Beeline dan 4G


«Beeline» orqali 4G yuqori tezlikdagi internet xizmatidan foydalanishingiz mumkin!
Umumiy ma'lumot
4G tarmog’i (yoki LTE) – bu mobil internet bo’lib, tezligi 37,5 Mb/son.gacha yetishi mumkin!
Bu haqiqatdan ham yuqori tezlik bo’lib, simli internet yoki Wi-Fi internetidan qolishmaydi!
4G supertezlikda xabarlarni ko’ring, kerakli ma’lumotni toping! Endi Toshkent, Chirchiq, G'azalkent, Angren, Bekobod, Yangibozor, Jumabozor, Guliston, Jizzax, Samarqand, Juma, Bulung'ur, Urgut, Payshanba, Qo'qon, Marg'ilon, Farg'ona, Namangan, Andijon, Qarshi, Termiz, Kitob, Koson, Muborak, Chiroqchi, Jarqo'rg'on, Angor, Buxoro, G'ijduvon, Kogon, Navoiy, Zarafshon, Karmana, Nukus, Urganch, Xiva shaharlarida.
Qanday ulanadi?
4G tarmog’idan foydalanish uchun so’nggi avlod SIM kartasi va Beeline 4G tarmog’ida ishlaydigan qurilma kerak bo’ladi. O’z joriy SIM kartangizni 4G SIM kartaga almashtirish uchun “Beeline” ochiq ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.
Postpaid abonentlari uchun qulaylik yaratish maqsadida 4G xizmati yozma ariza orqali yoqtiriladi. Ushbu ariza Kompaniya ofislarining Korporativ Mijozlar Xizmati bo'limiga yoki 0628@beeline.uz elektron manziliga jo’natilishi mumkin.
Biz 4G tarmog’ini hududlarda rivojlantirish ishlarini olib bormoqdamiz. Hozirgi kunda 4G tarmog’i, Toshkent, Chirchiq, G'azalkent, Angren, Bekobod, Yangibozor, Jumabozor, Guliston, Jizzax, Samarqand, Juma, Bulung'ur, Urgut, Payshanba, Qo’qon, Marg'ilon, Farg'ona, Namangan, Andijon, Qarshi, Termiz, Kitob, Koson, Muborak, Chiroqchi, Jarqo'rg'on, Angor, Buxoro, G'ijduvon, Kogon, Navoiy, Zarafshon, Karmana, Nukus, Urganch, Xiva shahrining abonentlariga mavjud.
4G narxi qancha turadi?
Barcha joriy internet takliflar 4G tarmog’ida mavjud.
Faol internet foydalanuvchilar uchun maxsus foydali internet paketlar joriy etilgan.
4G tarmog’i yuqori tezlikdagi internet bo’lib, foydalanishda o’zingizga qulay hajmdagi internet paketni tanlashingizni taklif qilamiz.
4G tarmog’idan foydalanish uchun telefon qanday sozlanadi?
Android: Настройки (Sozlamalar) → мобильные сети (mobil tarmoq)→ режим сети (tarmoq rejimi)→ LTE/WCDMA/GSM yoki 4G/3G/2G rejimini o’rnating.
iOS: Настройки (Sozlamalar)→ Сотовая связь (Mobil aloqa) → Передача данных (Ma`lumotlar uzatish) → Голос и данные (Ovoz va ma`lumotlar) → 4G/LTE ni tanlang.
Agarda 4G belgisi chiqmasa, unda telefonni o’chirish va qayta yoqish kerak bo’ladi.
4G tarmog’ini hudud bo’yicha qanday aniqlasa bo’ladi?
Buni aniqlash uchun telefon ekraningizda yuqori qismida 4G (LTE) belgisi chiqishi kerak. O’z hududingizda 4G tarmog’ini mavjudligini bilish uchun shu yerga kiring.
Beeline 4G tarmog’I qaysi qurilma orqali foydalanish mumkin?
Beeline tarmog’ida 4G internet LTE 850 (Band 3, Band 18 va Band 5) diapazon chastotalarda ishlaydi va sifatli internet tezligini ta’minlaydi. Ushbu chastotalarda telefon qurilmangiz ishlashi yuzasidan aniqlashtirishingiz lozim.
4G tarmog’ida ovozli aloqadan foydalanish mumkinmi?
4G tarmog’ida ovozli aloqa va USSD so'rovlarni amalga oshirish imkoni yo'q. Ammo Siz aloqada qolasiz, sababi qo’ng’iroq paytida telefon qurilmangiz 3G/2G tarmog’iga avtomatik ravishda o’tkazadi, muloqotdan so’ng yana 4G tarmog’iga qaytadi.
Qanday qilib o’chirish mumkin?
4G xizmatini, hamda katta miqdordagi 4G trafik paketlarini, Kompaniya ofislarida rasmiy so’rovnoma orqali o’chirish mumkin.