib tomosha qilish funksiyasi
- Mobil ilovada tasvir sifatini tanlash imkoniyati
- Ota-ona nazorati
- Beeline mobil tarmog'ida cheksiz internet-trafik
Qanday qilib yuklab olishim mumkin?
Play Market
APK uchun manzil
USSD-so'rov *6#
www.beelinetv.uz
- Ilovaga kirib, avtorizatsiyani amalga oshiring, o’z login, telefon raqamingizni ko’rsating va ro’yxatdan o’tishni yakunlash uchun SMS-xabardagi parolni kuting.
- Ro’yxatdan o’tgandan so’ng, “Akkaunt” bo’limida mavjud bo'lgan barcha obuna xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
- Shartlar bilan tanishib chiqib, ulanish tugmasini bosing.
- Sizning qulayligingiz uchun obuna bir marta faollashtirilishi kerak, keyin tanlangan turga qarab har kuni yoki har oyda avtomatik ravishda uzaytiriladi.
Qanday qilib o’chirishim mumkin?
Qo’shimcha
- "Beeline" mobil abonenti bir vaqtning o'zida ikkita har qanday qurilmani (smartfon, planshet yoki kompyuterni) bitta telefon raqamiga ulashi mumkin;;
- Kunlik obuna uchun mablag' har kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha bo'lgan vaqtda yechiladi. 30 kunlik obuna uchun mablag' yechilishi abonent hisobidan mablag' yechilgan vaqtdan boshlab 30 kundan keyin amalga oshiriladi;
- Ulanilgan obunalar, obunaning mazmuni va narxi haqida Beeline TV mobil ilova orqali shaxsiy kabinetida “Obunalar” bo'limidan ma’lumot olish mumkin;
- Kontentning namoyish sifatiga bir nechta omillar ta'sir qiladi: internetga ulanishda mavjud bo’lgan tezligi, ulanish usuli, foydalanadigan uskunalarning ishlash faoliyati, joriy tarmoq uskunalarining tezligi va hokazo;
- Optimal tomosha qilish uchun, kerakli minimal ulanish tezligi - 2 Mbit/s. Beeline TV xizmatidan, Beeline mobil internet tarmog'i orqali, hamda, boshqa operator tarmog’i yoki internet-provayder tarmoqlarida, shuningdek, Wi-Fi tarmog'ida ham foydalanish imkoniyati mavjud. Boshqa operator yoki internet-provayderning internet-trafik uchun to'lovi, uning shartlariga muvofiq hisobga olinadi;
- Beeline TV bo’yicha cheksiz va tariflanmaydigan trafik aksiyasi, proksi serverlardan foydalanadigan brauzerlardan foydalanganda (shu jumladan VPN) va boshqa saytlar, internet-manbalarining kontenti bo'lgan fotosuratlar, videolar, o'yinlar va boshqa media-kontentlariga amal qilmaydi va aksiya faollashtirilmaydi;
- Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali foydalanadigan brauzerlardan foydalanganda, Beeline TV xizmatining ilovasi dastlabki ro'yxatdan o’tish vaqtida foydalanish uchun imkoniyati bo'lmasligi mumkin;
- Pullik obuna o’chirilganda, pullik kontentni tomosha qilish imkoniyati bo'lmaydi;
- Abonent sinov muddati davomida xizmatni o’chirsa, qolgan va foydalanilmagan kunlar saqlanmaydi va sinov muddati tugallangan deb hisoblanadi. Xizmatni qayta ulagan taqdirda, xizmat uchun to'lov, ulangan vaqtdan boshlab hisoblanib yechiladi;
- Beeline TV ni onlayn tomosha qilish uchun internet tarmog’iga ulangan bo'lishi kerak;
- Agar abonent raqami 60 kundan ortiq blok holatida bo'lsa, xizmat avtomatik ravishda o'chadi;
- Beeline TV uchun cheksiz trafik xizmati, faqatgina O'zbekiston Respublikasi hududida amal qiladi;
- Axborot-ko'ngilochar xizmatlar ko'rsatish bo'yicha kontent-provayderlarning qisqa raqamlari bo'yicha SMS, ovozli kontent xizmatlar uchun tariflar, shuningdek, Beeline mobil ilovalari orqali ulanadigan obuna tariflari kontent-provayderlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarga qarab 0 dan 100 000 so'mgacha tashkil etadi. 10 soniyagacha bo'lgan qo'ng'iroqlar narxlanmaydi. Qo'ng'iroq davomiyligi to’liq daqiqaga yuqori tomonga yaxlitlanadi. Taqdim etilayotgan xizmatlar narxi (SMS, daqiqa, obunalar) QQSsiz 42,1 so'mni tarifikasiya qilish bo'yicha kvant (qadam) doirasida yuqori tomonga o'zgarishi mumkin. - Narxlar so’mda, QQS hisobga olinmagan holda taqdim etilgan.
Beeline TV xizmatining Foydalanish shartlari va Ko’p so'raladigan savollar haqida tanishib o’ting.