Status Silver +


"Status Silver +" tarif rejasiga o'tish yopiq.
Qisqacha ma’lumot
«STATUS» - bu imtiyozga ega bo'lgan abonentlardagi, barcha kichik noqulayliklar ham hisobga olinadigan mamlakatdagi eksklyuziv servis.
«STATUS» - kompleks yechimlar, individual yondashuv va tezlik, yuksak taklif va qo'shimcha xizmatlardan eksklyuziv tarif rejalarida foydalanish.
«STATUS» abonentlari ichida Sizni ko'rishdan mamnunmiz!
Biz Sizga quyidagi imtiyozlarni taqdim etishdan xursandmiz:
- *Operatorlar bilan atigi 10-soniya ichida bog'lanish! Eksklyuziv alohida raqam - 0777 orqali, kecha va kunduz mijozlarni qo'llab quvvatlash markazi bilan bog'lanish.
- Faqat yangi ulanishga Bonus ( tarif o'zgarishi hisoblanmaydi ) "Beeline Club"dan - 1000 ball.
- Maxsus xizmat - Rossiya, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg'iziston davlatlariga xalqaro qo'ng'iroqlarga 50% chegirma.
- Biriktirilgan va bepul xizmat : «Xabardor bo'l/Bog’lanish mumkin».
- Maxsus menejer va kompaniya ochiq ofislarida maxsus xizmat ko'rsatish joyi.
*Operator bilan ulanishda tugmani tanlash.
Qoldiqni qanday tekshirish mumkin?
Daqiqa | *106# |
SMS | *105# |
MB | *103# |
TAS-IX, Facebook va Odnoklassniki uchun MB | *101# |
Musiqa va Video uchun MB | *101# |
Roumingda MB | *112# |
Mahalliy aloqa
Barcha kiruvchi qo'ng'iroqlar, daq. |
0 so'm |
Tarmoq ichida chiquvchi qo'ng'iroqlar | 100 so'm/daq. |
Boshqa barcha qo'ng'iroqlar | 125 so'm/daq. |
Bitta SMS xabar yo`llash | 80 so'm |
Internet, 1 MB | 630 so'm |
Xalqaro aloqa
Markaziy Osiyoga (Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston, Turkmaniston) | 1140 so'm/daq. |
Rossiyaga | 1640 so'm/daq. |
Boshqa MDH mamlakatlariga | 3280 so'm/daq. |
Yevropaga | 6820 so'm/daq. |
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziyaga | 8840 so'm/daq. |
Boshqa Osiyo mamlakatlariga | 10350 so'm/daq. |
Amerika va Afrikaga | 7830 so'm/daq. |
Avstraliyaga | 11370 so'm/daq. |
Bitta SMS xabar yo`llash | 500 so'm |
Xalqaro qo‘ng‘iroqlar narxlari 50% chegirma bilan berilgan. |
Sputnik aloqa
1- yo`ldosh – Inmarsat BGAN, Inmarsat MINI M/GAN/FLEET/SWIFT (kodlar: 87077, 87076, 87176, 87276, 87376, 87476) | 25260 so'm |
2 - yo`ldosh – Inmarsat V, Thuraya (kodlar: 87030, 87031, 87032, 87033, 87034, 87035, 87036, 87037, 87038, 88216) | 37890 so'm |
3 - yo`ldosh – Inmarsat AERO, Aeromobile, Seanet, Iridium (kodlar: 8705, 88298, 88299, 88242, 8816, 8817) | 92620 so'm |
4 - yo`ldosh – Inmarsat, Inmarsat B HSD, Inmarsat BGAN HSD, Inmarsat GAN/FLEET/SWIFT HSD, Inmarsat M (kodlar: 8701, 8708, 87039, 87078, 87060, 87160, 87260, 87360, 87460, 87061, 87062, 87063, 87064, 87065, 87066, 87067, 87068, 87069) | 126300 so'm |
Qo'shimcha ma'lumot
1Musiqa uchun trafik quyidagi manbalarga taqdim etiladi: «Koko Uzbekistan» ilovsi, «SADO» va www.topmusic.uz web sayti.
2Video uchun trafik quyidagi manbalarga taqdim etiladi: www.allplay.uz, www.itv.uz, www.mediabay.uz, www.mnogo.uz, www.player.uz.
Musiqa va Video uchun paketlar o’z ichiga faqat internet trafikni oladi. Manbada obuna haqqi mavjud bo’lsa u abonent tomonidan to’lanadi.
3VEON hududi o’z ichiga quidagi davlatlarni oladi: Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Armaniston, Gruziya, Ukraina, Italiya, Jazoir, Bangladesh, Pokiston.
E`tibor bering
* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
- Internet-trafik, tariflar uchun daqiqalar va SMS-xabarlar, shuningdek boshqa qo'shimcha xizmatlar qoldig’i haqida ma'lumot berish 06:00 dan 00:00 gacha qabul qilinadi.
- Internetdan foydalanayotganda avval tarifdagi megabaytlar, so'ng Internet paketdagi megabaytlar sarflanadi.
- Tarif reja doirasida taqdim etilgan daqiqa, SMS va MB paketlar, faqat abonent raqamining faol holatida amal qiladi.
- Tarifning abonent to’lovi yechilishi va bonuslar taqdim etilishi har oy soat 00:00 dan 06:00 gacha o`tqaziladi. Ulangan paketdan foydalanishni boshlash uchun, *103#/*105#/*106# kodlarni terish orqali xizmat Sizga taqdim etilganligini aniqlashingizni so’raymiz. Trafik taqdim etilguniga qadar, qo’ng’iroqlar, sms va Internet tarifning standart qiymati bo’yicha tariflanadi.
- Agar oylik abonent to’lovi yechilishi uchun balansda yetarlicha mablag’ bo’lmasa, bir marta salbiy balans hisobiga abonent to`lovi yechiladi va oylik daqiqa, SMS, MB taqdim etiladi.
- Abonent raqamining nofaol holatida tarif bo’yicha abonent to’lovi olinmaydi va daqiqalar, SMS, MB taqdim etilmaydi. Shu asnoda, Abonent tomonidan hisob to’ldirilganda va bloklangan holatdan chiqilganda soat 00:00 dan tungi soat 06:00 gacha abonent to’lovi tarif bo’yicha olinadi va daqiqalar, SMS, MB taqdim etiladi.
- Taqdim etilgan daqiqa, SMS, MB paketlari muddati 1 oy tugaganda kuyib ketadi va jamlanmaydi.
- Abonent to`lovining yechilishi va kiritilgan trafik paketlarining belgilanishi oyda qancha kun qolganidan qatiy nazar to`liq hajmda amalga oshiriladi.
- Yangi ulanish yoki ushbu tarif rejaga o’tilganida kiritilgan trafik amal qilish muddati va abonent to’lovi yechilish vaqti 1 oyni tashkil etadi. Barcha keyingi to`lovlar yechilishi 1 oy oralig`ida o`tqaziladi.
- Telefon raqamining ma’muriy bloklanishi holatida abonent to`lovi yechilmaydi. Blok holatidan chiqarilganidan so`ng oylik abonent to`lovi yechiladi va oylik trafik taqdim etiladi. Bu holda oldingi paket bo`yicha kiritilgan daqiqa, SMS va MB qoldig`i kuyib ketadi. Keyingi abonent to`lovi yechilishi sanasi blokdan chiqish kunidan boshlab 1 oyga suriladi.
- Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX uchun mo`ljallangan megabaytlar ma`lum IP manzillar to`plami (ushbu xizmatlarning ilovalarini o’ziga oladi) doirasida sarflanadi. Ijtimoiy tarmoq egalari tomonidan IP manzillar o`zgartirilgan holda, hamda Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX ga (bunga smartfon operatsion tizimi tomonidan ilovalar ishlatilganda sarf qilingan trafik kiradi) kirmagan trafik sarflanganda u asosiy internet paketi hisobiga yoki tarif rejangizga binoan sarflanadi.
- Facebook, Odnoklassniki, TAS-IX uchun megabaytlar proksi serverlari orqali ishlaydigan ilovalar (shu qatorda VPN ham) ishlatilganda sarflanmaydi.
- Хalqaro aloqa qiymati hisob-kitobi xalqaro aloqa qiymati va shahar telefonlariga chiquvchi qo’ng’iroq qiymatini umumlashtirish yo’li bilan aniqlanadi.
- Kompaniya boshqa mobil operatorlarning aniqlanmagan raqamidan va noto’g’ri prefiksdan kelgan kiruvchi qo’ng’iroqlar tariflanishining to’g’riligi yuzasidan javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Tariflash shahar raqamlari va boshqa mobil operatorlarining raqamlarini xalqaro formatda terishda to’g’ri bo’ladi (+99893, +99894xxx-xxxx UCell; +99897xxx-xxxx Mobiuz; +99899xxx-xxxx UzMobile GSM; +99895xxx-xxxx UzMobile CDMA; +99898xxx-xxxx Perfectum Mobile).
- «Elektron» hisobda mablag’lar to’liq sarflanib bo’lganda Operator Abonentga aloqa xizmatlarini cheklash, jumladan tugallanmagan suhbatini uzish va uni bloklangan holatga o’tkazish huquqiga ega. Bunda, Abonent ham tarmoq abonentlaridan, ham boshqa mobil operatorlari abonentlaridan qo’ng’iroqlar va SMS qabul qilish, shuningdek 0777 raqamiga ma’lumot xizmatiga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga ega.
- Bloklangan holatdan chiqish uchun (ya’ni pullik tranzaksiyalar – qo’ng’iroqlar, SMS yuborish, Internetdan foydalanish va b.) «elektron» hisobni ijobiy ko’rsatkichgacha to’ldirish kifoya.
- Agar ketma-ket 90 kun ichida Abonent «elektron» hisobidagi mablag' nol yoki noldan past bo’lsa, Operator uchun bu abonentning aloqa xizmatlaridan foydalanishdan voz kechganligini anglatadi.
- Ushbu tarifga o’tilgan kunning ertasidan boshlab operatorlar bilan bog'lanish uchun 0777 maxsus raqamiga qo’ng’iroq qilish imkoniyati ochiladi.
- Xizmatlar sessiya davomida jo‘natilgan/qabul qilingan ma’lumotlar hajmi bo‘yicha tariflanadi. Foydalanilgan trafik hajmi yuqori tomonga 16 KB aniqlikda yaxlitlanadi. Abonent to’lovi yechilganidan so’ng hisob to’g’ri tariflanishi uchun joriy sessiyani yakunlab, yangisini boshlash kerak.
- Internet paket xarid qilganingizda, yoki tarif rejani o`zgartirganingizda noto`g`ri tarifikatsiyaning oldini olish uchun faol sessiyani yakunlang va yangisini boshlang.
- Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini - 60 daqiqa etib belgilaydi.
- Ushbu tarifda «Erkin muloqot», «Mega hafta», «Do it» va «Ishonchli to'lov», «Sirli qo’ng’iroq» xizmatlari amal qilmaydi.
- «Status +» tariflarini o'zgartirish bepul va faqat o'sish tartibida(«Silver +» dan «Gold +» ga, yoki «Platinum +»). Boshqa tariflardan ham o'tish bepul.
- Abonent to`lovi yechilishi uchun hisobingizdagi minimal mablag' miqdori 77 250 so`mdan kam bo’lmasligi kerak.
- «Status +» tariflaridan istalgan boshqa («Status +» bo’lmagan) tariflarga o’tish uchun ochiq ofislarga murojaat qilishingiz kerak. Bu holatda Sizga «Status Platinum +» tarifi bilan taqdim etilgan «oltin» raqam va imtiyozlar kartasi blok holatiga tushiriladi.
- «Status +» tarif rejalaridan bepul ravishda taqdim etilgan «oltin» raqamni saqlab qolgan holda boshqa tarif rejasiga o'tish mumkin. Ushbu xizmat raqam bilan 1 yil davomida uzluksiz "oltin" raqamga mos «Status +» tarif rejalaridan birida foydalangan abonentlar uchun amal qiladi. 210 500 so‘mlik raqamlar - «Status Silver +», 421 000 so'mlik raqamlar - «Status Gold +», 1 263 000 so'mlik raqamlar - «Status Platinum +» uchun taqdim etilgan.
- Tarif reja o’zgartirilganda tarif ichida taqdim etilgan trafik (daqiqalar/SMS/Mb) kuyadi. Internet va sms paketlar bo’yicha olingan trafik saqlanib qoladi.
- Ballarni almashtirish uchun 07777 raqamiga qo`ng`iroq qiling. Qo`ng`iroq bepul.
- Narxlar QQS bilan ko’rsatilgan.