«Shifokor» tarif rejasidagi abonentlari uchun aksiya!

Ushbu murakkab davrda o'z kasbiga sadoqatini namoyon etib, hayoti va sog'lig'iga tahdid bo'lishiga qaramay, pandemiyaga qarshi kurashayotgan barcha tibbiyot xodimlariga Beeline Uzbekistan o'z minnatdorchiligini va e'tirofini bildiradi.

Aynan shuning uchun bu oliyjanob va sharafli kasb egalari uchun «Shifokor» tarifida kiritilgan bonuslarni taklif etamiz! Butun oy davomida bepul O‘zbekiston bo’ylab qo’ng’iroqlarga 5 000 daqiqa va 5 000 MB taqdim etiladi!*
2020 yil 10 maygacha - abonent to'lovi yechilmaydi!
Tibbiyot sohasidagi xodimlar, kompaniyamiz ofislarida «Shifokor» tarifiga ulanishlari mumkin. Ulanish uchun kompaniya tartib-qoidalariga muvofiq shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va tibbiyot sohasiga tegishli hujjatlarni taqdim etish zarur.

* Tarifga ulangan kunning ertasi kunida qo'shimcha daqiqa va MBlar taqdim etiladi.
Daqiqa va Mb qoldig'ini tekshirish kodi *108#
Aksiya davomida «Perezagruzka» xizmati amal qilmaydi.


«Shifokor» tarifi haqida batafsil ma'lumot.
Beeline Uzbekistan Siz haqingizda qayg'uradi!
beeline logo 0611@beeline.uz
beeline-uz