Business Light


Postpaid
Promo-aksiyaning tavsifi
- Beeline TV va Beeline Music xizmatlarida promo-muddatni faollashtirish uchun ilovani Android uchun Google Play, IOS uchun App Store yoki www.beeline.uz sayti orqali yuklab olib, ilova o’rnatilgandan so’ng ro'yxatdan o'tish kerak.
- Beeline TV promo-kodini olish uchun *20# USSD kodi teriladi, qabul qilingan kod ilovadagi «Promo-kod» bo'limida faollashtiriladi. Ilovadan ro'yxatdan o'tgandan keyin Beeline Music xizmatidagi promo-muddat taqdim etiladi. Beeline TV uchun promo-muddat faqat TV kanallarga taqdim etiladi.
- Promo-muddat tugagandan so'ng (faollashtirilgandan so'ng 30 kun o'tgach), pullik obuna faollashtiriladi: Beeline Music xizmatining kunlik obunasi 599 so'm, Beeline TV xizmatidagi TV kanallar uchun kunlik obunasi 599 so'm. Tarif rejani boshqa tarifga o'zgartirilganda promo-muddat va uning amal qilish muddati saqlanib qoladi.
- Abonent xohlagan vaqtda promo-muddatni mustaqil ravishda o'chirishi mumkin:
- Beeline TV uchun ilovadagi «Obunalar» bo'limida tegishli obunaga o'tib, «O'chirish» tugmasi bosiladi; Beeline Music uchun 2 sonini 15100 raqamiga SMS-xabari yuboriladi.
Mahalliy aloqa
Barcha kiruvchi qo'ng'iroqlar (daqiqalar paketidan sarflanmaydi) | 0 so'm |
Tarmoq ichidagi chiquvchi qo'ng'iroqlarning narxi | 84,2 so'm/daq. |
Boshqa yo’nalishga chiquvchi qo'ng'iroqlarning narxi | 126,3 so'm/daq. |
Mahalliy SMS narxi | 42,1 so'm |
Internet, 1 MB | 126,3 so'm |
Xalqaro aloqa
Xalqaro aloqa, chiqish qo'ng'iroqlari uchun daqiqa narxi: | |
Markaziy Osiyo (Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston) | 1220,9 so'm/daq. |
Boshqa MDH davlatlar | 1220,9 so'm/daq. |
Yevropa | 5894 so'm/daq. |
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Singapur, Turkiya, Malayziya | 7662,2 so'm/daq. |
Boshqa Osiyo mamlakatlari | 8967,3 so'm/daq. |
Amerika, Afrika | 6778,1 so'm/daq. |
Avstraliya | 9851,4 so'm/daq. |
Bitta xalqaro SMS yuborish | 842 so'm |
Qo'shimcha ma'lumot
Ushbu tarif Xorazm viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasining yangi abonentlari uchun mo'ljallangan.
* Tarif reja bo’yicha taqdim etilgan SMS va daqiqalar kontent-xizmatlarga va axborot xizmatlariga sarflanmaydi.
Avtomatik ravishda yoqilgan xizmatlar: mahalliy, shaharlararo aloqa, avtomatik raqamni aniqlash, qo’ng’iroqlarni kutish, chaqiriqni boshqa raqamga yo’naltirish, konferens aloqa, SMS, SMS to E-Mail, xalqaro SMS.
Tarif rejaga ulanish depoziti narxi - 21050 so’m;
Tarif rejada xalqaro aloqa xizmatini ulash depoziti narxi - 421000 so’m;
Barcha suhbatlar butun daqiqalargacha yaxlitlanadi, yaxlit daqiqadan o’tganlari keyingilarigacha;
Tarmoq ichidagi qo'ng'iroqlarga faqat Beeline O'zbekiston tarmog'i ichidagi qo'ng'iroqlar kiradi.
Qo'ng'iroq vaqtida qo'ng'iroqni qabul qiluvchi tomonida faksimil qurilma, raqamni aniqlash qurilmasi, avtomatik javob beruvchi qurilma, modem va shu kabi qurilmalarning ishga tushishi qo'ng'iroq qabul qilinganligini anglatadi
Abonent to’lovining qiymati shu oyda foydalanilgan kunlarga yarasha hisoblanadi; xuddi shu tarzda daqiqalar, SMS va Mblar miqdori taqdim etiladi; kredit limit oshirilishi tufayli yoki muntazam hisob to’lanmaganligi tufayli blok holatida abonent to’lovi to’lanadi; mijozning yozma arizasiga binoan “Raqamni saqlash” xizmati yoqilganda tarif rejasi uchun abonent to‘lovi yechilmaydi va tarifga kiritilgan daqiqa, SMS va MB paketlari bilan foydalanish imkoni bo‘lmaydi;
Business Light tarifida "Konstruktor" tarifi uchun mo'ljallangan paketlarni yoqish mumkin;
Abonent oy davomida har bir guruhdan bir necha paketni yoqishi va almashtirishi mumkin;
Joriy oydagi daqiqa, SMS va Mb qoldiqlari muddat tugagandan so'ng kuyadi va keyingi oyga o'tmaydi;
Barcha kiruvchi qo'ng'iroqlar bepul va daqiqalar paketini sarf qilmaydi;
Aloqa telekommunikatsiya kanallaridan eng maqbul foydalanish, shuningdek, abonentlarning manfaatlarini ularning uskunalaridan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish maqsadida Kompaniya ovozli xizmatlar uchun bir ulanishning davomiyligini - 60 daqiqa etib belgilaydi.Ushbu tarif Postpaid to'lov tizimining korporativ abonentlari uchun amal qiladi.
Narxlar so’mda, QQS hisobga olinmagan holda taqdim etilgan.