Ishonchli to'lov


Prepaid
Sizning so’rovingizga binoan, Beeline hisobingizdagi mablag'ni vaqtincha ko'paytiradi va siz aloqada bo'lasiz!
Qo'shimcha ma'lumot
Ushbu xizmatdan avvaldan hisob-kitob tizimi tarif rejasidan foydalanuvchi va Beeline ga uch oydan ilgari ulangan abonentlar foydalana olishlari mumkin. Xizmat uy tarmog’ida ham, roumingda ham mavjud.
Xizmatdan foydalanish uchun *141# kodini tering yoki bepul 064046 raqamiga qo’ng’iroq qiling. Xizmatlarga ulanishda mavjud bo'lgan usullar haqidagi ma'lumot ushbu havolada mavjud.
Aloqa xizmati uchun siz so’nggi 3 oy mobaynida o’rtacha qancha sarflaganingizdan kelib chiqqan holda hisob 2 500 so'mdan 50 000 so'mga qadar to’ldiriladi (hisobda kamida -1 000 so'm bo'lishi kerak). So’nggi 3 oy mobaynida o’rtacha sarflangan pul miqdori 5 000 so’mdan kam bo’lmasligi lozim.
«Ishonchli to'lov» xizmati 3 kunga taqdim etiladi. Ushbu muddat tugagach, mazkur mablag' sarflangan yoki sarflanmaganligidan qat'iy nazar, taqdim etilgan mablag' va xizmat narxi hisobingizdan avtomatik ravishda yechib olinadi.
Agar siz Ishonchli to’lovining amal qilish muddati tugagunga qadar to’lovni amalga oshirmasangiz va taqdim etilgan Ishonchli to’lovi mablag’ini sarflasangiz, unda hisobdan chiqarilgan mablag’ salbiy balansni tashkil etadi, sizning telefon raqamingiz bloklanadi. Raqamingizni blok holatiga tushib qolishini oldini olish maqsadida hisobingizni o’z vaqtida to’ldirishingizni tavsiya etamiz.
«Ishonchli to'lov» xizmati bo'yicha avval olingan mablag' 60 kun davomida to'lanmasa, Kompaniya kelajakda xizmatdan foydalanish imkoniyatini o'chirish huquqini saqlab qoladi.
O'rtacha oylik xarajatlar (3 oy davomida) |
Xizmat uchun to'lov qiymati | Ishonchli to'lov xizmati bo’yicha taqdim etiladigan summa diapazoni |
|
Minimal summa | Maksimal summa | ||
80 00 so’mdan yuqori | 20% | 25 000 so’m | 50 000 so’m |
40 000 dan 79 999 so’mgacha | 20% | 17 000 so’m | 25 000 so’m |
20 000 dan 39 999 so’mgacha | 20% | 12 000 so’m | 17 000 so’m |
10 000 dan 19 999 so’mgacha | 20% | 7 000 so’m | 12 000 so’m |
5 000 dan 9 999 so’mgacha | 20% | 2 500 so’m | 7 000 so’m |
«Ishonchli to'lov xizmatini taqiqlash»
Xizmat «Ishonchli to'lov» xizmatidan foydalanishni taqiqlash imkonini beradi.
Xizmatni USSD buyrug'i yordamida faollashtirishingiz mumkin: *142# chaqiruv.
«Ishonchli to'lov» xizmatidan foydalanishni davom ettirish va Ishonchli to'lov xizmati taqiqlashni o'chirish uchun shaxsiy kabinet orqali: https://beeline.uz/ru/signin, shuningdek, raqam egasi pasporti bilan «Beeline» ning savdo va xizmat ko'rsatish ofislariga murojaat qilishi mumkin.