Beeline Music & Radio


Cheksiz internet
Internet trafikni sarflamagan holda sevimli musiqangizni tinglashda bahramand bo'ling
Umumiy ma'lumotlar
Beeline o’z abonentlariga «Beeline Music» xizmatidan foydalanish uchun cheksiz trafikni taqdim etadi!
Bu degani, xizmat orqali musiqani tinglaganda, Beeline abonentlaridan paketdagi internet trafikdan va internet xizmati uchun hisobdan mablag' sarflanmaydi.
«Beeline Music» xizmati – xorijiy va o'zbek ijrochilarining musiqiy treklari va albomlarini tinglash, o'z ijro ro'yxatini tuzish, har kuni shaxsiy tavsiyalar olish, shuningdek, qo'shiqlarni smartfonga yuklab olish va ularni offlayn rejimida tinglash imkoniyati mavjud!
«Beeline Music» xizmati Beeline abonentlari uchun o'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etiladi.
Narxi qancha?
Narxi: 547.3 so'm/kun
13051 so'm/oy
Trafik: cheksiz
Birinchi ulanishda, maxsus promo-muddat amal qilib – musiqalarni bepul tinglashingiz mumkin! Promo-muddat 10 kun amal qiladi.
• "Business Plus" turkumidagi tarif rejalar abonentlari uchun promo-muddatning vaqti 30 kunni tashkil etadi. Promo-muddatning vaqti tugagandan so'ng, xizmatga kunlik obunasi avtomatik ravishda faollashtiriladi.
• Sizning qulayligingiz uchun obuna bir marta faollashtirilishi kerak, keyin u har kuni avtomatik ravishda uzaytiriladi.
• Hisobdan obuna to'lovi muvaffaqiyatli yechilgandan so'ng cheksiz va narxlanmaydigan trafik (promo-muddatdan tashqari) taqdim etiladi.
Qanday yuklab olinadi?
Play Market Batafsil
APK-ga havola Yuklab olish
USSD-so'rov *9#
Qanday ulanish mumkin?
1. Ilovani yuklab oling. Foydalanuvchi bo'limiga o'ting va "Kirish" tugmasini bosing.
2. Maxsus oynada xizmat shartlari va narxi ko'rsatilgan obuna qoidalari paydo bo'ladi. Obuna qoidalari bilan tanishib chiqing va obunani faollashtirish uchun "Davom etish" tugmasini bosing.
3. Telefon raqamni ko'rsatib, avtorizatsiyadan o'ting.
4. SMS orqali tasdiqlash kodini qabul qilganingizda, uni ilovaga kiritishingiz kerak bo’ladi.
5. Muvaffaqiyatli obuna amalga oshirilgandan so’ng, Sizga SMS-xabar keladi.
Qanday o’chirish mumkin?
«Smartphone» tarifida obunani o’chirish uchun «15100» raqamiga «3» sonini sms orqali yuborish kerak.
Agar sinov muddati davomida abonent xizmatni o’chirsa va keyinchalik xizmatga qayta ulanadigan bo’lsa, abonentga sinov muddati boshqa taqdim etilmaydi.
Ilova o'chirilganda, xizmat avtomatik ravishda o'chmaydi.
Beeline Music xizmatini o'chirish uchun 2 sonini 15100 raqamiga SMS-xabar tarzida yuboring.Qo'shimcha ma'lumot
- Xizmat oldindan to’lov tizimidagi va post-paid tarif rejalardagi abonentlar uchun amal qiladi.
- «Beeline Music» bo’yicha cheksiz va tariflanmaydigan trafik aksiyasi brauzerlar orqali, proksi serverlar (shu jumladan VPN) orqali foydalanganda, boshqa saytlar va internet manbalarida bo’lgan rasmlar, videolar, o'yinlar va boshqa media kontentlarga amal qilmaydi.
- Proksi-serverlar (shu jumladan VPN) orqali o'tadigan brauzerlardan foydalanganda, «Beeline Music» xizmatining ilovasida birinchi marta ro'yxatdan o’tish imkoniyati bo’lmasligi mumkin.
Beeline Music xizmati quyidagi qurilmalarida foydalanish mumkin:
Android ga asoslangan smartfonlar va planshetlar (4+ versiyasi), mobil ilovani o'rnatish orqali
IOS ga asoslangan smartfonlar va planshetlar (7+ versiyasi), mobil ilovani o'rnatish orqali
- Obuna bir marta faollashtirilishi kerak, keyin tanlangan turiga qarab har kuni yoki oy davomida avtomatik ravishda uzaytirilib boriladi.
- Cheksiz va tariflanmaydigan trafik (promo-muddatdan tashqari) obuna to'lovi muvaffaqiyatli yechilgandan so’ng taqdim etiladi.
- Pullik obunani o’chirilgandan so’ng, saqlangan treklar va pleylistlarni offlayn rejimda tinglash imkoniyati bo'lmaydi.
- Musiqani onlayn-tinglash uchun internet tarmog’iga kirish imkoniyatiga ega bo'lish kerak.
- Agar abonent raqami 60 kundan ortiq blok holatida bo'lsa, xizmat avtomatik ravishda o'chiriladi.
- Axborot-ko'ngilochar xizmatlar ko'rsatish bo'yicha kontent-provayderlarning qisqa raqamlari bo'yicha SMS, ovozli kontent xizmatlar uchun tariflar, shuningdek, Beeline mobil ilovalari orqali ulanadigan obuna tariflari kontent-provayderlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarga qarab 0 dan 100 000 so'mgacha tashkil etadi. 10 soniyagacha bo'lgan qo'ng'iroqlar narxlanmaydi. Qo'ng'iroq davomiyligi to’liq daqiqaga yuqori tomonga yaxlitlanadi. Taqdim etilayotgan xizmatlar narxi (SMS, daqiqa, obunalar) QQSsiz 42,1 so'mni tarifikasiya qilish bo'yicha kvant (qadam) doirasida yuqori tomonga o'zgarishi mumkin.
- Narxlar so’mda, QQS hisobga olinmagan holda taqdim etilgan.
Beeline Music xizmatining Taqdim etish qoidalari va Ko'p so'raladigan savollar haqida tanishib chiqishingiz mumkin.