«Muddatli to‘lovga oltin raqam»

«Muddatli to‘lovga oltin raqam» - ushbu xizmat abonentlar uchun narxi so’mda bo'lib: 210 500, 421 000, 1 263 000, 4 210 000 va 21 050 000 bo’lgan raqamlarni har oyda xizmat narxidan kelib chiqqan holda, 12 oy davomida (jami 100%) to’lash sharti bilan xarid qilish mumkin. Xizmat to'lovi ulangan kundan boshlab yechiladi.
Abonent istalgan vaqtda «Muddatli to‘lovga oltin raqam» xizmatning narxini (Bunda to’lov miqdori o’tgan oylarda amalga oshirilgan to’lovlarni hisobga olgan holda xizmat narxining 100%ini tashkil qiladi) muddatidan oldin to’liq qoplashi mumkin.
Xizmatdan foydalanish muddati davomida:
- Abonent o'z tarifini M2M turkumidan (Terminal, Electronics, Tuner) tashqari, https://beeline.uz/b2b/ saytida ko'rsatilgan oldindan to'lov tizimining istalgan amaldagi tarifiga o'zgartirishi mumkin;
- Muddatli to'lov davrida raqamni nomdan nomga rasmiylashtirish, raqam o'zgartirish va to’lov tizimini o’zgartirish imkoni mavjud emas;
- Xizmat uchun to'lov raqam qanday blok holatida bo'lishidan qat’iy nazar yechib olinadi;
- Agar abonent 2 (ikki) oydan ortiq vaqt mobaynida raqam balansini ijobiy holatga keltirmasa, Kompaniya bir tomonlama xizmatlar taqdim etishni to'xtatish va raqamni qayta sotuvga chiqarish huquqiga ega.
beeline logo 0611@beeline.uz
beeline-uz