Beeline Businessdan korporativ internet – onlayn bo’lishingiz uchun yangi imkoniyat

Mijozlarimiz uchun yangi yechimlar yaratish maqsadida izlanishdamiz. E’tiboringizga Beeline aloqasi orqali korporativ internet xizmatini taqdim etamiz.

Xizmatning o'ziga xosligi uning mobil va simli aloqalarning xususiyatlarini o’zida mujassamlaganida. Oson ulanish va internetdan qulay foydalanish uning jihatlaridan biri.

Korporativ internet komplekti Beeline tarmog’ida ishlashga sozlangan zamonaviy Wi-Fi роутер va «BeeOffice» maxsus tariflariga ulangan SIM kartadan iborat. «BeeOffice» tariflari bilan internetdan optimal ravishda foydalanish mumkin bo’ladi.

Birinchi bosqichda ushbu xizmat Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida taqdim etiladi. 

Korporativ internet xizmatiga ulanish istagida bo’lsangiz saytimiz orqali bizga murojaat yuboring va mutaxassislarimiz siz bilan bog’lanib batafsil ma’lumot berishadi. 

Batafsil
beeline logo 0611@beeline.uz