Raqamni antianiqlash


Qo’ng’iroq chog’ida Antianiqlash sizning raqamingizni, hatto suhbatdoshda Raqamni aniqlash xizmati o’rnatilgan taqdirda ham, sir saqlaydi.
Qisqacha ma’lumot
I tur. Qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hech qachon aniqlanmaydi.
II tur. Qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hamisha aniqlanmaydi, biroq siz uni tanlab ochishingiz mumkin. Raqam ko’rinishi uchun *31# +99890 (+99891) abonent raqami va chaqiruv tugmasini bosing.
III tur. Qo’ng’iroq qiluvchi abonentning raqami hamisha aniqlanadi, biroq siz uni tanlab yopishingiz mumkin. Raqam aniqlanmasligi uchun #31# +99890 (+99891) abonent raqami va chaqiruv tugmasini bosing.
Xizmatni yoqtirish va o'chirish
Xizmatni Korporativ mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limiga yoki 0628@beeline.uz elektron manzil bo’yicha xat yuborib yoqtirish va o’chirishingiz mumkin.
Qo'shimcha ma'lumot
Raqamni antianiqlash xizmati Beeline ichida o’z qo’ng’iroqlaringiz vaqtida raqamingiz aniqlanmasligi imkoniyatini beradi.
Barcha narxlar QQS hisobga olinmagan holda ko'rsatilgan.
Roumingda xizmat amal qilmaydi.