
Smartfonni O'zbekiston bo'ylab istalgan yangi smartfonlar sotiladigan savdo nuqtalaridan xarid qilishingiz mumkin. Aksiyada mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va O'zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy ravishda olib kirilgan smartfonlar ishtirok etadi.
Bonusga ega bo'lish uchun aksiya amal qilish davrida quyidagilarni amalga oshirish lozim:
1. Yangi smartfon sotib olish.
2. Beelinedan quyidagi «Welcome», «G'alaba!», «Kunlik», «OSON 10» va «Bolajon» tariflaridan tashqari istalgan boshqa tarifni tanlab, yangi raqamga ulanish.
3. Smartfoningizda SIM-kartani faollashtirish.
4. Beeline Uzbekistan ilovasida ro'yxatdan o'tib, ilovaning o’zida bonusni faollashtirish.
5. Bonusni birinchi marta faollashtirish smartfonda SIM-karta faollashtirilgan kundan bir kun o'tib amalga oshiriladi, keyin esa 2 oy davomida har 30 kunda.
Bonus qoldig'ini tekshirish kodi: *108#
Bonusni ulash imkoniyati mavjudligini bilish uchun smartfonda SIM-karta faollashtirilgan kundan bir kun o'tib, Beeline Uzbekistan ilovasi yoki *110*09# kodini terish orqali raqamda ulangan xizmatlar ro'yxatida «Aksiya Smartfon» xizmati mavjudligiga ishonch hosil qilishingiz kerak.
E'tibor bering:
• 1 ta smartfon uchun 1 ta bonus berilganidek, 1 raqam uchun 1 bonus taqdim etiladi.
• Bonus faqat Beeline Uzbekistan ilovasi orqali ulanishi mumkin.
• Aksiya doirasidagi bonus megabaytlarning amal qilish muddati 30 kun. Bonusni, oxirgi ulangan bonus muddati tugaganidan so'ng qayta faollashtirish mumkin bo'ladi.
• Bonus GB tugaganida yoki trafikning amal qilish muddati yakunlanganda, Internet xizmati uchun bo'ladigan keyingi harajatlar tarif rejangiz shartlariga muvofiq narxlanadi.
• Bonusli trafik qoldig'i haqida ma'lumot soat 06:00 dan 00:00 gacha bo'lgan vaqt oralag'ida yuboriladi.
• Aksiya O'zbekiston Respublikasi hududidagi oldindan to'lov tizimidagi jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.
Beeline Uzbekistan ilovasini o'rnatish uchun telefondan *1# ni tering yoki shu yerga bosing.
Android uchun Beeline Uzbekistan apk ni quyidagi elektron manzil orqali yuklab olish mumkin.